Pedagogika nazariyasi, Pedagogika tarixi) (Pedagogika oliy ta’lim muassasalarining barcha bakalavriat ta’lim yo’nalishlari uchun) Toshkent 2019


Mahmudxo‘ja Buhbudiy, Munavvar Qori, Abdulla Avloniy, Abdulqodir Shakuriylarning yangi usul maktablarini tashkil etishdagi ma’rifatparvarlik xizmatlari



Yüklə 1,06 Mb.
səhifə160/218
tarix16.12.2023
ölçüsü1,06 Mb.
#181884
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   218
Mavzu O’zbekiston Respublikasi ta’lim tizimi-www.hozir.org

26.9. Mahmudxo‘ja Buhbudiy, Munavvar Qori, Abdulla Avloniy, Abdulqodir Shakuriylarning yangi usul maktablarini tashkil etishdagi ma’rifatparvarlik xizmatlari
Turkistonda jadidlar harakati asoschilaridan biri, jahonga mashhur bo‘lgan o‘zbekning yagona jo‘g‘rofiyashunosi, atoqli jamoat arbobi, buyuk islomshunos, ulug‘ pedagog va axloqshunos, yuksak didli jurnalist Mahmudxo‘ja Behbudiy 1874 yil 10 martda Samarqandning bahshitepa qishlog‘ida ruhoniy oilasida tavallud topgan.


