2.2.Nutqi to`liq rivojlanmagan bolalar tafakkurini rivojlantirish yo`llari. Nutqi to`liq rivojlanmagan bolalar bilan ta`lim-tarbiya qanchalik erta boshlansa,samarasi shunchalik barvaqt namoyon bo`ladiva bolaning butun hayotiga ijobiy ta`sir qiladi.Shunday ekan, bolalar tafakkurini rivojlantirish asosiy vazifalardan biriga aylanadi.Buning uchun uning yirik va mayda qo`l matorikasini rivojlantirish zarur.Chunki inson qo`l va barmoqlarida nerv tolalari joylashgan Barmoqlar orqali inson axborot oladi.Bolalarning mayda matorikasi uning nutqi,mantiqiy tafakkurini shakllantirishga ta`sir etadi.Bolalarning qo`l va bilak motorikasito`g`ri rivojlantirilsa, miya faoliyati shunchalik to`g`ri taraqqiy etadi.
Qo`l barmoqchalari motorikasini rivojlanishi quydagi holatlarni yuzaga keltiradi;
-----Tafakkurning rivojlanishi;
-----Harakat koordinatsiyasining rivojlanishi ;
-----Xotira va diqqatni oshirish;
-----Yozish ko`nikmalarining shakllanishi;
-----Nutqning ravonlashuvi;
Nutqi to`liq rivojlanmagan bolalar mashg`ulotlardagi asosiy vazifalardan biri---bola miyasida buyum va hodisalar haqidagi axborotni tassavur ettirish .Masalan, rasm chizdirish,turli o`yinlar,kubiklardan biron bir narsa yasash orqali bola ana shu axborotni taffakurida rivojlantiradi.Ushbu taffakur turi boshqa tafakkur turlariga asos bo`ladi,so`z boyligi,mantiquy tafakkurning shakllanishi , kelajakdagi maktab draslarini a`lo darajada o`zlashtirishda ko`maklashadi.Nutqi to`liq rivojlanmagan bolalarning ijodiy va mantiqiy tafakkurini rivojlantirishdaquydagi yo`llarni amalga oshirish mumkin:
----Kitob o`qish.Bola bilan birga kitob rasmlarini tahlil qilib o`qish ,undagi ertakning mazmunini bolaga o`yin tarzida qayta so`zlatish ,o`yinchoqlariga kitob mazmunini ayttirish juda foydali va qiziqarli mashg`ulot sanaladi.Ertak eshitish jarayonida bola ertak qahramonlarini kimgadir o`xshatishga harakat qiladi, u o`zi ertak va hikoyalarni mustaqil to`qiy olishi ham mumkin.
----Chizish.Bolalar odatda chizishni juda yaxshi ko`rishadi.Lekin uddalay olishmasa xafa bo`lib chizmay qo`yishlari ham mumkin.Bolaga qalamning o`rniga qo`llarida chizishni taklif qilib ko`riladi.Bo`yoqqa qo`llarni botirib , istayotgan narsani chizayotgan bola juda zavqlanadi.Yoki, chala chizish mashg`uloti qo`llab ko`riladi.Bunda biz bolaga biron bir narsani oxiriga yetkazmasdan chizib beramiz .Bola esa o`zi uni tugatib qo`yish kerak.Bola rasdm solar ekan , rasmni so`zlar bilan to`ldirib ,faollik bilan harakat qiladi, u o`z tasavvurlari asosida keyinchalik katta yoshdagi odamlarning so`ziga binoan rasmlar yaratishi mumkin.
----Grafik diktant.Bunda tarbiyachi bolalarga geometrik shakllar, rasm buyumlarni aytib turadi.Bolalar esa chizadi.
----Bo`yash.Ayrim bolalar yaxshi chiza olmaydi, ammo chizishni xohlaydi.Bunday bolalarga tayyor rasmlarni bo`yash vazifasini topshirish mumkin.Ular rasmni bo`yash davomida qo`l matorikasi , ijodiy tafakkuri ham rivojlanadi.
----Pazl.Pazl yasash bola xotirasini rivojlantiruvchi juda foydali mashg`ulot.Bola yaxshi ko`rgan rasmlardan unga pazl olib beramiz yoki o`zimiz yasab beramiz.
----She`r yodlash.Bolaning xotirasini rivojlantirish maqsadida har kuni bitta she` r yodlatish lozim.
----O`yin.Bola o`yin jarayonida amaliy ehtiyojlarga qaram bo`lmaydi.Bunda u o`zining bevosita ehtiyoj va qiziqishlaridan kelib chiqadi hamda jarayonda o`z tasssurotlari, borliq haqidagi tushunchalari va unga bo`lgan o`z munosabrtlarini aks ettiradi.Eng asosiysi bolani o`yin tarzida rivojlantirish kerak.
Nutqi to`liq rivojlanmagan bolalar bilish faoliyatini o`yinlarda rivojlantirish juda katta ahamiyatga ega va bunday o`yinlar turli- tumandir.Masalan:”O`xshashini olib kel”,”O`xshaydimi yoki o`xshamaydimi”,”Kim chaqqon”, “Diqqatni jamlash “,”Pashshsa”, “Kuzatuvchanlik”,”Tuzatish”, “Barmoqlar”,”Eng hushyor”, “Adashib qolgan hikoyachi”,”Minora quramiz” va shu kabi boshqa o`yinlar nafaqat bolalarning bilish faoliyatinin balki tafakkur faoliyatini ham rivojlantirish yo`llaridan eng samarali va muffaqiyatlisi hisoblanadi.
