Ishning maqsadi: Oila kichik guruh sifatida . Oiladagi shaxslararo munosabatlarning tizimga xos umumiy xususiyatlar. Yoshlarning oilaviy hayotga tayyorgarlik muammosi. Nikoh va oila haqidagi tasavvurlar. Oilaviy tarbiya uslublari. Oilaviy shaxslararo munosabatlarning muammolari, oilaviy nizolar sabablari haqida bilimlarga ega bo`lish
Ishni bajarish tartibi: 1. "Oila kodeksi" yuzasidan mavjud bilimari va yandi tug`ilgan savollar yuzasidan fikr almashishadi 2. Oila psixologiyasi fani qanday metodologik tamoyillar asosida shakllanganligi, Oila psixologiyasi fanining ilmiy-tadqiqot metodlarini sanab o’tib, tashkil etilishini bayon qiladi.
3. Test metodi o`tkaziladi ("Bizning oila" rasmini chizish); tahlil qilinadi. 4. "Ajralishlar sababi bizningca" mavzusida esse yozish, tahlil qilish. (6-ilova) Klaster
Klasterni tuzish qoidasi 1. Aqlingizga nima kelsa, barchasini yozing. G’oyalarni sifatini muhokama qilmang, faqat ularni yozing.
2. Xatni to’xtatadigan imlo xatolriga va boshqa omillarga e’tibor bermang.
3. Ajratilgan vaqt tugaguncha yozishni to’xtatmang. Agarda aqlingizda g’oyalar kelishi birdan to’xtasa, yangi g’oyalar kelmaguncha qog’ozga rasm chizib turing.
(7-ilova)
Nazorat uchun savollar: 1. Oila psixologiyasi fanining predmeti haqida gapiring.
2. Oila psixologiyasining ilmiy tadqiqot metodlari.
3. Oila psixologiyasi fanining vazifalari nimalardan iborat.
4. Oilada ayolning o’rni.
5. “Ota rozi – xudo rozi” maqolning ma’nosini yatib bering.
(8-ilova) O’quv mashg’ulotida o’quv ishlarini baholash mezonlari