Tadqiqot maqsadi: Psixologiya fanlarni o‘qitishda ko‘rgazmali metodlardan foydalanishning mazmuni va texnologiyasini takomillashtirish.
Tadqiqot vazifalari:
Tadqiqot mavzusiga oid ilmiy-pedagogik adabiyotlarni, ilmiy ishlarni o‘rganish asosida psixologiya fanlarni o‘qitishda ko‘rgazmali metodlardan foydalanishning mazmunini yoritish;
Psixologiya fanlarni o‘qitishda ko‘rgazmali metodlardan foydalanishning o‘ziga hosliklarini tahlil qilish;
Psixologiya fanlarni o‘qitishda ko‘rgazmali metodlardan foydalanishning samarali yo‘llarini aniqlash.
Psixologiya fanlarni o‘qitishda ko‘rgazmali metodlardan foydalanishga oid ilmiy - amaliy tavsiyalar ishlab chiqish.
Tadqiqot obyekti: Psixologiya fanlarni o‘qitishda ko‘rgazmali metodlardan foydalanish jarayoni
Tadqiqot predmeti: Psixologiya fanlarni o‘qitishda ko‘rgazmali metodlardan foydalanishning mazmuni
Tadqiqotning ilmiy amaliy ahamiyati: Tadqiqot mavzusiga oid ilmiy-pedagogik, pedagogik adabiyotlarni, ilmiy ishlarni o‘rganish asosida [sixologiya fanlarni o‘qitishda ko‘rgazmali metodlardan foydalanish ning mazmunini yoritish asosida metodik tavsiyalar ishlab chiqish
I BOB. PSIXOLOGIYA FANLARNI O‘QITISHDA KO‘RGAZMALI METODLARNI QO‘LLASHNING ILMIY-NAZARIY ASOSLARI
1.1-§ Psixologiya fanlarni o‘qitishda ko‘rgazmali metodlardan foydalanish muammosini adabiyotlarda o‘rganilishi
O’zbekiston Respublikasi inson huquqlari va erkinliklariga rioya etilishini, jamiyatning ma'naviy yangilanishini, ijtimoiy yo’naltirilgan bozor iqtisodiyotini shakllantirishni, jahon hamjamiyatiga qo’shilishni ta'minlaydigan demokratik huquqiy davlat va ochiq fuqarolik jamiyati qurmoqda. Inson, uning har tomonlama uyg'un kamol topishi va farovonligi, shaxs manfaatlarini ro’yobga chiqarishning sharoitlarini va ta'sirchan mexanizmlarini yaratish, eskirgan tafakkur va ijtimoiy xulq-atvorning andozalarini o’zgartirish respublikada amalga oshirilayotgan islohotlarning asosiy maqsadi va harakatlantiruvchi kuchidir. Xalqning boy intellektual merosi va umumbashariy qadriyatlar asosida, zamonaviy madaniyat, iqtisodiyot, fan, texnika va texnologiyalarning yutuqlari asosida kadrlar tayyorlashning mukammal tizimini shakllantirish O’zbekiston taraqqiyotining muhim shartidir. Rеspublikamizda yuz bеrayotgan tub o`zgarishlar psixologik bilimlardan mutaxassislar tayyorlashda unumli foydalanishni taqozo etmoqda. Davlatimiz tomonidan ishlab chiqarilgan “Ta'lim to`g`risidagi qonun”, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” singari hujjatlarni amaliyotga tatbiq etish uchun bo`lg`usi mutaxassislarni davr talabiga binoan tayyorlash muammosini kun tartibiga kiritmoqda. Xuddi shu bois psixolog kadrlar tayyorlash sifatini oshirish uchun mutaxassislarni psixologik bilimlar bilan qurollantirish ijtimoiy zarurat bo`lib hisoblanadi. Shuni alohida ta'kidlab o`tish joizki, fanlarni o`qitish texnologiyasi murakkab o`quv prеdmеtlari qatoriga kirib, kеng ko`lamdagi ma'lumot umumlashmasini hamda sintеtik aqliy faoliyat majmuasini o`zida mujassamlashtiradi. Hozirgi davrdagi psixologiya fanida yuz bеrayotgan mеtodologik o`zgarishlar, dialеktikani chеklanganlik xususiyati, nеosfеraviy aloqalarni aks ettirish jarayoniga ta'siri, bеtartib harakatlarning borliqdagi roli masalalari psixologiya o`qitish mеtodikasi fani prеdmеtini qaytadan tahlil qilishni talab qiladi. Xuddi shu sababdan ob'еkt-sub'еkt, sub'еkt-sub'еkt munosabatlarining psixologik mеxanizmlarini atroflicha ochib bеrishni, shuningdеk, ta'sirlanishning o`ziga xos xususiyatlarini yoritishni, aniq, ishonchli dalillar kеltirishni muayyan darajaga ko`tarishi lozim.
O'qitish maqsadlari va o'quv fani mazmuni har doim ham o'zaro bog'liqdir. Fanning mazmuni bari-bir borib o'quv maqsadlarini tarkib topishiga turtki bo'ladi. Psixologiya o'qitish maqsadlari gumanitar fan sifatida uning mazmuni, xususiyatlari bilan belgilanadi. Psixologik idrok etishning o'ziga xosligini har doim ham gumanitar bilim sohasi bilan bog'lamaydilar. Bu borada boshqa nuqtayi nazarlar ham mavjud. Ular psixologiyani birinchi navbatda tabiiy, biologik yoki bioijtimoiy fan sifatida talqin etilishi natijasida, psixologiya fani haqidagi tortishuvlardan ancha aniq ifoda etilgan. V.Ya.Lyadus fikricha, psixologiyani ijtimoiy — tarixiy fan sifatida talqin etish kerak, bu esa uning tarkibidagi tadqiqotlar tabiiy fanlar usullarini rad etmaydi. Ammo uning asosiy mohiyatida ijtimoiy fanlar va gumanitar idrok etish usullari o'ynaydi. Gumanitar idrok etish - ilmiy idrok etishning alohida turi, bo'lib tabiiy fanlarga o'xshash o'rganilayotgan obyektga subyektning boshqacha munosabatini ko'zda tutadi. Gumanitar idrok etishning diqqat markazida buyumlar boidi. Shuningdek, u quyidagicha izohlanadi. Shaxs emas, subyekt - obyekt emas, subyekt — subyekt munosabatlari bo'ladi deb ta'kidlaydi M.Vaxtinning fikricha, buyumni idrok etish va shaxsni idrok etish — ikki har xil narsalardir. Buyumni bir tomonlama subyektni oxirigacha idrok etiladi. Shaxs idrok etiluvchi sifatida idrok etish «aniqligini», talab etmaydi, balki «kirib borishni» talab etadi. Idrok etish — anglanganlik har doim ham ikki tomonlama harakat. Idrok etuvchi subyekt — idrok etiluvchi subyekt munosabatlari — dialogdan iborat. Dialog esa vaziyatda boiadigan ko'rinishlarinigina ko'rsatishni ko'zda tutmay, kontekstlari tugatilmas turlarida berilgan ma'nolarini ham ochib berishni ko'zda tutadi. Shuning uchun dialogning oxiri yo'q, chunki haqiqiy tushunish tarixiylik va shaxslashtirilgan. Bu holat gumanitar tushunchada aniqlik va tushunish ko'rsatkichlariga tabiiy fanlar ko'rsatkichlaridan farqli o'ziga xoslikni beradi. Gumanitar idrok etishning aniqligi (identifikatsiya) bir xilligini aniqlashdan iborat emas, balki «begonani xuddi o'zinikiga o'xshatmay begonaligini» yengib o'tishdir, ya'ni idrok etuvchi va idrok etilayotganning o'zaro bog'liqligiga, kirib borganligi darajasidan iboratdir. 135 Psixologiyada o'qitish xususiyatlarini tushunishda muhim bo'lgan gumanitar idrok etishning yana bir xislati bu psixologik idrok etishning prinsipial ravishda geterogenligidir va ko'p jihatdan rasmiylashgan faqatgiria ilmiy — nazariy, mantiqiy fikrlashni nazarda tutib qolmay, balki obrazli, badiiy, tasviriy, hayoliy, ko'rgazmali — amaliy fikrlashni ham ko'zda tutadi. Gumanitar idrok etish xususiyatlaridan kelib chiqib quyidagi tarzda psixologiya o'qitish maqsadlarini mutaxassis — psixologlar va pedagogik faoliyatida o'qitish tizimida psixologiyani o'rganuvchilar uchun ham belgilanishi mumkin. Psixologiyani o'qitishdan maqsad — odamlarning hayot faoliyatida ularning o'zaro aloqa munosabatlarini o'rnatish, bilish usullarini nazariy va amaliy egallab olishdir. Psixologik idrok etishning xususiyati bilim va harakatlari birligidan iboratdir. Shuning uchun ikki tomonga yo'nalgan ya'ni — o'ziga va boshqa odamlarga yo'nalgan harakatlar usuliga ega bo'lmagan nazariy idrok etish — bu ilmiy psixologik bilim emas, psixologik idrok etish va harakatlar usullari o'zini anglash birligiga erishish maqsadida amalga oshiriladi. Psixologiya fanini o'qitish faqatgina boshqa odamlar xulqi va fikrlash usulini qayta o'zgartirish, balki o'zini qayta tashkil etish mahoratini egallashga ham yo'naltirilgan. Psixologiya o'qitish metodikasining maqsadi shaxsni idrok etish munosabatlari va ularni qayta o'zgartirish usullarining birlashib ketganligi bilan belgilanadi. Albatta, bu maqsadga butun boshqa maqsadlar tizimini amalga oshirish bilan erishiladi. Bundan tashqari, u insonparvarlik tarbiyasi maqsadlari — dunyoqarashni shakllantirish, jamiyat qurilishida shaxsning amaliy yo'nalganligi bilan bog'liq mutaxassisni o'qitishning ancha dolzarb maqsadlari tizimiga kiritilgan.
Psixologiyani o'qitish jarayonida ishlab chiqilgan qonuniyatlar asosida metodika fan sifatida belgilandi. Metodika o'zining o'rganish obyektiga ega bo'lib u psixologiyaning tarbiyalovchi .va rivojlantiruvchi o'qitishning barcha masalalarini qamrab oladi. Uning boshqa o'quv fanlari metodikalaridan farq qiluvchi jihati psixologiyani o'rganish xususiyatlari, sabablari o'ziga xosliklari mavjud bo'lib shunga bog'liq ravishda o'qitish usullari qo’llaniladi. Fan o'zining kashf etgan qonuniyatlari asosida hodisalarning bog'liqlik sabablarini tushuntirib beradi va shu bilan bu hodisani ma'lum sharoitlarda deyarli takrorlash imkonini beradi. Metodikada bunday qonuniyatlarga quyidagilami kiritish mumkin:
• psixologiya o'quv materiallari tuzilishi va mazmunida fanlarni birlashtirib olib borish;
• ko'nikma va mahoratlarini asta-sekin rivojlantirib borib o'quvchilar, talabalarning anglab yetgan mustahkam bilimlarni egallashlari;
• o'quv materialining asosiy roli va dars berishning shakl va usullari unga mos kehshi;
• o'qitish jarayonida tarbiyaning barcha tomonlarini bir-biriga bog'liqligi;
• dars o'tish jarayonining yaxlitligi va tizimliligi.
Ana shu qonuniyatlar asosida psixologiya o'qitish metodikasida tarbiyalovchi funksiyasining umumiy tizimi aniqlandi, ular quyidagilardan iborat:
• psixologik tushunchalar tizimi;
• o'qitish usullari tizimi;
• psixologiyani o'qitish jarayonida tarbiya va ta'limni rivojlantirish tizimi;
• o'quv ishlarining shakli, tizimi;
• dars o'tishning moddiy bazasini yaratish bilan bog'liq tizimi.
Didaktik tamoyillar yoki o'qitish tamoyili o'qitish maqsadlari va o'quvchilarning o'rganish faoliyati qonuniyatlari bilan uzviy bog'liqdir.T.A.Ilina o'qitish tamoyillaridan quyidagilarini ko'rsatadi:
1. Ko'rgazmalilik tamoyili.
2. O'quvchilarning o'qishda ongliligi va faolligi tamoyili.
3. O'qitishning tushunarlilik tamoyili.
4. O'qitishning ilmiyligi.
5. O'quvchilarning individual xususiyatlari va yoshini hisobga olish tamoyili.
6. Muntazamligi va izchillik tamoyili.
7. Bilimlarni mustahkam egallash tamoyili.
8. Ta'limning hayot bilan bog'liqligi tamoyili.
9. O'qitish jarayonida tarbiyalash tamoyili.
Oliy va o'rta maktabning zamonaviy didaktik tamoyillari (L.D.Stolyarenko bo'yicha):
1. Rivojlantiruvchi va tarbiyalovchi ta'lim.
2. Ilmiyligi va tushunarliligi, yoshga bog'liqligi.
3. O'qituvchining rahbarlik roli ostida o'quvchilarning ongli va ijodiy faolligi.
4. Ko'rgazmaliligi va ijodiy fikrlashini rivojlanishi.
5. Ta'limning tizimliligi va muntazamliligi.
6. O'qitishda mustaqil ta'lim olishga yo'naltirish.
7. Ta'limning hayot va kasbiy faoliyat amaliyoti bilan bog'liqligi.
8. O'quvchilarning o'qitish natijalari va idrok etish qobiliyatlarini rivojlanishining mustahkamligi.
9. O'qitishning ijodiy hissiy ta'siri:
10.O'qitishning jamoatchilik xususiyatlari va o'quvchilar individual xususiyatlarini hisobga olish.
11. Ta'limni insonparvarlashtirish va ijtimoiylashtirish.
12. Ta'limni kompyuterlashtirish.
13.Ta'limning integrativligi, fanlar o'rtasidagi bog'liqliklarni hisobga olish.
14.Ta'limning inovatsionligi.
Eng muhim didaktik tamoyillar:
• ta'lim ilmiy va dunyoqarash xarakteriga ega bo'lishi;
• ta'limni muammolilik xususiyatiga ega bo'lishi;
• ta'lim ko'rgazmali bo'lishi;
• ta'lim faol va ongli bo'lishi;
• ta'lim tushunarli bo'lishi;
• ta'lim muntazam va ketma-ket tartibda bo'lishi;
• o'qitish jarayonida ta'limda, o'quvchilarni rivojlantirish va tarbiyalashni uzviy birlikda amalga oshirib borish.
Metodika amaliy tekshirib ko'rilgan ilmiy nazariyani beradi, ukuchni tejab sarflash va o'quv vaqtidan to'g'ri foydalanish orqali o'qitishga imkon beradi. Metodika ta'lim va tarbiya maqsadlarini tushunib yetish, bu maqsadlarga olib boruvclii butun pedagogik jarayonni ko'ra olishni, dars berishning eng samarali va qulay shaldlari, metodlari va vositalarini egallab olishga imkon beradi.
Pedagogik iristitutlarning talabalari psixologiyada psixikaning haqiqatdan aks ettirishi mohiyati ularning reflektorlik asosi haqidagi asosiy qoidalarini o'zlashtirib olishlari, ularda ilmiy dunyoqarashni shakllanishining asosi bo'hb xizmat qiladi. Psixik hodisalar ularning rivojlanishi va o'zaro bog'liqliklarini ko'rib chiqib talabalarni tanqidiy fikrlashga o'rganib qoladilar. Psixik hodisalarni to'g'ri ilmiy tushunishga erishish orqali psixologiya o'qituvchisi talabalarga diniy, xurofotlardan, psixikani manfaatparastlik qarashlaridan ozod bo'lishiga yordamlashadi. Psixologiya mashg'ulotlarida bayon etiladigan ilmiy qoidalar o'qituvchi tomonidan rasmiy e'lon qilinmasligi va talabalar tomonidan mulohaza qilmay to'g'ridan-to'g'ri qabul qilinishi kerak emas. Psixologiya o'qituvchisi talabalarni fanning asosiy qoidalari haqiqiyligiga ishontirishi uchun yetarlicha amaliy materiallarga ega bo'lishi lozim. Shu bilan birga nazariy qoidalarni to'g'riligini isbot etuvchi va talabalarning inson psixikasi qonuniyatlarini chuqur tushunishlariga yordam beruvchi tajriba psixologik tadqiqotlarning aniq ma'lumotlarini tanlab olishi muhimdir. Psixologiya o'qituvchisi talabalar va o'quvchilar olayotgan psixologik bilimlar abstrakt va rasmiy bo'hb qolavermasliklari, ularning bo'lajak pedagogik faoliyatlarida qo'llanma, ishonchga aylanishiga intilishi kerak. Bunday ahamiyatlilikni kasb etishining asosiy sharti inson o'z tajribasi orqali olgan bilimlarini tekshirib chiqishi, mustaqil o'ylab olishi, idrok etayotganini boshdan kechirishi va unga nisbatan o'z munosabatini aniqlab qolishi kerak. Aynan shuning uchun talabalarning mustaqil ishlari, inson psixik faoliyati haqida ma'lumotlar to'plashlari, ularni tahlil qilish va tushuntirishlari uchun muhim ahamiyatga ega. Talabalarda ilmiy, nazariymustaqil materialistik dunyoqarashni shakllantirish uchun o'qituvchi o'zining psixologik bilimlariga hissiy munosabatini yaqqol ifoda etilganligi, bayon etilayotgan nazariy qoidalarini haqiqiyligi, to'g'riligiga ishonishi juda muhim hisoblanadi. O'qituvchining bunday munosabati talabalarda fanga qiziqishni oshiradi, psixologik bilimlarni egallab olish va ularni mustaqil kengaytirishga intilishlariga sabab bo'ladi. O'qituvchi fanning zamonaviy holatini va hozirgi davrda psixologik tadqiqotlarlardan to'la xabardor bo'lishi, o'quvchilarda yuzaga keladigan savollarga javob bera olishi muhimdir. Talabalarda dunyoqarashni shakllantirish bo'lajak o'qituvchi shaxsining ma'naviy xislatlarini tarbiyalash bilan uzviy bogiiqdir. Shaxs muammosi psixologiya kursida markaziy o'rinni egallaydi. Shaxsning shakllanishi jarayonida barcha psixik hodisalar yuzaga keladi va shaxs yaxlitligi ko'rinishi sifatida qaraladi. Psixologiya talabalariga inson ichki dunyosi ya'ni yo'nalganlik, xarakteri, qobiliyatining shakllanish sharoitlari haqida ma'lumotlarni beradi.
Dostları ilə paylaş: |