Pedagogika tarixi fan sifatida. Eng qadimgi davrlardan VII asrga (1)
7.2. Qadimgi Yunoniston faylasuflari tarbiya to’g’risida. Qadimgi Rimda pedagogik g’oyalar rivoji. Pedagogika nazariyasiga olim va faylasuflardan Suqrot, Platon, Arastu va
Demokritlar asos soddilar. Ular o’z qarashlari bilan ta’lim-tarbiya rivojlanishiga
juda katta xissa qo’shdilar. Quiida biz bu faylasuf olimlar haqida qisqacha
to’xtalib o’tamiz.
Suqrot er.av. (469-399y)da yashab ijod etgan. Suqrotning fikricha tarbiyadan
kutilgan maqsad, buyumlar tabiatini o’rganish bo’lmay, balki kishining bilim
olishi, axloqni kamol toptirishi bo’lmog’i lozim edi. Suqrot faylasuf bo’lishi bilan
birga ajoyib notiq ham edi. U keng maydonlarda so’zga chiqib, axloqqa doir
masalalar yuzasidan suhbatlar o’tkazar, tinglovchilarni savol-javob yo’li bilan
haqiqatni topishlariga undar edi. Suhbatning bu usuli «Suqrot usuli» deb atalgan. U
pedagogika olamiga ana shunday savol-javob metodini ya’ni «Evristik» suhbat
metodini yangi (savol berish va savolni to’ldirish) metodini olib kirdi. U
tarbiyada axloqiy, estetik, jismoniy tarbiya mezonini ishlab chiqdi. Lekin
Suqrotning axloqiy qarashlarida tengsizlikni yaqqol sezish mumkin. Uning fikricha
axloq faqat imtiyozli «mumtoz» largagina xos, «mumtoz» kishilar haqiqiy
axloqning yagona egalari bo’lganliklari uchun hokimiyat ham ularning qo’llarida
bo’lmog’i kerak deydi.
Platon er.av. (424-347) yillarda yashagan. U Suqrotning shogirdi bo’lib
«ob’ektiv idealizm» nazariyasining asoschisidir. U tanadan tashqarida mavjud
bo’lgan narsalar haqidagi nazariyani ilgari suradi.
Tarbiya - deydi Platon davlat tomonidan tashkil etilmog’i, hukmron
guruxlarning manfaatlarini ko’zlamog’i lozim. Platonning fikricha bolalar 3
yoshdan boshlab 6 yoshgacha davlat tomonidan tayinlab qo’yilgan tarbiyachilar
raxbarligida tarbiyalanishini tavsiya etadi.
7 yoshdan 12 yoshacha esa davlat maktablarida taxsil olib, ularga o’qish,
yozish, xisob, musiqa va ashula darslari o’rgatiladi.
12-16 yoshgacha bo’lgan bolalar jismoniy mashqlarni o’rgatadigan
«Polestra» maktabida, 18 yoshga qadar dunyoviy fanlarni o’qitadigan maktablarda,
18-20 yoshgacha esa «Efeb» maktablarida taxsil olib harbiy ta’lim o’rgatiladi.
Uning fikricha, «Efeb» maktabini tugatgandan so’ng qobiliyatli va iqtidori
bo’lgan yigitlar falsafa ilmini o’rgatadigan uchinchi bosqich oliy ta’limni o’taydilar.
Platon tarbiya tizimida asosan jismoniy mexnatga nafratni singdirish,
quldorlar manfaatini himoya qilish maqsadi nazarda tutiladi.
Uning pedagogika tarixida tutgan o’rni shundaki, u dastlab maktabgacha tarbiya
to’g’risidagi g’oyani ilgari surib, yoshlarga ta’lim berishning izchillik tizimini ishlab
chiqqanligidadir.
YUnon faylasuf olimlaridan yana biri Arastudir. U er, av. (384 -322) yillarda
yashagan.
Arastu uch xil tarbiya ya’ni: jismoniy, axloqiy va aqliy tarbiya aqidalarni
ishlab chiqib, tarbiyaning rivojlanishiga katta hissa qo’shgan.
Arastu birinchi bo’lib yoshni davrlarga bo’lish mezonini ishlab chiqishga uringan
olimdir.
U insonni yoshlik yillarini 3 davrga, ya’ni: 0-7 yoshgacha; 7 - 14 yoshgacha;
14-21 yoshgacha bo’lgan davrlarga bo’ladi. U oilaviy tarbiyaga doir bir kancha
tavsiyalar beradi. Uning fikricha,bolalar 7 yoshgacha oilada tarbiyalanadi,
go’dakning yoshiga mos keladigan ovqatlar bilan boqish, turli xarakatli mashklar
orqali uni chiniqtirib borish kerak deydi. O’g’il bolalar 7 yoshdan boshlab davlat
maktablarida o’qishlari lozim deb uqtiradi. U jismoniy, axloqiy va aqliy tarbiya birbiri bilan uzviy bog’langan deb xisoblaydi. U bolalarga boshlang’ich ta’lim berish
vaqtida jismoniy mashqlar qilish bilan bir qatorda o’qish, yozish, grammatika, rasm
va musiqani o’rgatish kerak deb ta’kidlaydi. o’smirlar maktabda jiddiy ma’lumot
olishlari, ular: adabiyot, tarix, falsafa, matematika, astronomiya va boshqa fanlarni
o’rganishlari lozim deydi.
Demokrit, er, av, (460-370) yillarda yashagan. U tarbiyani tabiatga
muvofiqlashtirish masalasini birinchi bo’lib ilgari surgan olim bo’lib, u "Tabiat bilan
tarbiya bir-biriga o’xshaydi" deydi. «Ta’lim mexnat asosidagina go’zal narsalarni
xosil qiladi» deb tarbiya ishida mexnatning roli beqiyos ekanligini takidlaydi. Uning
xizmati shundaki, u inson kamolatida mexnat tarbiyasining roliga katta e’tibor berib,
yoshlarga mexnat tarbiyasi berishning usullarini ko’rsatib berganligidadir.