Pedagogika tarixi kursiga kirish. Eng qadimgi davrlardan VII asrgacha ta’lim va pedagogik fikrlar


Pedagogika tarixini davrlashtirish muammosi



Yüklə 7,21 Kb.
səhifə2/2
tarix17.10.2023
ölçüsü7,21 Kb.
#156432
1   2
Pedagogika tarixi kursiga kirish. Eng qadimgi davrlardan VII asr-fayllar.org

Pedagogika tarixini davrlashtirish muammosi

  • Pedagogika tarixini davrlashtirishga doir xilma-xil yondashuvlar mavjud. So’nggi yillarda O’zbekistonda pedagogika tarixini o’rganishga doir eng keng tarqalgan davrlashtirish o’zida quyidagi bosqichlarni aks ettiradi:

  • eng qadimgi davrlardan O’zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgunga qadar;

  • mustaqillikka erishilgandan to hozirgi kungacha O’zbekistonda pedagogik fikrlar rivoji;

  • jahon pedagogik fikrlari rivoji (eng qadimgi davrlardan hozirgi kungacha).

    • Biroq pedagogika tarixini insoniyat tarixi bilan bog’liqlikda o’rganish maqsadida quyidagi tarzda davrlashtish maqsadga muvofiq:

    • eng qadimgi davrlardan VII asrgacha ta’lim-tarbiya va pedagogik fikrlar;

    • VII asrdan XIV asrning birinchi yarmifacha O’rta Osiyoda tarbiya, maktab va pedagogik fikrlar;

    • Sharq Uyg’onish davrida pedagogik fikrlarning rivojllanishi;

    • XIV asrning ikkinchi yarmi va XVI asrda Movaraunnahrda tarbiya va maktab;

    • XIV asrning ikkinchi yarmi va XVI asrda Movaraunnahrda pedagogik fikrlar rivoji;

    • XVII asrdan XIX asrning yarmigacha tarbiya, maktab va pedagogik fikrlar rivoji;

    • XIX asrning 2-yarmi – XX asr boshida Turkiston o’lkasida tarbiya, maktab va pedagogik fikrlar;

    • 1917-1991 yillarda O’zbekistonda ta’lim tizimi va pedagogik fikrlar rivoji;

    • Mustaqil O’zbekiston ta’lim tizimi. Mustaqillik yillarida pedagogik fikrlar rivoji;

    • eng qadimgi davrlardan XIX asrning birinchi yarmida jahon pedagogika fanining rivojlanish tarixi;

    • XIX asrning 2-yarmi – XX asrda jahon pedagogika faning rivoji;

    • hozirgi davrda jahon mamlakatlari ta’lim tizimi va pedagogika fani rivoji.

    • Hozirgi o’zbek xalqining ajdodlari bundan bir necha ming yillar oldin yashagan bo’lib, ular yuksak va o’ziga xos madaniyatni vujudga keltirishda juda katta va mashaqqatli yo’lni bosib o’tgan. Dastlabki tosh qurollaridan tirikchilik uchun foydalanish, ancha takomillashgan mehnat qurollarini yasash, urug’chilik davriga kelib, xo’jalik hayoti va madaniy taraqqiyotda erishilgan yutuqlarni o’z ichiga olgan davrgacha bo’lgan tariximiz ota-bobolarimizning boy qadimiy madaniyatga ega bo’lganligidan dalolat beradi. Eramizdan avvalgi birinchi ming yillikda Baqtriya, Xorazm, So’g’diyona, Marg’iyona, Parfiya hamda Parkana kabi davlatlarida turli qabila va elatlar yashagan.

    • Ular saklar, massagetlar, so’g’diyonalar, xorazmiylar, boxtarlar, chochliklar, parkanaliklar kabi qabila va urug’lardan iborat bo’lib, hozirgi Markaziy Osiyo hududida yashovchi xalqlarning ajdodlari hisoblanadilar. Ushbu elatlar yashagan hududlarda o’ziga xos madaniy an’analar tarkib topa borgan. Masalan, eramizdan oldingi asrning birinchi yarmida qadimiy davlatlar: Baqtriya va So’g’diyona, Marg’iyona, Xorazm, Parkana, Parfiya kabi o’lkalarda xalq xo’jaligining turli sohalarida rivojlanish va taraqqiyot ro’y bergan. Eramizdan oldingi IX-VI asrlarda paydo bo’lgan Ahmoniylar, eramizdan avvalgi III asr o’rtalarida tashkil topgan Grek-Baqtriya, eramizning I asrida tashkil topgan Kushonlar, eramizning V asrda yuzaga kelgan Eftalitlar, so’ngra Sosoniylar va nihoyat Turk hoqonligi davlatlarida ijtimoiy madaniyat yuksala bordi. Ajdolarimiz tomonidan qo’lga kiritilgan qadimiy madaniyati tarkibidan ta’limtarbiyaga oid merosi ham alohida o’rin olgan. Zero, hozirgi turkiy va forsiyzabon xalqlarning bizgacha yetib kelgan muhim arxeologik topilmalari, tarixchilar, adabiyot va san’at namoyandalarining ijodiy merosi, san’at va adabiy asarlarning namunalari buning dalilidir. Bunday muhim manbalar sirasiga yunon olimlari Gerodot, Suqrot, Plutarx, Polienlarning tarixiy, geografik hamda axloqiy asarlari, allomalarimiz Abu Rayhon Beruniy, Mahmud Qoshg’ariy, faylasuf, sharqshunos va tarixchi olimlar: ye.E.Bertels, S.P.Tolstov, V.V.Braginskiy, I.M.Mo’minov, B.Gafurov, I.V.Stebleva, A.O.Makovelskiy, Y. Jumaboev, M.IShoqov, adabiyotshunoslar A.Qayumov, N. Mallaev, N.Rahmonov, pedagog-olimlar O’.Aleuov, M.Orifiy va boshqalar tomonidan olib borilgan tadqiqotlar kiradi.

    • Eng qadimgi madaniy boyliklarimizni o’rganishda quyidagi uch guruhga ajratilgan manbalarga tayanamiz: 1. Arxeologik qazilmalar natijasida topilgan ko’rgazmali ashyolar. 2. Xalq og’zaki ijodi materiallari hamda yozma manbalar. 3. Buyuk adiblar, allomalarning ijodiy merosi. Ma’lumki, ibtidoiy kishilar mehnat faoliyati jarayonida o’z ehtiyojlarini qondirgan va bu jarayon yosh avlodda ham mehnat qilish, amaliy faoliyatni yo’lga qo’ya olish borasidagi nazariy bilim, ko’nikma va malakalarni hosil qilishga zamin hozirlagan. Mehnat faoliyatini tashkil etish jarayoni dastlabki paytlarda butun ijtimoiy hayotni yo’lga qo’yish negizida amalga oshirilgan bo’lsa, keyinchalik tarbiya inson faoliyati asosiy jihati, ijtimoiy ongni shakllantirishning muhim omiliga aylandi.


    http://fayllar.org
    Yüklə 7,21 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   2




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin