Pedagogika tarixi fan sifatida. Eng qadimgi davrlardan VII asrgacha ta’lim-tarbiya va pedagogik fikrlar. Reja


Alisher Navoiy “qanoat” to’g’risida



Yüklə 137,05 Kb.
səhifə21/48
tarix12.04.2023
ölçüsü137,05 Kb.
#96639
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   48
Pedagogika tarixi fan sifatida. Eng qadimgi davrlardan VII asrga (1)

Alisher Navoiy “qanoat” to’g’risida. Qanoat buloqdur-suvi olgan bilan
kurimaydi; xazinadir – naqdisi sochgan bilan kamaymaydi, ekinzordir – urug’i izzat
va shavkat mevasi beradi; daraxtdir – shoxi tortinchoqlik va hurmat mevasi etkazadi.
Kimki, qanoatga odatlansa, shoh va gadoy bordi-keldisidan ozod bo’ladi...
Qanoat qo’rg’ondir, u erga kirsang nafs yomonligidan qutularsan, tog’likdir – u
yerga chiqsang dushman va do’stga qaramlikdan xalos bo’larsan; tubanlashishdir –
natijasi yuksaklik; zoriqishlikdir – foydasi ehtiyotsizlik urug’ining mevasi
farovonlik...
Alisher Navoiy “sabr” to’g’risida. Sabr achchiqdir – ammo foyda beruvchi,
qattiqdir – ammo zararni daf etuvchi... Sabr shodliklar kalitidir va bandlar
ochqichidir.
U o’rtoqdir – suhbat zerikarli, ammo maqsadga olib boruvchi; ulfatdir – umidi
uzun, ammo oxiri estakka eltuvchi.
Ulovdir – yurishi taxir, ammo manzilga eltuvchi; tuyadir – qadami og’ir, lekin
bekatga tushirguvchi.
Achchiq so’zli nasixatchiday tabiat undan olinadi, lekin zaminda maqsad xosil
bo’ladi. Badxo’r dori beruvchi tabibday kasal undan qiynaladi, ammo so’ngida
sog’lik yuz beradi.
Alisher Navoiy “muruvvvat va saxovat ” to’g’risida. Saxovat insoniyat
bog’ining borvar shajaridur (boqiy ildizidir), balki ul shajarning mufid samaridur
(hosilasidur). Odamiylik kishvarining bahri mavjvari (odamiylik dengizining
mavjlari), balki ul mavj bahrining samin gavhari... Ma’dumlikda (insoniy fazilat
sifatida) muruvvat karamning urug’ qayoshidur (qarindoshidir), balki tav’amon
(umuman) qarindoshidur... Sohibi muruvvat (muruvvatli kishi) sharif xalqidin
ayrilmaydurkim, u qayda bo’lsa Tengri panohida bo’lsin – izzat va sharaf
oromgohida.
Muruvvat – barcha bermakdur, emak yo’q, // Futuvvat – barcha qilmoqdur,
demak yo’q. SHoir nazdida muruvvat odamgarchilik yuzasidan qilingan yaxshilik,
saxovat, himmatdir, o’zida bor narsalarni muhtojlarga berish, emay edirish, kiymay
kiydirishdir. Futuvvat esa barchaga yaxshilik ko’rsatish, ammo evaziga hech narsa
talab va ta’ma qilmaslikdir

Yüklə 137,05 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   48




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin