Noverbal aqlning idrok holatiga ko‘ra (O.N.Usanova, T.N.Sinyakova) NTRli bolalarni uch guruxga bo‘lish mumkin :
Bunda akl idrok uziga xosligi nutkiy kiyinchiliklarga boglik emas va ularga emasdur. Mualliflar ma’lumotiga kura , bu gurux barcha NTRli bolalarning 9% ini tashkil kiladi – me’yorga to‘g‘ri keladi (27%);
me’yorning kuyi chegarasiga to‘g‘ri keladi, birok noturg‘unligi bilan tavsiflanadi (muayyan paytlarida ular me’yordan kuyi aql-idrok holatini ko‘rsatish mumkin). Biz foizga ko‘ra eng ko‘p sonli guruh (63%) .
Yoshiga yarasha bo‘lgan fikrlash jarayonlarini rivojlantirish uchun to‘la darajada asosga ega bo‘lib, bolalar biroq, ko‘rgazmali tasavvurli fikrlash rivojlanishi orqada qoladi, maxsus ta’limsiz tahlil, sintez, solishtirish, tasniflash, ortiqcha tushunchani chiqarib tashlash va o‘xshashlik bo‘yicha xulosa qilishni qiyinchilik bilan egallaydi. Nutqi to‘liq rivojlanmagan bolalardagi ko‘rgazmali – tasavvurli fikrlash kamchiliklari nafaqat ikkilamchi, balki birlamchi xususiyatiga ular bosh miya qobig‘i tepa-ensa qismlardagi kamchilik bilan shartlangan. Nutq to‘liq rivojlanganligida ko‘rgazmali-tasavvurli fikrlarni shakllanganligi ko‘p holda ifodalanganligi darajasiga ko‘ra nutq nuqsoni og‘irligi bilan bog‘langan (T.A. Fotekova). NTRli ko‘pgina bolalar uchun shuningdek fikrlash rigidligi xos, (L.N. Belyakova, Y.F. Garkusha, O.N. Usanova, E.L.Figeredo).
L.S. Vigotskiy ta’kidlaganki, tushunchalarning ortiq darajada bo‘linishi hamda umumiylik me’yori buziladi, so‘z ma’nosidagi mavxumlik va aniqligi birinchi yo‘qolishi sodir bo‘ladi. So‘z ma’nosi ortida turgan beixtiyor tafakkur jarayonlarining bilish va xususan tafakkur faoliyatida ixtiyoriy ravishda kechadigan tahlil qilish va sintez bilan boglikligi bejiz emas. Tafakkur qanchalik to‘liq rivojlangan bo‘lsa, shunchalik so‘z ma’nosi to‘liqdir, ya’ni tafakkur jarayonlari, so‘z ma’nosi ortida turib, shaxsiy fikrlash darajasida kechadigan analiz va sintez bilan bog‘langan.
I.T.Vlasenko afaziya bilan kasallangan bemorlarda so‘z ma’nosi tuzilishini taxlil qilgan. Turli xil verbal parafaziyalarning (so‘zli almashinuvlar) nutqni fikrlash buzilishi darajalari bilan o‘zaro to‘g‘ri kelishi logopadlarda – afaziklarda xali yetarli o‘rganilmagan. Verbal parafaziklar belgilovchi va umumlashtiruvchi so‘z vazifalari qiyinchiliklarini kiritgan holda so‘z ma’nolarini dolzarblashtirish qiyinchiliklari tufayli yuzaga keladi.
Motor afaziyali bemorlarda predmet nomi vazifasi uncha orqada emas, yoki saqlangan. Yanada yuqori tartibdagi parafaziya ustunligi aniqlanadi. (tushuncha – toifa borasida). Verbal parafaziya – bu tabiiy model, unda so‘z ma’noviy tuzilishi o‘zgarishining turli xil darajasi kuzatiladi. Bosh ma’noni belgini tanlashda tizimli nutkiy tafakkur jarayonlarining buzilishi izlanadigan so‘z ma’nosining torayishiga olib keladi.
Nutq fikrlash faoliyat mexanizmi sifatidagi bunday jarayonlar xususiyatiga nutqiy fikrlashning muayyan turi – umumlashgan yoki aniq – hodisaviy turi to‘g‘ri keladi. So‘z ma’nosi tizimi va nutq patalogiyasi tizimlarining mana shunday o‘zaro shartlangan o‘zgarishi, me’yorlar kabi, tafakkur va nutq birligini asosli ravishda aks etadi.
A.S.Vigotskiy fikr bilan so’z oraligidagi munosabatni fikrdan so’zga va aksincha harakat jarayoni deb qarar, harakatning quyidagi jihatlarini ajratib ko’rsatar edi: motiv - fikr - ichki nutq - tashqi nutq; nutqning tashqi (jismoniy) va semantik (ruhiy) jihatlarini farq qilardi. Tashqi nutqda grammatik va semantik (ruhiy) qurilishlarning o’zaro munosabatlari ko’zga tashlanadi. Ichki nutq semantik jihatdan tashqi nutqka aylanish strukturasi hisoblanadi. L.S.Vigotskiy ichki nutqni chuqur tahlil qildi, uning o’ziga xos xususiyatlarni ochib berdi.
A.A.Leontьev, L.S.Visotskiy bayon qilgan nutq jarayoni qurilishiga asoslanib, nutq paydo bo’lishining quyidagi jarayonlarini ajratadi: motiv-fikr (nutq intonatsiyasi)-ichki rejalashtirish - leksik kuchaytirish va grammatik konstruktsiyalash - motor ishlab chiqarish - tashqi nutq hisoblanadi.T.V.Rozonova tafakkur turlarini biridan boshqasiga o’tish xususiyatlarini taxlil etib, nutqi to`liq rivojlanmagan bolalar so’zli – mantiq sharoitlaini ko’rsatib beradi.
Nutqni fikrlash faoliyati sifatida shakillantirish. Bu jarayonni ko’rgazmali – amaliy maqsad materiali asosida boshlash maqsadga muvofiqdir. Nutqi to`liq rivojlanmagan bola vazifani xal etish tajribasiga, ko’rgazmali vositalar ifodalangan shart – sharoitga ega bo’lishi kerak. Bunda nutq obrazlari ixtiyoriy boshqarish vositasi sifatida namoyon bo’ladi.Masalani xal etish jarayoniga nutqni kiritish uchun nutqi to`liq rivojlanmagan bolalarni predmetlarni nomlash, ular o’rtasidagi fazoviy munosabatlarni qo’llash, vaqtli ketma – ketlikni tavsiflash, o’z xatolarini topish va belgilashga undash lozim. Aniq bir predmetli sharoitda so’zli aniqlashning turli usullariqo’llash uni chuqur anglash, tafakkur egiluvchanligi shakillantirishga asos bo’ladi.
SHart ma’lum xodisalar turkumini tushunish, fikrlashga o’rgatishdir.
Buning uchun bolalar nutqiy vositalarni egallashlari so’zni, so’zli iboralar predmet mazmuniga o’tish va aks qaytarishni predmet, xarakat hususiyatlaridan so’zli ifodalarga munosabatini aniqlash malakasiga ega bo’lishlari kerak. Ularni fazo va vaqt munosabatlari ifodalash uchun nutqiy vositalarni qo’llashiga o’rgatish maqsadga muvofiq. Bunda predmetlar o’rtasidagi fazoviy munosabatlar sharoit ichidagi predmet nuqtai nazardan tahlil etish ko’zda tutiladi.
SHart barcha fikrlash aperattsiyalari (analiz, sintez, taqqoslash, obstraktsiya, umumiylashtirish) rivojlantirishdir. Eshitishda nuqsoni bo’lgan bolalar bu operittsiyalarni eshituvchi bolalarga nisbatan kech egallaydilar. Xodisa, tushunchalarga nisbatan fikrlash operattsiyalarida qiyinchilikka duch keladilar. SHuning uchun kar bolalarni predmetni tashqi belgilarini tasniflash, so’ng ichki funktsional tafsifi turkumga xosligini ajratishga o’rgatish lozim. Buning uchun bolalar dastlab predmetlarni, so’ng tasviri, kyin so’zli ifodani tasniflashlari ko’zda tutiladi. Ularni aynan bir predmetni turli ko’rsatkichlar bo’yicha tasniflashga o’rgatish kerak. Tatqiqotlar ko’rsatishicha, eshitishda nuqsoni bo’lgan bolalar ob’ektning bosh xususiyatini ajratish, xususiyatlari aniqlash bo’yicha operattsiyalarda yuzaga keladi. Ular uchun xususiyat va o’zaro munosabatlarini xisobga olish, shu sababli bu jarayon bo’limlarni to’lio’ egallashga to’siqlik qiladi.
SHaroit mantiqiy tushunchalarni tasniflash, diduktiv va induktiv xulosalar mantiqiy aloqalorni o’gatishni ko’zda tutuvchi mantiqiy savotxonlikni egallashdir. Kar bolalarni til darajadagi umumlashtirishni amalga oshirishga o’rgatish lozim. Tushunchalarni qo’llash, ularni bir-biri bilan bo²lash darajasiga ko’ra asosiy tasnifning tuzilishini egallash, xodisalar o’rtasidagi aloqa o’rnatish malakasi shakllanadi.
T.A Grigor’eva tadqiqotlari ko’rsatishicha maxsus tashkil etilgan ishda sinfda nutqi to`liq rivojlanmagan o’quvchilarni xodisalar o’rtasidagi sabab oqibat munosabatlarini o’rgatish malakasini shakllantirish mumkin. Bunday maqsadga qaratilgan ish o’quv fanlari ma’nosini tushunish, matematik masalalarni aniqlash, uni muvoffaqiyatli hal etish imkonini beradi.
Nutqiy rivojlanishda nuqsoni bor bolalar nutqiy va psixologik buzilishlar R.E.Levina (1936) tomonidan tadqiq etilgan.
R.E.Levina nutq buzilishlarida bilish faoliyati buzilishi mavjudligini ko’rsatadi. Bu nuqtai nazar bir qator olimlarning ishlarida ham o’z aksini topgan (T.A.Vlasova – 1972, V.I.Lubovskiy – 1975, L.S.TSvetkova – 1985, I.T.Vlasenko - 1990).
Ma’lumki, nutq murakkab funktsional tizimni o’z ichiga oluvchi jarayondir. Bu tizimning har bir tarkibiy qismi boshqa qismlar bilan bog’langan. R.E.Levina va uning shogirdlari, L.S.Vыgotskiyning nutq va tafakkur haqidagi ta’limotiga asoslanib, nutqni uch tarkibiy qismga bo’lib: fonetiko-fonematik, leksik va grammatik vositalariga ajratib o’rganishni tavsiya etadi.
Nutq buzilishlari jarayonida nutqiy va bilish faoliyati munosabatini Ye.M.Mastyukova ham tadqiq etgan. Nutq kamchiligiga ega bo’lgan bolalar polimorf bo’lib, ular har xil shakllari: markaziy nerv tizimining buzilgan lokalizatsiyasiga (joyiga), organik va funktsional yetishmovchiligiga bog’liq bo’ladi va differentsial yondashuvni talab etadi degan fikrni olg’a surgan.
L.S.Vыgotskiy, A.N.Leontьev, A.R.Luriya tadqiqotlari natijalari asosida nutq ruxiy qobiliyati va xususiyatlari insonga tug’ilishi bilan berilmaydi degan fikr ilgari surildi. U ta’lim-tarbiya ta’siri ostida, jamiyatdagi shart-sharoitlar asosida shakllanadi. Inson ruhiy xususiyatlari substrakti faqat tug’ma nerv mexanizmlarigina emas, balki funktsional tizim ham hisoblanadi. (A.V.Zaporojets,L.AVenger).
Nutq nuqsonlarining turli shakllarida nutqiy nuqson tuzilishiga differentsial yondoshish tamoyili S.S.Lyapidevskiyning izlanishlarida to’liq ishlab chiqilgan. “Logoped nuqson rivojlanish sharoitini, patogenezini va anatomik-fiziologik xususiyatini va ayniqsa nutqiy buzilishning tuzilishini bilishi zarur. Faqatgina shunday shartlarda logopedik ishlar ilmiy asoslangan, samarali natija berishi mumkin”1.
Biz “bolani o’rganar ekanmiz, uni o’rgatib ham boramiz”. Bu holdan logopedik tekshirish metodikasida, so’ngra nut kamchiligiga ega blgan bola nutqini yaxshilash jarayonida har xil ko’rinishda va aniq foydalanish lozim.
Bir qator tekshirishlarda bolalarda nutq nuqsonlari masalasi turli tomonlaridan yoritiladi. Masalan, nutq nuqsonlarida tovushlar talaffuzi, bo’g’in tuzilishi tizimini o’zlashtirishlari R.E.Levina, G.A.Kash, A.K.Markova, O.N.Usanova va boshqalarning ishlarida yoritilgan.
L.S.Vigotskiy nutqning harakatlarni idora qilish boshlang’ich bosqichi – bu egotsentik nutq bosqichi deb hisoblaydi. CHunki, bu davrda bola o’z hatti-harakatlarini, aynan shu harakatlarni ifodalovchi nutq bilan bog’laydi. Ya’ni, nutq bolaning maqsadga yo’nalgan faoliyati bo’lib xizmat qiladi.
Tafakkurning muammolari bilan I.Peresleni, T.A.Fotekova, I.T.Vlasenko va boshqa olimlar shug’ullanganlar.
Dostları ilə paylaş: |