4-MAVZU: XIV ASRNING IKKINCHI YARMI VA XVI ASRDA MOVARAUNNAHRDA TARBIYA, MAKTABVA PEDAGOGIK FIKRLAR RIVOJI MA’RUZA MASHG’ULOTI REJASI: 4.1. Ijtimoiy hayotning ta’lim-tarbiya, maktab va pedagogik fikrlar rivojiga ta’siri. So’fiylik ta’limotining ma’naviy hayotga ta’siri. 4.2 Movaraunnahrda Amir Temur tomonidan markazlahgan davlat barpo etilishi va uning fan, madaniyat va ma’rifat rivojiga qo’shgan hissasi. 4.3 Mirzo Ulug’bekning pedagogik g’oyalari va ma’rifatparvarlik xizmatlari. Zahiriddin Muhammad Boburning pedagogik fikrlari. 4.4. Alisher Navoiyning asarlarida tarbiya va insonparvarlik masalalari. Abdurahmon Jomiyning pedagogik qarashlari. 4.5. Jaloliddin Davoniyning axloqiy qarashlari. “Axloqiy Jaloliy” asarining pedagogik fikrlar rivojidagi o’rni. Tayanch so’z va iboralar: shariat, tariqat, ma’rifat, haqiqat, so’fiylik, anda, aust, donolik, adolat, shijoat, iffat 4. 1. Ijtimoiy hayotning ta’lim-tarbiya, maktab va pedagogik fikrlar rivojiga ta’siri. Movarounnahr mo’g’ul urug’lari va qabilalarining ijtimoiy hayotida yuz
bergan katta o’zgarish, ularning mahalliy ijtimoiy tuzumini qabul qilishlari, xo’jalik
va madaniy hayotdagi o’zgarishlar mo’g’ullarning etnik xususiyatlarini ham
o’zgartirib yuboradi. Mamlakat aholisining ijtimoiy hayotida sodir bo’lgan jiddiy
o’zgarishlar, shubhasiz uning iqtisodiy jihatdan jonlanishiga turtki ham bo’ldi.
XIII asrning ikkinchi yarmi va XIV asr boshlarida shahar va qishloqlarda
xo’jalik hayotining jonlanishi bilan shubhasiz mo’g’ullar istilosi va bosqini davrida
kuchli zarbaga uchrab inqirozga yuz tutgan fan, adabiyot, ma’rifat va madaniyatning
ayrim tarmoqlari ham tiklana boshlaydi.
Garchi yozma manbalarda bizgacha aniq ma’lumotlar etarli darajada etib
kelmagan bo’lsa-da, har qalay bu davrda ilm va ma’rifat ham ayrim yirik
hunarmandchilik va savdo-sotiq markazlarida jonlanadi. Buxoroda bino qilingan
«Mas’udiya» va «Xoniya» kabi madrasalarning har birida mingtagacha tolibi ilm
ahli tahsil ko’radi.