Abdurahmon Jomiyning pedagogik qarashlari. Jomiy uchta lirik devon,
etti dostondon iborat “Haft avrang” (“Etti taxt”), ta’lim-tarbiyaga oid
“Bahoriston” asarlari bilan jahon madaniyati taraqqiyotida munosib o’ringa ega
bo’ldi.
Jomiyning ‘Lujjat ul-asror” (“Sirlar dengizi”, 1475), “Ashiat ul-lamoat”
(“Yiltillagan nur”, 1476) diniy-falsafiy qasidasi Ibn Sinoga bag’ishlangan.
Dostonlarida xalq ommasining eng yaxshi orzu-umidlarini kuylagan. 7 dostondan
iborat “Haft avrang” (“Etti taxt” yoki “Katta ayiq”, 1480—87)dagi “Silsilat uzzahab” (“Oltin zanjir”, 1472), “Tuhfat ul-ahror” (“Nuroniylar tuhfasi”, 1481—82),
“Sibhat ul-abror” (“Taqvodorlar tasbehi”, 1482— 83) dostonlarida yuksak xulqatvor mezonlarini targ’ib qilgan, kishilarni ma’rifatga, yurtparvarlikka, to’g’rilik,
insof va iymonga chaqirgan.
Abdurahmon Jomiyning ta’limiy-axloqiy qarashlari Sa’diyning Guliston
asari uslubida yozilgan “Bahoriston” asari va “Xaft avrang”ga kirgan
“Tuhfatul axror” hamda “Silsilatuz zahab” (“Oltin zanjir”) va boshqa
dostonlarida ifodalangan.
Bu dostonlarda va “Bahoriston”da Jomiy hakiqiy kamolotga erishgan inson
haqidagi qarashlarini bayon etadi.
Jomiy o’zining mashhur “Silsilatuz zahab” (“Oltin zanjir”) dostonida
esa “Sevimli aziz farzandga nasihat” bobida, avvalo har bir yosh bilim olishi
zarurligi, chunki inson umri juda qisqa bo’lib, bu ulfni behuda o’tkazmasligi,
ammo bilim olgandan so’ng unga almal qilish lozimligini ta’kidlaydi va
amaliyotsiz ilm ham behuda ekanligini alohida uqtiradi.
Abdurahmon Jomiy hikmatlaridan Hammadan avval farzand, bilimdan bahramand bo’l,
Nodonlik yurtidan chiq, bilim tomon ol yo’l.
Har bir kishiga bu so’z, oyna kabi ayondir,
Dono tirik hamisha, nodon o’liksimondir.
Eng zarur bilimni qunt bilan o’rgan,
Zarur bo’lmaganin axtarib yurma.
Zarurini hosil qilgandan keyin,
Unga amal qilmay umr o’tkurma.
Kimning qalb diliga kirdi qanoat,
Hirs bilan ta’madan qutuldi bori.
Qanoat gilami to’shalgan erda,
Sindi ochko’zligu ta’ma bozori.
Qoldiray desang jahonda yaxshi nom,
Yaxshilik qil, yaxshilik qilgil mudom...