1.2.Nutqi to`liq rivojlanmagan bolalarda tafakkurning shakllari.
Pedagogik fan sifatida logopediyada "nutqning to'liq rivojlanmaganligi"
tushunchasi, eshitish va intellekti normada bo'lgan bolalarda barcha nutq
komponentlarining shakllanishining buzilishi bilan xarakterlanuvchi nutq
kamchiligiga nisbatan qo'llaniladi.
"Nutqning to`liq rivojlanmaganligida nutqning kechroq paydo boMishi,
lug‘atning kambag‘alligi, agrammatizm, talaffuz kamchiliklari ......
kuzatiladi."
Nutqning to‘liq rivojlanmaganligi tushunchasi bola nutqi
rivojlanishining aniq holatidan kelib chiqqan holda, o‘zining etiologiyasi
bo‘yicha nutq rivojlanmaganligining turli xil ko‘rinishlariga yagona
pedagogik yondashuv imkoniyati haqidagi ilg‘or nuqtayi nazarga
asoslanadi.
Nutqning toliq rivojlanmaganligi termini nutq rivojlanishi buzilishiga
g‘oyat chuqur yondashuvni ifodalaydi va uni tahlil qilish pedagog
zimmasidadir. Bunday yondoshuv mutaxassisdan katta umumbiologik
va tibbiy malakani talab qiluvchi, nuqson tuzilishini patogenetik jihatdan
tahlil qilishni talab qilmaydi.
Biroq pedagog-logoped uchun kim bilan ishlashi, toMiq
rivojlanmaganlik qay yo‘sinda paydo boMgani, nutq rivojlanishi tempiga
qo‘shilib keluvchi nevrologik buzilishlar, genetik belgilar, psixik faoliyat
va bola shaxsining xususiyatlari, dori-darmonli davolanishning bor yoki
yo‘qligi va boshqa omillarning qanday ta’sir etishi ma’lum ahamiyatga
ega. Bular pedagogning shifokor bilan birgalikdagi ishi jarayonidagina
aniqlanishi va tahlil qilinishi mumkin.
Nutq ma’lum bir biologik shart-sharoitlar mavjudligida va eng avvalo
markaziy nerv tuzilishning normal rivojlanishi va ishlashida yuzaga keladi.
Biroq nutq muhim ijtimoiy funksiya hisoblanadi. Shu sababli uning
rivojlanishi uchun biologik shart-sharoitlarninfe o‘zigina yetarli emas, u
bolaning kattalar bilan muloqotga kirishishi jarayonida yuzaga keladi.
Bunda bolaning hissiy jihatdan yaqin kishisi bilan (onasi) muloqoti
yetakchi ahamiyatga egadir. Muloqot ehtiyoji bolaning atrofdagi odamlar
bilan aloqaga kirishishi jarayonida shakllanadi. U bola hayotining dastlabki
ikki oyida, uning birlamchi organik talablari va yangi taassu rot larga ehtiyoji
negizida yuzaga keladi. Muloqot vositalari ichida ekspressiv-mimika,
predmetli-harakat va nutqiy vositalar ajratiladi.
Bola hayotining birinchi yilini nutqgacha bo`lgan davr deb nomlaymiz.
Bunda kattalar bilan muloqot ekspressiv-mimika va predmetli-harakat
vositalari yordamida amalga oshiriladi. Aynan shu davrda bolada jismoniy
obyekt tovushlariga qaraganda inson ovozi tovushlarini turg‘un, tanlab ta’sirlanishi shakllanadi. M.I. Lisina bu holatni jajji odamchaning muhim
ehtiyojlarini ifodalashi — muloqotdagi ehtiyojlari sifatida baholaydi.
Bola nutqining yuzaga kelishi va rivojlanishida muloqotning hal
qiluvchi rolini gospitalizm tekshiruvlari isbotlaydi. Rag'batlantiruvchi
insoniy muhit (oila, bolalar guruhi va h.k.) dan bolani ajratib qo'yish
deprivatsion vaziyat sifatida o'rganiladi. Bu vaziyat bolaning psixik
rivojlanishiga sekinlashtiruvchi omil sifatida ta’sir qiladi. Agarbu vaziyat
uzoq davom etsa psixik deprivatsiya holati yuzaga keladi.
Nutq rivojlanishiga, ayniqsa hissiy deprivatsiya yomon ta’sir ko'rsatadi.
Bunda bola tug'ilganidan boshlab uning affektiv ehtiyojlari (suyish,
erkalash, yaxshi ko'rish) qondirilmaydi. Bunday vaziyat ko'pincha ota-
onalari spirtli ichimliklar ichuvchi, onasi yo'q oilalarda, bola tug'ilishi
bilan tarbiyaga sust qaraladigan bolalar uyida tarbiyalanishi oqibatida
vujudga keladi.
L.S. Vigotskiy tomonidan bolaning psixik va rivojlanishida ta’lim va
tarbiyaning yetakchi roli haqidagi fikr ilgari surilgan. Ayni vaqtda
neyrofiziologik tadqiqotlar tufayli bu fikr rivojlandi va tasdiqlandi. Bola
miyasiga qanchalik ko'p doimiy va xilma-xil axborotlar oqimi kelsa,
markaziy nerv tizimining funksional va anatomik jihatdan yetilishi
shunchalik tez sodir bo'ladi. Alohida funksional tizimlar rivojlanishini
tezlashtirish imkoniyati muammosi hali to'liq o'rganilmagan. Biroq,
kelayotgan axborot oqimi bolaning yoshi, jismoniy va psixik holatiga
mos ravishda bo'lishini hisobga olish lozim, chunki har qanday ortiqeha
yuklashlar markaziy nerv tizimi holatiga salbiy ta’sir ko'rsatishi mumkin.
Tafakkur inson aqliy faoliyatining yuksak shakli bolib, insonga atrof borliqni bilish quroli sifatida xizmat qiladi. Tafakkur inson bilan chambarchas bogliq. Nutq bolmasa, til vositalari bolmasa, inson fikr qilolmaydi. Tafakkur bolmasa, nutq, tilning ham bolishi mumkin emas. Bular o‘zaro bogliq kategoriyalardir. Tafakkur bu bilish jarayonidir. Bosh miyaning bilish jarayonlarini ta’minlaydigan markazlarining shikastlanishi tafakkur jarayonlariga salbiy ta’sir ko'rsatadi. Bu esa, o‘z navbatida, nutqqa ta’sir ko‘rsatmay qolmay- di.Nutq buzilishlarini o‘rganishda va tuzatishda logopediya va logopsixologiya fanlari nutq va fikrning o‘zaro bogliqligi konsepsi- yasiga, bolaning rivojlanishidagi umumiy va maxsus qonuniyatlar- ning o‘zaro munosabatlari to‘g‘risidagi nazariy qoidalarga, nutq va faoliyatning hamkorlikda rivojlanishi haqidagi, ichki hamda tashqi omillarning o‘zaro ta’siri haqidagi, ruhiy rivojlanishning harakatlantiruvchi kuchlari haqidagi nazariyalarga tayanadi.XX asrning boshlaridayoq bosh miyada «alohida nutq markazlari» mavjud va nutq funksiyasi mana shu markazlarda lokallashgan degan nuqtayi nazar keng tarqalgan edi. Rus olimi I.R Pavlov bu qarashga yangi yo‘nalish berdi. U bosh miya qobig‘ining nutq funksiyalari lokalizatsiyasi murakkab bolib qolmay, balki o‘zgaruvchan xususiyatga ega ekanligini ham isbotlab berdi va uni «dinamik loka- lizatsiya» deb atadi.I.P. Pavlov ta’limotiga muvofiq nutq bosh miyaning murakkab psixofiziologik funksiyasini, uning ikkinchi signal sistemasini o‘zidanamoyon etadi. Bu esa signallarning signali sanaladi. Birinchi va ikkinchi signal tizimlari bir-biri bilan uzviy boglangandir. Ikkinchi signal tizimi birinchi tizim asosida shakllanadi. Ammo keyincha- lik 2-signal tizimining 1-signal tizimini tartibga soluvchi ta’siri namoyon boiadi. So‘z alohida xususiyatning signali, umumlashti- rish, mavhumlashtirish qurolidir. 1- va 2-signal tizimlari orasidagi o‘zaro murakkab aloqalarni hisobga olish nutq buzilishini tuzatish, buzilgan nutq va nutqsiz funksiyalarning o‘rnini bosish ustida samarali logopedik ish olib borish uchun imkoniyat yaratadi.Hozirgi vaqtda P.K. Anoxin, A.N. Leontev, A.R. Luriya va boshqa rus olimlarining olib borgan tadqiqotlariga ko‘ra, har qanday psixik asab sistemasining turli joylarida joylashgan murakkab funksiyalar tizimi hisoblanadi.Nutq rivojlanishi jarayonida bilish faoliyatining oliy shakllari, tafakkur qobiliyatlari shakllanadi. So‘zning ahamiyati o‘z-o‘zidan umumlashtiruvchi hisoblanadi va shu munosabat bilan o‘zida nafaqat nutq birligini, balki tafakkur birligini ham namoyon qiladi.Ular aynan o‘xshash emas va ma’lum darajada bir-biriga bogliq bo`lmagan holda paydo boiadi. Lekin bolaning ruhiy rivojlanishi jarayonida murakkab, sifat jihatdan yangi birlik, nutqiy tafakkur, nutqiy fikrlash faoliyati paydo boiadi. Nutqiy muomala qobiliyatini o‘zlashtirish o‘ziga xos insoniy ijtimoiy aloqalar uchun zamin hozir laydi. U tufayli bolaning atrof-muhit haqidagi tasavvurlari shakllanadi va oydinlashadi, uni aks ettirish shakllari takomillashadi.Shuning uchun nutq buzilishiga ega boigan shaxslarning tafakkur xususiyatlari muammosi logopsixologiya va neyropsixologiya fanlarining muhim muammolaridan biridir. Nutq va tafakkurning chambarchas o‘zaro bog`liqligini tushunish uchun bolalar psixik funksiyalarining rivojlanishi va buzilishining ichki qonuniyatlarini e’tiborga olish kerak.Rus olimlari (L.S.Vigotskiy, S.L. Rubinshteyn, A.N.Leontev va b.) tomonidan tafakkurning psixik strukturasi masalasi har tomonlama ishltfb chiqilgan. Umum qabul qilingan tasnifga ko‘ra bilish faoliyatining uchta asosiy shakli mavjud: ko‘rgazmali-amaliy,ko‘rgazmali-obrazli va verbal-mantiqiy (nutqiy) tafakkur.Tafakkur sensor alaliya va afaziyaning barcha turlarida miyaning organik buzilishlari natijasida tafakkur qo‘pol buzilgan bo‘ladi. Boshqa nutq nuqsonlarida esa (rinolaliya, dizartriya, duduqlanish) tafakkur buzilishi logopsixologiyada chuqur o‘rganilmagan va kuzatilmaydi, lekin o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘ladi.Nutqi rivojlanmagan bolalarda aniq obrazli fikrlashning kamchiliklari faqat ikkilamchi emas, balki birlamchi xarakterga ega bo‘lishi mumkin. Bu holat bosh miya po‘stlog‘i tepa qismining jarohatlan- ganligi bilan bog‘liq. Og‘ir nutq nuqsoniga ega bolalarda ko‘pchilik hollarda nutqning rivojlanmaganligi aniq-obrazli fikrlashning shakllanmaganligi bilan bog‘liq bo‘ladi (T.A. Fotekova, 1993). Nutqi to‘liq rivojlanmagan ko‘pchilik bolalar uchun fikrlashning sustligi xos bo‘ladi (L.I.Belyakova, Y.F.Gargusha, O.N. Usanova, E.L.Figeredo).Muammoli bolalar tafakkur rivojlanishi orqada qolish bilan tas- niflanadi. A.R. Luriya, L.S. Svetkova, I.T.Vlasenko o‘z tadqiqot- larida so‘z-mantiq tafakkur buzilishi mexanizmlari muammolarini yoritib berdilar.So‘z-mantiq tafakkur nutq vositasida amalga oshiriladi. A.N. Le- ontev ta’kidlashicha, so‘z ma’nolarida predmet dunyosi, xossalari, aloqalari, munosabatlari o‘zining moddiy ifodasini topgan. L.S. Vigotskiy bu bogliqlikni tafakkur va nutq birligi deb atagan. Tushuncha tafakkur jarayonida vujudga keladi.Tafakkur qanchalik to‘liq rivojlangan bolsa, so‘z ma’nosi shunchalik to‘liq bo‘ladi, ya’ni tafakkur jarayonlari, so‘z ma’nosiortida turib, shaxsiy fikrlash darajasida kechadigan analiz va sintez bilan bog‘langan.sistemasi to‘g‘risidagi ta’limoti ham isbotlab beradi, ikkinchi signal sisiemasi birinchi signal sistemasi bilan bir-biriga ta’sir qilgan holda nutqning ham, tafakkurning ham nerv-fiziologik negizini tashkil qiladi.
Psixologiyada nutq fikr yuritish faoliyatining vositasi deb yuritiladi.Odamda nutq tafakkur jarayonida hukm, xulosa chiqarish va tushunchalar shaklida ifodalanib keladi. Nutqi to`liq rivojlanmagan bolalarda tafakkurning quydagi shakllari uchraydi:
Hukmlar.
Narsa va hodisalarning belgi va xususiyatlari haqida tasdiqlab yoki inkor qilib aytilgan fikr hukm deb ataladi.Hukmlar obyektiv voqealikni aks ettirilishiga qarab chin yoki hato bo`ladi.Narsa va hodisalarda voqealilla haqiqatdan o`zaro bog`liq bo`lgan belgilar,alomatlar hukmlarda bog`liq ravishda ko`rsatib berilsa yoki voqealikka bir-biridan ajratilgan narsalar hukmlarda ajratilib ko`rsatilsa bu Chin hukm deb ataladi.Moddiy olamda haqiqatdan bog`liq bo`lmagan narsa hukmda bog`liq qilib ko`rsatilsa ,bunday hukm Xato hukm deb ataladi.Bog`liqdagi narsalar ,hodisalar va voqealikni miqdoriga ularning biror hukmda aks ettirilgan aloqa va munosabatlariga qarab ,hukm quydagi turlarga bo`linishi mumkin:-----Hukmlar sifatiga ko`ra: tasdiqlovchi yoki inkor qiluvchi;-----Hukmlarning miqdoriga qarab:yakka,juz`iy,xususiy va umumiy;----Hukm tahminiy ko`rinishga ega bo`lishi mumkin;
Bunday hukmlar zaruriy (apodiktik) hukmlar deb ataladi. Bunday hukmlarda inson narsa, voqelik, hodisa bilan uning xususiyati o’rtasida mustahkam bog’lanish borligini va bu bog’lanishga zid keladigan boshqa bir holning bo’lishi aslo mumkin emasligini aks ettiradi. Psixologiyada hukmlar ikkita asosiy yo’l bilan hosil qilinishi ta'kidlab o’tiladi. Birinchi yo’l bilan hukm hosil qilinganda idrok qilish zarur bo’lgan narsalarning bevosita o’zi ifodalanadi. Ikkinchi yo’l bilan esa bevosita mulohaza yuritish yordami bilan hukm amalga oshiriladi. Masalan, bu avtomobilning yangi modeli. Mazkur misolda hukm chiqarishning birlamchi yo’li aks ettirilgan. Xulosa chiqarish uch turga bo’linadi: induktiv, deduktiv va analogiya. Induktiv xulosa chiqarish - bu xulosa chiqarishning shunday mantiqiy usulidirki, bunda bir necha yakka va ayrim hukmlardan umumiy hukmga o’tiladi, yoki ayrim fakt va hodisalarni o’rganish asosida umumiy qonun va hoidalar yaratiladi. Masalan, temir elektr tokini o’tkazadi, po’lat elektr tokini o’tkazadi, mis elektr tokini o’tkazadi, ruhelektr tokini o’tkazadi. Demak, barcha metallar elektr tokini o’tkazadi, degan umumiy xulosa chiqaramiz.
Deduktiv xulosa chiqarishda umumiy va yakka hukmlardan yakka yoki juz'iy hukm keltirib chiqariladi. Misol uchun barcha metallar elektr tokini o’tkazadi. Temir metaldir. Demak, temir ham elektr tokini o’tkazadi. Analogiya xulosa chiqarishning shunday shaklidirki, bunda biz ikki predmetning ba'zi bir belgilari o’xshashligiga qarab, bu predmetlarning boshqa belgilarining o’xshashligi to’g’risida xulosa chiqaramiz. Analogiya deb narsa va hodisalarning bir-biriga o’xshash bo’lgan ba'zi belgilariga qarabgina hukm yuritishdan iborat xulosa chiqarish shakliga aytiladi. Analogik usulda chiqarilgan xulosa chin, taxminiy hamda yolg’on bo’lishi mumkin. Fikr yuritishning bunday shakli ko’pincha yosh bolalarga xos xususiyatdir. Demak, juz'iy ikki yakka hukmlarga asoslanib, juz'iy yoki yakka hukm keltirib chiqaramiz. Masalan, bog’cha yoshidagi bola mana bunday mulohaza yuritadi; adamlar darvozadan ismimni aytib chaqirib keldilar. Ular sovg’a olib kelgan bo’lsalar kerak. Bu bolaning mulohazasini tahlil qilib ko’rsak, uning fikr yuritishi mana bunday tarzda taraqqiy etganligini shoxidi bo’lamiz. O’tgan galda adam ismini aytib chaqirib kelgan edilar, yana chaqirayotirlar. Albatta, adam menga sovg’a olib kelganlar, deb xulosa chiqaradi. Tafakkur tushunchalar shaklida ifodalanadi. Tushuncha deganda biz narsa va hodisalarning eng muhim va eng asosiy xususiyatlarini aks ettirishni tushunamiz. Tushunchalar hukmlardan tarkib topadi. Shu sababli tushunchaning mazmunini ochib berish uchun bir qancha hukm yurtishga to’g’ri keladi. Masalan, odam ongli mavjudotdir degan tushunchani oladigan bo’lsak, bu yerda odamning eng muhim xususiyati uning ongliligi ekani qayd qilinyapti. Tushunchalar odamning turmush tajribasi va bilimlarining ortishi jarayonida tarkib topa boradi. Ana shu jihatdan olganda maktabdagi o’qish jarayonida bolada asosan tabiat va jamiyat hodisalari haqida tushunchalar tarkib toptirishdan oz bo’ladi. Odatda tushunchalar mohiyati jihatidan konkret va abstrakt tushunchalarga deb ataladi. Masalan, stol, divan, qayrag’och, traktor va hokazo. Moddiy borliqdagi narsalardan fikran ajratib olingan ba'zi xususiyat, sifat, holatlarga,shuningdek narsalar o’rtasidagi ichki munosabatlarga, qonuniyatlarga qaratilgan tushunchalar abstrakt tushuncha deb ataladi. Masalan, og’lik, uzunlik, balandlik, kenglik, harakat, yorug’lik, qiymati haqidagi tushunchalar va hokazo. Tushunchalar ko’lami jihatidan 3 turga: yakka tushunchalar, umumiy tushunchalar va to’planma tushunchalarga bo’linadi. Yakka tushunchalar yakka narsa va hodisalar haqidagi tushunchadir. Bunday tushunchalarga sohibqiron Amir Temur, Mirzo Ulug’bek, Sirdaryo tushunchalarini misol qilib keltirsa bo’ladi. Yakka tushunchalarning xususiyati shuki, bu tushunchalarda hamisha aniq obraz mavjud bo’ladi. Umumiy tushunchalarda bir jinsda bo’lgan ko’p narsa va hodisalar gavdalantiriladi. Masalan, kitob, maktab, yulduz, talaba va boshqalar. To’planma tushunchalar bir jinsda bo’lgan narsa va hodisalar to’plami haqida yaxlit fikr yuritiladigan tushunchadir. Masalan, paxtazor, kutubxona, yig’ilish va hokazolar. To’planma tushunchalarning bir qanchasi birdaniga tatbiq qilinganda umumiy to’planma tushunchalar bo’ladi. Masalan, Alisher Navoiy nomidagi Davlat Muzeyi tushunchasi, yakka to’planma tushunchaga oiddir. Guruh, jamoa, xalq, millat va boshqalar, umumiy to’planma tushunchasiga misol bo’la oladi. Yetti og’ayni yulduzlar to’plami, Hamza teatri jamoasi, Paxtakor futbol jamoasi kabilar yakka to’planma tushunchalar jumlasiga kiradi. Fikr yuritishda tushuncha bilan so’z o’zaro bog’liq ravishda namoyon bo’ladi. Bir tomondan so’z yordamisiz tushuncha vujudga kelmaydi, ikkinchi tomondan so’z tushunchaning moddiy asosi va funksiyasini bajaradi. Tushunchalar tushuncha bir so’zdan, o’zbek xalqi ikki so’zdan qahramon o’zbek xalqi uch tashkil topgan. Tushunchalar fikr yuritishning asosiy jarayonlari, ya'ni klassifikasiyalash, simvollar, atamalar tafakkur jarayonida tushunchalarning mazmunini aks ettiradi. signallarning signallaridir, binobarin shu signallarning hammasini ifodalaydi, shu signallarning hammasini umumlashtiradi. Shunday qilib, tushunchalar mohiyati hukmlarda yoritiladi, mavjud hukmlar asosida xulosa chiqariladi. Yangi hukm hosil qilinadi, topilgan yangi belgilar, alomatlar tushunchalarni yanada boyitadi.Tafakkur yordamida inson yaratish, kashf etish, ixtiro qilishda davom etishi mumkin. Demak, yangi tushunchalar, atamalar yuzaga kelaveradi, iste'moldagilari esa yangi mazmun kasb etadi. Determinizm tamoyiliga binoan so’zlar yangi tushunchalar yaratilishiga vosita bo’lib xizmat qilaveradi, shuning bilan birga tushunchalar zamirida yangi so’zlar va iboralar vujudga keladi, yoinki yangicha talqin qilish kuchayadi. So’z bilan tushunchalarning chambarchas bog’lanishi va munosabati filogenezda ham ontogenezda ham operasional va funksional xususiyatlarni yo’qotmaydi.
Dostları ilə paylaş: |