6-MAVZU: 1924-1924-1991 YILLARDAO`ZBEKISTONDA TA`LIM TIZIMI VA
PEDAGOGIK FIKRLAR RIVOJI. MUSTAQIL O`ZBEKISTON TA`LIM TIZIMI.
MUSTAQILLIK YILLARIDA PEDAGOGIK FIKRLAR RIVOJI.
MA’RUZA MASHG’ULOTI REJASI:
6.1 1924-1945 yillarda ta’lim va pedagogika fani.
6.2. 1945-1991 yillarda O’zbekistonda ta’lim tizimi va pedagogika fani
rivoji.
6.3. Mustaqil O’zbekistonda ta’lim sohasida amalga oshirilgan islohotlar.
6.4. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, “Ta’lim to’g’risida”gi
Qonun va “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi” – Respublikamizda
ta’lim-tarbiyani tashkil etish va kadrlar tayyorlashning huquqiy asosi
sifatida.
6.5. Mustaqillik yillarida pedagogik fikrlar rivojining asosiy
yo’nalishlari.
6.6. O’zbekiston Respublikasi birinchi prezidenti I.A.Karimov
asarlarida jamiyat rivojining ma’naviy-axloqiy negizlari va yuksak
ma’naviyatli shaxsni shakllantirishga doir kontseptual fikrlarning ifoda
etilishi.
6.7. O’zbekiston Respublikasi rivojining yangi bosqichda ta’lim-tarbiya
islohotlari: Sh. Mirziyoyevning ta’lim-tarbiyaga oid fikrlari
Tayanch so’z va iboralar: qadriyat, milliy dastur, Konstitutsiya, Ta’lim
to’g’risida”gi Qonun, Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi ma’naviyat, xalq
og’zaki ijodi, adabiy xalq pedagogikasi, jadidchilik.
6.1. Mustaqil O’zbekistonda ta’lim sohasida amalga oshirilgan
islohotlar.
Bugungi kunda, umumiy e’tirofga ko’ra, XXI asr globallashuv va
chegaralarning barham topish davri, axborot-kommunikasiya texnologiyalari va
internet asri, jahon maydonida va dunyo bozorida tobora kuchayib borayotgan
raqobat asriga aylanib borayotganini isbotlab berishga hojat yo’q, albatta. Bunday
sharoitda inson kapitaliga yo’naltirilayotgan investitsiya va qo’yilmalarning
o’sishini, hozirgi zamonda demokratik taraqqiyot, modernizatsiya va yangilanish
borasida belgilangan maqsadlarga erishishda eng muhim qadriyat va hal qiluvchi
kuch bo’lgan bilimli va intellektual rivojlangan avlodni tarbiyalash vazifasini doimo
o’zining asosiy ustuvor yo’nalishlari qatoriga qo’yadigan davlatgina o’zini namoyon
eta olishi mumkin.
Avvalo shuni ta’kidlash zarurki, bundan 21 yil oldin qabul qilingan, Kadrlar
tayyorlash milliy dasturi deb nom olgan Ta’lim sohasini isloh qilish dasturi
mamlakatimizda yangi jamiyat qurishning bosqichma-bosqich va tadrijiy rivojlanish
prinsipiga asoslangan iqtisodiy va siyosiy islohotlarning biz tanlagan «o’zbek
modeli» - o’z taraqqiyot yo’limizning ajralmas tarkibiy qismidir.
Ushbu dastur jiddiy izlanish va tadqiqotlarning, jahondagi taraqqiy topgan
ilg’or mamlakatlar tajribasini umumlashtirishning natijasi sifatida o’tmishda
majburan singdirilgan kommunistik mafkuraning qolip va andozalaridan butunlay
voz kechish, odamlarning, birinchi navbatda, unib-o’sib kelayotgan avlodning
ongida demokratik qadriyatlarni mustahkamlashga qaratilgan bo’lib, qisqacha
aytganda, bu dastur o’z fikriga, o’zining qarashlari va qat’iy grajdanlik pozisiyasiga
ega bo’lgan, har tomonlama yetuk va mustaqil fikrlaydigan shaxsni shakllantirishni
maqsad qilib qo’ygan.
Uzoq yillar davomida vujudga kelgan eski ta’lim tizimini tubdan qayta
qurmasdan va isloh etmasdan turib bu maqsadga erishish aslo mumkin emas edi.
Agarki O’zbekistonda aholining qariyb 35 foizini 16 yoshgacha bo’lgan
bolalar, 60 foizdan ziyodini esa 30 yoshgacha bo’lgan yoshlar tashkil etishini
hisobga oladigan bo’lsak, bu islohotlarning roli va ahamiyati o’z-o’zidan tushunarli
va ravshan bo’ladi.
Qabul qilingan dasturga muvofiq, mamlakatimizda 9+3 sxemasi bo’yicha 12
yillik umumiy majburiy bepul ta’lim tizimi joriy etildi. Yurtimizda amalga
oshirilayotgan modelning prinsipial xususiyati avvalo shundaki, umumta’lim
maktabidagi 9 yillik o’qishdan so’ng o’quvchilar keyingi 3 yil davomida
ixtisoslashtirilgan kasb-hunar kollejlari va akademik litseylarda tahsil olib, ularning
har biri umumta’lim fanlari bilan birga mehnat bozorida talab qilinadigan 2-3 ta
mutaxassislik bo’yicha kasb-hunarlarni ham egallaydi.
Ta’kidlash joizki, O’zbekistonda 12 yillik ta’lim barcha uchun majburiy va
bepul ekani qonunlarimizda belgilab qo’yilgan. Bu o’sib kelayotgan yangi
avlodimiz 12 yillik majburiy ta’lim olish bilan birga aniq mutaxassislik va kasbhunarga ega bo’lishini taqozo etadi. Bu, ayniqsa, qizlarimiz uchun muhimdir. Biz
bunda har qaysi yangi tashkil bo’layotgan yosh oilada avvalo qizlarning o’zi
tanlagan muayyan mutaxassislikka, kasb-hunarga, hayotda o’zining mustaqil fikri
va qat’iy pozisiyasiga ega bo’lishi g’oyat muhim ahamiyat kasb etishini nazarda
tutamiz. Shuning uchun ham barcha zarur fanlar bo’yicha umumiy ta’lim beradigan
maktablardagi 9 yillik tahsildan keyin yoshlarimiz, ayniqsa qizlarimiz majburiy
tarzda kasb-hunar kollejlari va akademik litseylarda o’qishni davom ettirishi, ikkiuchta zamonaviy mutaxassislik bo’yicha kasb-hunarlarga ega bo’lishi o’ta
muhimdir.
Mustaqillik yillarida ta’lim jarayonini yangicha talablar asosida tashkilqilish,
takomillashtirish bo’yicha olib borilgan jiddiy izlanishlar natijasida avvallari faqat
aholining umumiy savodxonligini ta’minlash bilan cheklangan ta’lim mazmuni
tubdan yangilandi.
MDH davlatlari ichida birinchi bo’lib Davlat ta’lim standartlari ishlab chiqildi
va joriy etildi. Amaliyot jarayonida ta’lim turlariaro uzviylikni, uzluksizlikni
ta’minlash maqsadida o’quv fanlari bo’yicha DTS hamda o’quv dasturlari
takomillashtirilmoqda, muvofiqlashtirilmoqda.
O’zbekistonda Vestminster universiteti, Singapur menejmentni rivojlantirish
instituti, Turin politexnika universiteti, Rossiya neft va gaz universiteti, Moskva
davlat universiteti, Rossiya iqtisodiyot universiteti kabi yuksak xalqaro obro’-e’tibor
va chuqur tarixiy ildizlarga ega bo’lgan Yevropa va Osiyoning yetakchi oliy ta’lim
muassasalarining filiallari tashkil etildi va muvaffaqiyatli faoliyat ko’rsatmoqda.
Ushbu oliy ta’lim muassasalarida mashinasozlik, neft-gaz ishi, axborot
texnologiyalari, iqtisodiyot va biznes boshqaruvi, moliyaviy menejment, tijorat
huquqi kabi mehnat bozorida talab yuqori bo’lgan mutaxassisliklar bo’yicha
bakalavr va magistrlar tayyorlanmoqda va biz uchun g’oyat muhim jihati shundaki,
ularning bitiruvchilari butun dunyoda tan olinadigan diplomlarga ega bo’lmoqda.
Biz rivojlangan bozor iqtisodiyotiga asoslangan zamonaviy davlat qurish
yo’liga qadam qo’yib, kuchli davlatdan kuchli fuqarolik jamiyati sari izchillik bilan
o’tishni ta’minlar ekanmiz, faqat milliy va umumbashariy qadriyatlar uyg’unligi
zaruratini teran anglaydigan, zamonaviy bilimlarni, intellektual salohiyat va ilg’or
texnologiyalarni egallagan insonlargina o’z oldimizga qo’ygan strategik taraqqiyot
maqsadlariga erishishi mumkin ekanini hamisha o’zimizga yaxshi tasavvur etib
kelmoqdamiz.
Ta’lim tizimini tubdan isloh etish odamlarimizning ongu tafakkuri va
dunyoqarashini o’zgartirish, ularning siyosiy va grajdanlik faolligini, o’z kelajagiga
bo’lgan ishonchini oshirishning eng muhim omili va mustahkam asosiga aylandi,
desak, hech qanday mubolag’a bo’lmaydi. Eng muhimi shundaki, bizning yangi
avlodimiz, bilimli, o’tmishning har qanday illatlaridan ozod bo’lgan yoshlarimiz
bugungi kunda mamlakatimizni demokratlashtirish va liberallashtirish, uni
yangilash va ishonchli tarzda ravnaq toptirishning hal qiluvchi harakatlantiruvchi
kuchiga aylanib bormoqda.
Shu borada o’tgan davr mobaynida kasb-hunar kollejlari va akademik
litseylarni 2 million 300 mingdan ziyod o’g’il-qizlarimiz bitirib chiqqani, joriy yilda
esa 500 mingdan ortiq o’quvchi o’rta toifadagi mutaxassis diplomini olib, o’qishni
tamomlashini aytib o’tish kifoya. Bu yoshlar nafaqat iqtisodiyotni modernizatsiya
va diversifikasiya qilishning, ayni vaqtda mamlakatimiz kadrlar tarkibini sifat
jihatidan yangilashning qudratli omili hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: |