XULOSA Biz tomondan olib borilgan “Nutqi to`liq rivojlanmagan bolalartafakkurining o`ziga xos xususiyatlatlari” mavzusidagi o`rganish tatqiqot ishimiz yuzasidan metodik adabiyotlarni va tadqiqot ishlarini yetarli emasligi mavzumizni dolzarbligini bildiradi .Tekshirishlar shuni ko`rsatdiki,
-Nutqi to`liq rivojlanmagan bolalar bilish jarayonlarini qay darajada rivojlanganlik qobiliyatlarini berilgan metodikalar orqali tekshirganimizda;
-Nutqi to`liq rivojlanmagan bolalar kesma rasmlarni joylashtirishda logoped yordami asosida bolalar qiyinchilik bilan bajarsalar,bundan ko`rining turibdiki bolaning tafakkur qilish qobiliyati sust rivojlanganligini guvohi bo`lish mumkin.
-Juftliklarni eslab qolish metodikasida bola logoped yordamida topshiriqni bajarsa,bu holatda ixtiyorsiz diqqat tarqoqligi va jamlanmaganligi ma`lum bo`ladi.
Tekshirish natijalariga asoslangan holda nutqi to`liq rivojlanmagan bolalarning tafakkur faoliyatida sust rivojlanganligini ,ularga faqat ko`rgazmali materiallar orqaligina ko`rsatib, so`ralganda bajara olishlari ma`lum bo`ldi.Chunki ulardagi nutq komponentlarining rivojlanmasligi nafaqat tafakkur faoliyatiga , balki bilish faoliyatiga ham salbiy ta`sir ko`rsatishini guvohi bo`ldik.
-Nutqi to`liq rivojlanmagan bolalar nutqinin rivojlantirish orqaligigna ularning bilish faoliyatlarirni rivojlantirish mumkin. Har bir o’quvchining ta’lim-tarbiya jarayonidagi faoliyati o’ziga xos bo’lib bir-birini takrorlamaydi. Shunday ekan ularning salohiyatini , iqtidorini jarayondagi harakatini bir xillikda baholash bir mavqeeda ko’rish albatta noo’rin.Nutqi to`liq rivojlanmagan bolalar tafakkurining o`ziga xos xususiyatlarini chuqur va puxta o`rganish rivojlanib borayotgan yosh avlodni kelajagi uchun ko`prik vazifasini bajaradi.Shu mavzuni yoritish orqali nutq va tafakkur birligini, har qanday nutq buzilishlarida tafakkurning o`ziga xos shakllarini, ayniqsa, nutqi to`liq rivojlanmagan bolalarda tafakkur shakllarini turlarini o`rganib oldik.
Mashgulotlarni imkon qadar kichik guruhlarda (3 kishidan oshmagan) otkazish lozim. yetakchi mashgulot shakli oyindir. Mashgulotlar ayniqsa ishning dastlabki bosqichlarida noverbol topshiriqlar bilan taminlangan bolishi zarur. Logopedik tasirida aynan bir soz materialini kop marotaba takrorlash va gapirmaydigan bola bilan bevosita hissiy aloqa ornatish zaruriy sharoit hisoblanadi.Bu bosqichda bola nutqining har qanday korinishni ragbatlantirish muhim. Bolani biron narsa aytishga yoki takrorlashga majburlash kerak emas. Ayt, takrorla kabi sozlardan foydalanmaslik kerak, chunki bolada bu iltimoslarga negativ tasirlanish yuzaga keladi.Bu sozlarni mos keluvchi savollarga yoki sozlarga almashtirish foydalidir (oylab korchi, top-chi). Yoki bir tomonlama dialog ham foydadan holi emas, bunda katta odam ham savol beradi, ham ozi javob beradi. Bola tomonidan xozirgina talaffuz etilgan tovush taqlidini bir-ikki takrorlash ham yaxshi natija beradi. Masalan; bola bilan oyinchoqni javon oldiga borib, hayratomuz soraladi: «Qarachi, bu yerda kim paydo boldi? Uloqcha?!» Uloqchani tomosha qila turib, bir necha marotaba uloqcha ovozini imitatsiya qilish lozim: «Me-me-me». Uloqchaning burni, qulogi, dumchasini bolaga korsata turib, logoped qiziqsinib soraydi. «Uloqcha qanday yiglashini sen bilasanmi?» Boladan istalgan tovush reaksiyasini olish zarur.Biroq, amorf ozak sozlarni (bola tomonidan yaratiluvchi) masalan, kuchuk sozi orniga «chu» yoki sichqon sozi orniga «chi» sozlarini bolalar ortidan takrorlash mumkin emas. Bolalar faqat togri talaffuz qilinuvchi soz va gaplarni eshitishlari lozim.Nutqning rivojlanishi. Tabiat mo‘jizalaridan biri - bola tomonidan nutqni o‘zlashtirish qobiliyatidir. Bolalaming oddiy guv-guvlash jara- yonidan bir so‘zli bosqichga va telegrafik, ikki so‘zli bosqichga yengil o‘tishlari olimlar o‘rtasida ko‘plab bahs-munozaralarga sabab bo‘libkelgan. Bixevioristik oqim namoyondalaridan Skinner biz tilni imitatsiya, ya’ni taqlid qilish va uni mustahkamlashning ma’lum tamoyillari vositasida o‘rganamiz, deb tushuntirgan. Lingvist Noam Xomski Skinner fikrlariga e’tiroz bildirib, bolalar biologik va fiziologik jihatdan so‘zlami o‘rganishva grammatikadan foydalanishga tayyor bo‘ladi!ar, deydi.