Mahmudxo‘ja Behbudiy «usuli jadid» maktalari uchun bir qator darsliklar yozadi. «Muntaxbai jo‘g‘rofiyai umumiy» («Qisqacha umumiy jo‘g‘rofiya»), «Kitobatulqatfol» («Bolalar maktubi»), «Muxtasari tarixi islom» («Islomning qisqacha tarixi»), «Madxali jo‘g‘rofi umroniy» («Aholi jo‘g‘rofiyasiga kirish»), «Muxtasari jo‘g‘rofiya rusiy» («Rossiyaning qisqacha jo‘g‘rofiyasi»), «Amaliyoti islom» kabi kitoblari darslik sifatida o‘qitilgan.
Behbudiy ta’lim va tarbiya hamda uning muammolari to‘g‘risida boy publitsistik meros qoldirdi. Jumladan, «Imon va islom», «Ixtiyoji millat», «Buxoroda usuli jadida», «Hurriyat – ozodlik – erkinlik», «Tahsil oyi», «Ikki emas to‘rt til lozim», «Turkiston», «Millatni Kim isloh etar», «yoshlarga murojaat», «Vatanparvarlik kerak», «Bizni kemiruvchi odatlar», «Buxoro xonligiga sayohat», «Ibtidoiy maktablarimizning tartibsizligi yohud taraqqiyning yo‘li», «Bizga isloh kerak», «Haq olinur, berilmas», «Samarqandda milliy ishlar haqinda» va boshqalar.
Mahmudxo‘ja Behbudiyning yangi maktablar uchun yozilgan asarlari maktalarning islohida katta hodisa bo‘ldi. Ayni davrda bu darsliklar nazariy, ilmiy va amaliy jihatdan keng qo‘llanildi. Bu kitoblarning bugungi kunda ham qadri yo‘qolganicha yo‘q.
Behbudiy Turkistonning kelajagini uning yangi kadrlarida, mutaxassislarida va o‘qimishli yoshlarida, deb bilardi. Shuning uchun ham u har bir yozgan maqolasida yangi taraqqiyotga javob beradigan kadr tarbiyalab etishtirish masalasini qo‘yardi.
Behbudiy «usuli jadid» maktabining zarurligi, uning qonun-qoidalari, maktabda o‘tiladigan darslar, qanday imtihonlar olinishi, maktabning qay tarzda tuzilish, unga qanday asbob-uskunalar kerakligi, muallimlarning vazifalari, ularning ta’minot masalalari va boshqa ko‘p jihatlarini G‘aspiralidan va uning asarlari hamda maqolalaridan o‘rgandi. Shular asosida Turkistonda «usuli jadid» maktalarini tashkil etish uchun bor kuchini sarfladi. Nafaqat tashkil etish, u Shu maktablarni kitoblar bilan ta’minlashda ham jonbozlik ko‘rsatdi. U Samarqandning eski Shahar qismida bepul kutubxona, qiroatxona, o‘z hovlisida maktab ochdi. Mashhur pedagog Abduqodir shakuriyning yangi usuldagi maktabini o‘z hovlisiga ko‘chirib keldi.
Behbudiy butun vujudi bilan muallim edi. Uning o‘zi ham yuqori sinf talabalariga jo‘g‘rofiya va tarixdan saboq berar edi. Misr, Turkiya, Qozon va boshqa joylardan olib kelgan turli yangi-yangi kitoblarini yuqori sinf o‘quvchilariga hamda eng yaxshi o‘qiganlarga va muallimlarga tortiq qilardi. U ne qilsa ulug‘ Turkiston uchun va uning kelajagi bo‘lgan yoshlar uchun qilardi.
Behbudiy axloq va tarbiyaning asosi –maktab, barcha ilmning boshi va ibtidosi maktab, saodatning, fozil insonning ma’naviy chashmasi maktab, degan aqidaga amal qilardi.
Toshkentlik Saidrasulxo‘ja domla mufti Saidazizxo‘ja maxtum mufti o‘g‘li arab, rus va fors tillarini yaxshi bilgan o‘zbek ziyolilaridan biridir. U 1866 yilda shayxontoxur dahasining Degrez mahallasida ziyoli oilasida dunyoga kelgan, maktab yoshiga etgach, 6-7 yoshida mahallasidagi domlaning maktabxonasida o‘qigan, uni bitirgach, Shu dahadagi madrasai Mahdum dasturxonchida tahsil olgan, ayni choqda 1-rus tuzem maktabida ham o‘qigan. 1900 yilda madrasani hatm qilgan, rus-tuzem maktabini bitirganligi to‘g‘risida ham guvohnoma olgan. Shu yil o‘zi bitirgan rus-tuzem maktabiga musulmoncha sinf o‘qituvchisi etib ishga qabul qilingan. Tez orada rus-tuzem maktablari va o‘zbek o‘qituvchilari o‘rtasida ilmi va odobi bilan og‘izga tushgan, maktab mudiri, tajribali pedagog S.M.Sichev yosh o‘qituvchiga har tomonlama yordam beradi.
S.Saidazizov o‘zbekcha alifbe kitobini yozishni 1902 yilning fevral oyida tugallagan. Uni «Ustodi avval» deb nomladi. «Ustodi avval» 1918 yilga qadar e’lon qilingan 10 dan ortiq o‘zbekcha alifbe kitoblari ichida metodik tuzilishi, berilgan materiallarining salmog‘i va bolalarga yaqinligi jihatdan ajralib turadi.
«Ustodi avval» darsligi ikki qismdan iborat:
1. O‘zbekcha xat-savodni chiqarish.
2. Arabcha, ya’ni «Qur’on xati»ni, suralarini o‘qishga o‘rgatishdan iborat.
Birinchi qismining o‘zi ham uchga bo‘linadi:
1) Xat-savodni o‘rgatishga tayyorgarlik davri;
2) Alifbe davri. 32 harfning yozilishi, so‘zda kelishi.
3) Qiroat davri – «zer-zabar» yuzasidan malaka hosil qilish, so‘ngra o‘qish uchun so‘z birikmalari hamda matnlar berilgan.
«Ustodi avval»ning arabcha o‘qishga o‘rgatish qismi o‘ziga xos ilmiy asoslangan qoidalar asosida tuzilgan. Bunda ta’limning ongli bo‘lishiga muallif alohida e’tibor bergan. Turkistondagi hamma maktab turlarida diniy ta’lim maktablarning o‘quv rejasiga kiritilgan o‘quv fanlaridan biri bo‘lgan.
Turkistonda birinchi bo‘lib o‘z ona tilida o‘qitishni S.Saidazizov boshlagan. Uning o‘zi bu to‘g‘rida Shunday degan edi: «Ustodi avval»ning foydasi daf’atan o‘qimoq, yozmoq uchun ko‘proqdir. Alifboni o‘qib va bitib bo‘lgandan keyin hikoyatlarga yaqin kitob oxiridagi alifboni qur’oniy boshlatub, oldin ham oz-oz saboq beriladur to oxirigacha». «Ustodi avval»ni birinchi bo‘lib muallifning o‘zi amalda sinab ko‘rddi va boshqa muallimlarni ham sinab ko‘rishga chaqirdi.
Jadidchilikning asoschisi ma’rifatparvar Ismoilbek Gaspirali hisoblanadi. U o‘qitishning yangi usuliga asos soldi. 1884 yili 12 bolani «usuli jadid»da o‘qita boshladi. Bolalar 40 kun ichida savodini chiqarishadi. Ular uchun «Xo‘jai sibyon» («Bolalar muallimi») darsligini yaratdi. 1883 yildan «Tarjimon» gazetasini chiqara boshladi.
Gaspiralining g‘oyalari ta’sirida O‘rta Osiyoda ko‘plab jadid ma’rifatparvarlari etishib chiqdi.



Yüklə 1,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   218




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin