Pedagogika kafedrasi


Ijtimoiy psixologik treningning metodik talablariga quyidagilar kiradi



Yüklə 3,42 Mb.
səhifə253/330
tarix16.12.2023
ölçüsü3,42 Mb.
#181208
1   ...   249   250   251   252   253   254   255   256   ...   330
O‘zbekiston respublikasi

Ijtimoiy psixologik treningning metodik talablariga quyidagilar kiradi:
1. O’quv jarayonida guruhda tashqil etilgan muloqot orqali guruhiy jarayon yoki holatlardan individual holatlarga, ya’ni har bir ishtirokchining o’z shaxsiy"meni"ni tushunishga olib kelishi lozim. Chunki munozara yoki o’yinlar jarayonida ishtirokchilar vaziyatni yoki rolni faol uzlashtirib, har bir holatdan o’zi uchun xulosa chiqarishga olib kelishi zarur, yoki bo’lmasa, interpsixik jarayondan intrapsixikka aylanishi kerak.
2. T-guruhlarda muloqotning nutk shakllaridan tashkari, uning nutksiz-noverbal shakllari ham keng qo’llanilishi, ya’ni har bir o’rganuvchi o’z xulq-atvorini verbal nazorat qilishdan tashkari, o’z tanasi, har bir harakat, ritmning moxiyatini ham tushungan holda uni hayotda, amalda ishlatilishiga erishish zarur.
3. T - guruhining har bir ishtirokchisi albatta o’z-o’zini kuzatish kundaligini yuritmogi, unga har galgi mashgulotdan sung o’z his-kechinmalari, muammolarni yochishdagi shaxsiy ishtiroki, tasavvurlari va boshqalarni odilona yozib borishi ham muhimdir.
4. T-guruhda a’zo bo’lish ixtiyeriy bo’lganligi uchun ham uning har bir a’zosi mashgulotlarni sira ham qoldirmaslikga harakat qilishi zarur, chunki bu narsa o’quv guruhining muxitiga, a’zolarning o’zaro munosabatlariga bevosita ta’sir qiladi.
5. Mashgulotlar maxsus xonalarda, shovkin-surondan holi yorda tashqil etilishi, u er did bilan bezalgan, shinam bo’lmogi lozim.
6. T-guruh a’zolari mashg’ulotlarga uzlari uchun qo’lay kiyimlarda kelishlari lozimki, bu narsa boshqalarda ham, o’zida ham ortikcha hissiyetlarni tugdirmasligi kerak.
7. Instruktor yoki shu mashgulotlarni o’tkazuvchi trenerga alohida e’tibor berishi zarur. U o’zi maxsus tayorgarlikdan utgan, xushmuomala, did bilan qiyingan, har bir mashgulotga ataylab tayorgarlik kurish imkoniyatiga ega bo’lgan shaxs bo’lishi lozim. U o’z kayfiyati, munozara yoki o’yinga shaxsiy munosabati bilan mashgulotning tabiiy kechishiga halakit bermasligi, sabr-tokatli, madaniyatli bo’lishi zarur.

Yüklə 3,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   249   250   251   252   253   254   255   256   ...   330




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin