Pedagogika va psixologiya fakulteti “umumiy pedagogika”


Birinchi bob yuzasidan xulosa



Yüklə 138,75 Kb.
səhifə4/10
tarix07.01.2024
ölçüsü138,75 Kb.
#207379
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
ko\'rgazmali vizual metod

Birinchi bob yuzasidan xulosa
Psixologiya o’qitish jarayonida muammoli vaziyatlarni yuzaga keltirish (masalan, mustaqil fikrlashning asosiy omillariga tavsif bera olasizmi?) mumkin. Ushbu vaziyatni yaqqollashtirish uchun “Fikrlovchi insonning psixologik portretini hamda jismoniy tuzilishini ko’z o’ngingizga keltiring, uni tasavvur qiling” degan yo’llanma berishning o’zi kifoya. Murakkab topishmoq shaklidagi testlarni talabalar ixtiyoriga yo’naltirish ham yaqqollikni yuzaga keltirishda muhim ahamiyat kasb etadi, jumladan, vaziyat mana bunday ko’rinishga ega: Skameykada bir yigit bilan bir qiz hordiq chiqarib o’tirgan ekan, yo’lovchi qizdan bu kim deb savol bilan murojaat qilganida, u shunday javob qaytaribdi: “Bu yigitning onasi mening onamning qaynonasi”. Muammo o’z echimini kutadi, qiz kim bilan o’tirgan ekan?
Xulosa o‘rnida aytish mumkinki, psixologiya o’qitishda har xil xususiyatli ko’rgazmaliliklardan foydalanish talabalar faolligini jonlantiradi, oldingi bilimlarni esga tushiradi, borliq to’g’risidagi tasavvurlarini qayta esga kelishiga imkon yaratadi. Lekin har bir narsaning me’yori mavjud bo’lgani singari ko’rgazmalilik ham an’anaviy, odatiy holat yoki voqelikka aylanib qolmasligi darkor, aks holda mavhum tushunchalarni o’zlashtirishda muayyan qiyinchiliklar tug’ilishiga olib kelishi mumkin. Buning uchun o’qituvchi o’zining faoliyat rejasida ma’lum belgilar va chizg’ilarni aks ettirishi oliy maktab ta’lim tizimini takomillashtirish yo’lida xizmat qilishiga hech shubha yo’q.


II BOB. PSIXOLOGIYA FANLARNI O‘QITISHDA KO‘RGAZMALI METODLARNI QO‘LLASHNING AMALIY TEXNOLOGIK TIZIMI


2.1-§ Psixologiya fanlarni o‘qitishda ko‘rgazmali metodlardan foydalanishning asosiy yo‘nalish va ko‘rsatkichlari


O'qitish shakli — bu o'qituvchi va o'quvchilaming bilim olish davomidagi uyushtirilgan o'zaro aloqalaridir. Adabiyotlarda quyidagi o'qitish shakllari ko'rsatiladi: frontal, individual, guruhli, sinfda — dars paytida, kechki (hamda shunday shakllari ham mavjudki dars, ekskursiya, seminar, ma'ruza, amaliy mashg'ulot, ishlab chiqarish amaliyoti, imtihonlar, maslahat). Metodni shakldan farq qiladigan asosiy ko'rsatkichi bilim olish usuli ko'rsatilganligi va o'quvchining o'zi ishtirok etishga bogiiqligidir.
Har qanday usuldan foydalanishda ham o'qituvchi o'quvchilar nutq madaniyatiga katta e'tibor beradi. Ayniqsa, so'zli usullarda uning rivojlanishini ko'zda tutish juda muhim. O'quvchilarga beriladigan savollar asta-sekin murakkablashtiriladi. O'quvchilar avvaliga qisqacha, keyin esa keng javob berib, mustaqil ravishda taqqoslaydilar, xulosa chiqaradilar, mulohazalarni bayon etadilar. Keyinchalik o'quvchilar ilmiy mavzularda qisqacha xabarlar va hisobotlar bilan ishtirok etishga o'rgatiladilar.

Yüklə 138,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin