Pedagogika va ijtimoiy ish


ASOSIY TUSHUNCHALARNING IZOHLI LUG’ATI



Yüklə 3,15 Mb.
səhifə175/219
tarix13.12.2023
ölçüsü3,15 Mb.
#176068
1   ...   171   172   173   174   175   176   177   178   ...   219
Pedagogika va ijtimoiy ish

ASOSIY TUSHUNCHALARNING IZOHLI LUG’ATI


Avtokratlik hokimlik, kishining buyruqbozlik, ko’rsatmalar berish va jazolash kabi shakllarda boshqalarga (masalan, o’qituvchining talabaga) nodemokratik usullardan foydalangan holda ta’sir etishga moyilligi.
Agressivlikdushmanlik, boshqalarga, atrofdagilarga zarar etkazish, tajovuz qilish, noqulaylik tug’dirish maqsadini amalga oshiruvchi shaxsning xususiyati.
Dolzarblashtirishshaxsdagi mavjud bilim, malaka va ko’nikmalarni turli axloqiy shakllar va hisssiy holatlarni qayta ishlab chiqish va ularni botiniy holatdan zohiriy harakatlarga aylantirish.
Aksiologiya – qadriyatlar to’g’risidagi falsafiy ta’limot, aksiologik qadriyatlar mohiyati.
Aksiologik yondashuv – insonparvarlik pedagogikasiga xos bo’lgan xususiyat, bunda inson ijtimoiy qadriyat va jamiyat rivojlanishining provard maqsadi sifatida qaraladi. Aksiologik tafakkur o’zaro aloqadagi ham o’zaro harakatdagi dunyo kontseptsiyasiga asoslanadi.
Amaliy tadqiqotlar – pedagogik jarayonning ayrim jihatlarini chuqur o’rganishga qaratilgan ishlar, pedagogik amaliyot qonunlarini ochish.
Anketalashtirish – anketa yordamida ijtimoiy, iqtisodiy, demografik, psixologik pedagogik va boshqa tadqiqotlar uchun dastlabki materiallarni yig’ish jarayoni.
Antropologiya – odamning biologik tabiatini har tomonlama o’rganuvchi fan.
Assimilyatsiya – yangi sharoitda tayyor malaka va ko’nikmalardan jiddiy o’zgarishsiz foydalanish
Autotrening – o’zini-o’zi ishontirish, shaxsning o’zini-o’zi boshqarishga qaratilgan maxsus mashqlar to’plami. Autotreningdan shaxsning o’z ruhiy holati va xulqini boshqarishda foydalaniladi.
Axborotli malaka – ta’lim va tarbiya masalalariga axborotlarni moslashtirish va talqin qilish malakasi.
Axloq – shaxsning jamiyatga va boshqa kishilarga nisbatan burchini belgilab beruvchi me’yorlar tizimi, ma’naviy xulq qoidalari, u ijtimoiy ong shakllaridan biridir.

Yüklə 3,15 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   171   172   173   174   175   176   177   178   ...   219




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin