Pedagogika tarixi fan sifatida. Eng qadimgi davrlardan VII asrgacha ta’lim-tarbiya va pedagogik fikrlar. Reja



Yüklə 137,05 Kb.
səhifə19/48
tarix12.04.2023
ölçüsü137,05 Kb.
#96639
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   48
Pedagogika tarixi fan sifatida. Eng qadimgi davrlardan VII asrga (1)

Ulug’bek davrida maktab islohoti. Ulug’bek Movarounnahr shaharlarini, xususan
Samarqand va Buxoroni ilm-u ma’rifat dargohiga aylantirishga intiladi. Uning
farmoni bilan 1417-yilda Buxoroda, 1417-1420-yillarda Samarqandda va 1433-
yilda G’ijduvonda madrasalar qad ko’taradi. Hatto Buxoro madrasasining
darvozasiga «Bilim olish har bir musulmon ayol va erkakning burchidir» degan
kalima o’yib yozib qo’yiladi.
Alloma o’z davlatida ta’lim sohasida jiddiy islohotlarni tashkil etdi. U
madrasalarni davlat ta’minotiga o’tkazdi, mudarris (o’qituvchi)larga oylik ish haqi
belgilagan, shogird (talaba)larga stipendiya ajratgan.
Muhammad Tarag’ay Ulug’bek madrasa o’quv rejasiga quyidagi fanlar: arab
tili, adabiyot, Qur’on, Hadis, ritorika, mantiq, falsafa, fikh (qonunchilik), metafizika,
matematika, astronomiya, tibbiyot, geografiya, tarix kabi fanlarni kiritadi.
Mutafakkir tomonidan barpo etilgan hamda o’zi bevosita ta’lim bergan
madrasalarda o’qish quyidagi bosqichlardan iborat bo’lgan:
1. «Anda» (kichik) – o’qish muddati 2 yil.
2. «Aust» (o’rta) – o’qish muddati 3 yil.
3. «A’lo» (oliy) – o’qish muddati 3 yil.
Bunday yondashuvda, bugungi kun nuqtai nazaridan aytganda, bakalavriat va
magistratura ko’zga tashlanadi. Ayni vaqtda ular o’rta asr Yevropa universitetlari
uchun ham xos bo’lgan.
Zahiriddin Muhammad Boburning pedagogik fikrlari. Bobur 1526-yilning
21-aprelida Dehli hukmdori Ibrohim Lo’diy qo’shinlarini tor-mor keltirdi. Bu
g’alaba natijasida Bobur SHimoliy Hindistonni egalladi. 1526-yilning 27-aprelda
Dehli shahrida Bobur podshoh nomiga xutba’ o’qildi. Shu tariqa, yangi saltanat
Boburiylar saltanatiga asos solinadi.
Bobur podshoh Hindistonda bir-biri bilan dushmanlik kayfiyatida bo’lgan
mayda mustaqil rojalarni (hukmdorlarni) ham qilich, ham siyosat yo’li bilan
birlashtiradi va 1530 yilgacha markazlashgan yirik saltanatini barpo etadi. Bu
saltanat 332 yil (1526-1858-yillar), ya’ni Hindistonni Buyuk Britaniya to’liq bosib
olgunga qadar hukm surdi.
Bobur xayotiy esdaliklar yozish maktabini «Boburnoma» asari orkali boshlab
berdi.
«Muxtasar», «Mubayyin», «Volidiya», «Xatti Boburiy» kabi asarlarida
ta’lim-tarbiya masalalariga alohida e’tibor qaratgan.
Uning ijodiga mansub bo’lgan «Xatti Boburiy» uzoq yillar davomida
maktablarda, madrasalarda savod o’rgatish kitobi sifatida foydalanilgan.
Bobur nafaqat buyuk davlat arbobi, mohir sarkarda, shoir, bastakor, ayni
paytda mashhur tarixchi olim hamdir. Bu borada uning nomini abadiylikka
muhrlagan asar - “Boburnoma”dir.

Yüklə 137,05 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   48




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin