Pedagogika va psixologiya fakulteti “umumiy pedagogika”


-§ Psixologiya fanlarni o‘qitishda ko‘rgazmali metodlarni qo‘llashning o’ziga xosliklari



Yüklə 138,75 Kb.
səhifə3/10
tarix07.01.2024
ölçüsü138,75 Kb.
#207379
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
ko\'rgazmali vizual metod

1.2-§ Psixologiya fanlarni o‘qitishda ko‘rgazmali metodlarni qo‘llashning o’ziga xosliklari

Inson tomonidan borliqni bilishning turli yo’llari, vositalari mavjud bo’lishiga qaramasdan, bu o’rinda ko’rgazmalilik, yaqqol alohida ahamiyat kasb etadi. Ma’lumki, tevarak- atrofni, umuman olganda borliqni bilish insonlar to’g’risida muayyan ma’lumotlarni egallash va tasavvurlarni hosil qilish dastavval yaqqol ko’zga tashlanadigan, tashqi ko’rinishi bilan o’ziga tortuvchi jozibador, maftunkor ko’rgazmali hissiy yo’l bilan aks etuvchi narsalar, obrazlar yoki timsoliy tuzilishga ega bo’lgan jismlarni in’ikos ettirishdan boshlanadi, hissiy obrazlarni idrok qilish ulardagi yangiliklarni yangi ko’rinishi: alomati rang-barangligi singari unsurlarga ahamiyat berishda namoyon bo’ladi. Tuzilishi jihatidan murakkab, mazmun va mohiyatan mavhum bilimlarni ilmiy tushunchalar va atamalar ma’nosini engilroq tarzda tushunish maqsadida odamlar ularni o’zlashtirish uchun yaqqollashtirish uslubini tatbiq etishga odatlanganlar. Ushbu ijtimoiy voqelik (realiya) hodisa bir tomondan ularni tasavvur qilish yoki anglashni tezlashtiradi, ikkinchi tomondan esa aqliy zo’r berishlikni shaxsiy faollik darajasini susaytiradi. O’z o’zi ayonki, bilishda bunday ruhiy jarayonni shaxs tomonidan uzluksiz takrorlayverishi salbiy oqibatlarga olib kelishi xuddi shu boisdan ilmiy mavhum bilimlar bilan yaqqol hissiy obrazli narsalar, hodisa yoki holatlarni idrok qilish o’rtasida doimo nisbiy mutanosiblik bo’lishidan tashqari, birining ikkinchisi ustidan (yaqqollik bilan mavhumlik nazarda tutiladi) ustuvorligi ortib ketishiga ham ahamiyat berish maqsadga muvofiq. Avvalo mavhum bilimlar o’zining murakkabligi bilan talabani tezroq toliqtirsa, bundan farqli o’laroq yaqqol hodisalar tashqi alomati mujassam ob’ektlar aqliy sustkashlikni kuchaytiradi. SHuning uchun bu voqelikka oqilona odilona va omilkorlik bilan yondashish tufayli faqat zaruriyat tug’ilgan taqdirdagina ularning bittasiga muvaqqat davr oralig’ida kuchliroq e’tibor berilsagina fanlarni o’qitishni takomillashtirishga xizmat qiladi, xolos. Aksariyat hollarda o’qitishning u yoki bu bosqichida (o’rta va oliy ta’lim tizimi nazarda tutiladi) har ikkala ijtimoiy psixologik hodisadan unumli foydalanish, ularga birlamchi yoki ikkilamchi darajali narsa sifatida qaramaslik-ta’lim jarayonining sifatini oshirishga ijobiy ta’sir etadi.


Borliqni in’ikos etishda mavhumlik bilan yaqqollik o’rtasida o’zaro izchil uyg’unlikni yo’lga qo’yish, o’z navbatida psixologiya tarmoqlarini o’qitishni zamonaviy tashkil qilishni ta’minlaydi, chunki bu voqelik ijtimoiy-tarixiy taraqqiyotning mezoni ekanligi sababli chin haqiqatning ifodasidir.
Hozirgi zamon psixologiya fani sohalari bo’yicha materiallarni umumlashtirishning ko’rsatishicha, psixologiya o’qitish uslubiyati nuqtai nazaridan ta’limda ko’rgazmalilik bir nechta ko’rinishga ajratiladi. Bunda jinsiy diformizmga (erkak va ayolga mansublik xislatiga) va shaxslarga gender (jinsning genezis asoslariga binoan yondashishga) munosabatga alohida ahamiyat berish o’qitish samaradorligini oshirishga puxta zamin hozirlaydi.
SHuning uchun oliy maktabdagi ko’p yillik o’qituvchilik tajribasiga asoslangan holda o’quv materiallarini o’zlashtirish jarayonida ularni bevosita idrok etish alohida ahamiyat kasb etadi. Ushbu muammoga genetik jihatdan yondashsak, mavhum tushunchalarga nisbatan yaqqollashtirilgan materiallar osonroq idrok qilinadi. Dastavval ijtimoiy-tarixiy taraqqiyotning ko’rsatishicha, kishilik dunyosida bilish jarayoni tevarak-atrofni amaliy jihatdan inson tomonidan o’rganish tariqasida namoyon bo’lganligi tufayli o’zining qadr-qiymatini saqlab kelmoqda.
Ta’lim jarayonida yaqqol tasavvurlik, tasviriy ko’rgazmalilik, “Jonli mushohada”lik materiallarining o’rni nihoyatda muhimdir. Ma’lumki, o’zlashtirilgan o’quv materiallarining aksariyat qismi hissiy tana a’zolarimiz (organizm) tomonidan aks ettiriladi. SHuning uchun talabalar bilimlarni turli vositalar, usullar yordami bilan egallash paytida yaqqol narsalar, obrazlar, hodisalar, holatlar va jismlarni yoki ularning ramziy tasvirini kuzatish natijasida yaqqol tasavvur obrazlarini yaratdilar. Psixologik nuqtai nazaridan ko’rgazmalilik tabiiy-jismli (predmetli), tasviriy va jonli nutq yoki “jonli mushohada” turlariga ajratiladi.
Psixologiya fanini o’qitishda yangi mavzular auditoriyada qisqa muddatli tajriba o’tkazish yoki ba’zi ob’ektlarga sayohat (ekskursiya) uyushtirish bilan bog’liq ravishda olib borilsa, u holda ko’rgazmalilikning yaqqol tabiiy ko’rinishiga asoslanilgan bo’linadi. Mazkur holat psixologik o’quv materiallarini talaba tomonidan puxta va tez o’zlashtirish uchun keng imkoniyatlar yaratadi. Bundan tashqari, tajriba maydonlarida, o’quv laboratoriyalarida, jonli burchaklarda (zoopsixologiya kursi bo’yicha) o’tkaziladigan mashg’ulotlar ham shularning jumlasiga kiradi.
Tasviriy ko’rgazmalilik rasmlar, mulyajlar, kinokartinalar, chizmalar, jadvallar, sxemalar, grafiklar, diagrammalar, kartinalar, texnika vositalari, kompyuter imkoniyatlari va boshqalar ramziy belgi (alomat, tasvir) turli apparatlar orqali namoyon qilinadi.
Jonli nutq ko’rgazmaliligida o’qituvchi talabalarda yaqqol tasvirlar va obrazlarni uyg’otadigan yorqin, jonli iboralardan foydalanadi. Jonli nutq ko’rgazmalilik sifatida qadim zamonlar qo’llanib kelinayotganligi hammaga ayon. O’qituvchining auditoriyada o’zining fan sohalariga taalluqli bilimlarini talabalarning ongiga singdirishda asosiy ta’lim vositasi sifatida jonli nutqdan foydalanish an’anaviy tus olgan. Nutqning o’ziga xos xususiyatlari, mexanizmlari, artikulyatsion apparatlari, namoyon bo’lishining o’ziga xosligi, youning tempi (sur’ati), tembri, chastotasi, ovoz toni kabi jabhalari uni qabul qilishni maqsadga muvofiq tarzda amalga oshishni ta’minlaydi. Nutqda bevosita ishtirok etuvchi, noverbal tomonini mujassamlashtiruvchi paralingvistik, ekstralingvistik, proksemik ko’rinishda aks etadi.
1. Paralingvistika o’z ichiga quyidagilarni qamrab oladi: tovush yoki ovozning shiraliligi, uning diapazoni (ko’lami) va balandligi, insonning bir-biriga yuzma-yuz tikilishi kabilar.
2. Ekstralingvistika: nutq tempi (sur’ati), tembri, chastotasi, ritmikasi, imo-ishora, mimika, pantomimika.
3. Proksemika: ko’z bilan aloqa o’rnatish, fazo va vaqt mujassamlashuvi, tana a’zolarining harakatlari, ko’zning rang-barang harakatlari va hokazo.
Nutqning noverbal ko’rinishlarida o’qituvchining foydalanishi bir davrning o’zida muayyan izchillik kasb etib, muallim bilan talabalar hamkorlik faoliyatini mahsuldor tarzda amalga oshirilishiga safarbar qilinadi.
Oliy ta’lim jarayonida jonli nutqning ko’rgazmalilik tarzda aks ettirilganda quyidagi materiallardan foydalanish maqsadga muvofiq:
sessiya talaba uchun tog’dek og’ir yuk;
xabardan talabaning qalbi yorishib, vujudida chiroq yoqqanday kechinma paydo bo’ldi;
milliy xususiyatdan biri-bag’rikenglikdir;
aqlning qudrati-jahonni titratadi;
aql bilan jahonni zabt etish, so’z sehri bilan dushmanni mag’lub qilish mumkin.
Zamonaviy ta’limotga binoan aqliy taraqqiyot ta’limni o’z ketidan etaklaydi (oliy ta’lim nazarda tutiladi),
Komillik – jismoniy kuch-qudrat, ma’naviy mukammallik, aqliy imkoniyatning yuksak bosqichi, omilkor sa’i-harakatlar sarasining mujassamlashuvidir,
Uni ko’rganida “rang ko’r, hol so’r” deganlariday asta g’azab otidan tushdi, aytmoqchi bo’lgan so’zlarini ichiga yutdi, ovozida mayinlik, mehribonlik, o’ta shiralilik jilolandi va hokazo.
SHuni ta’kidlash joizki, o’qituvchining jonli nutqi shunday ko’rgazmalilikni o’zida mujassamlashtiradiki, qachonki ovozning shiraliligi, uning diapazoni (ko’lami) va balandligi (avji) teran tarzda talabalar idrok maydonida o’ziga xos ta’sirchan ob’ekt, hissiy shijoat sifatida gavdalanish imkoniyatiga ega bo’lsa. Bu psixologik voqelik o’qituvchi bilan talabalar hamkorligini barqarorlashtirishga xizmat qilsa, shuningdek, hamkorlik faoliyati mahsuli oshishiga zamin hozirlaydi,u holda o’zaro ta’sir jarayoni uzluksizlikka aylanadi.
Modomiki shunday ekan, ta’sir o’tkazuvchanlik (interaktsiya) ijobiy his-tuyg’ular uyg’otishi, o’quv materiallarini o’zlashtirish jarayoni engil ko’chishini ta’minlanishi natijasida ham miqdor, ham sifat ko’rsatkichi o’z o’zi ortadi. O’qituvchi bilan talabalarning chehralari o’zaro ro’paro’ kelsa, o’zaro yuzlashsa va bu hodisa qadriyat vazifasini bajarsa, hamkorlikni faollashtirishga turtki (motiv, motivatsiya) bo’lsa, u holda ta’limiy ma’lumotlarni qabul qilish oson kechishi kutiladi. O’qituvchining yuz xarakatlari, rangining o’zgarishi, qoshlari chimirilishi, ko’zining katta ochilishi yoki olayishi kabi psixologik holatlar, hodisalar ro’y berishi talaba uchun noverbal nutq sifatida ta’sir etadi hamda o’z navbatida yaqqol ko’rgazmalilik rolini o’ynaydi. Ma’lumki, bunday voqeliklar kundalik amaliyotimizda tez-tez sodir bo’lib turadi.
Psixologiyaning muayyan sohalarini o’qitishda imo-ishora, mimika, pantomimika singari tashqi ifodali tabiiy ko’rgazmalilikni qo’llashi ijobiy natijalarning berishi mumkin va bunda o’qituvchidan artistlik qobiliyati talab qilinadi. Mazkur jarayonda har bir xatti-harakat, yuz va ko’z harakatlari maqsadga yo’naltirilgan tarzda ifodalanishi zarur. Imkoniyat yoki vaziyatdan kelib chiqqan holda bunday voqelikni odatiy narsaga aylantirib qo’ymaslik lozim, aks holda uning ahamiyati qadrsizlanishi shak-shubhasiz.
Psixologiya faninig sohalarini o’qitishda asosiy kategoriyalar, bo’lim va boblarning boshlari sxemalar, diagrammalar, chiziqli ifodalar ko’rinishda talabalar hukmiga havola qilinishi mavzulararo uzviylikni ta’minlashga xizmat qiladi. Masalan; shaxsning tuzilishi, tafakkur turlari, qaror qabul qilish sxemalari nafosat didiga asoslangan holda chizilgan hamda bezatilgan bo’lsa, ularni idrok qilishga ishtiyoq, mayl, intilish, qiziqish vujudga keladi. Lekin ko’rgazmalilik mohiyati va maqsadini o’ta suiste’mol qilish ham salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Bu asnoda ko’rgazmalilik uchun material tanlash ham alohida ahamiyatga ega, chunki har bir tasvir, shartli ifoda, model o’zining betakrorligi bilan ajralib turishi lozim. Ob’ektlarni takroriy ko’rsatish ularning qiymatini pasaytirishga olib keladi, talabalarda esa ehtiyoj, motiv va motivatsiya vujudga keltirishga to’sqinlik qiladi. Xuddi shu bois ko’rgazmalilik qachon va qaysi davrda, qay shakl hamda qay yo’sinda tinglovchilar hukmiga havola qilinishi uslubiy jihatdan puxta o’ylangan bo’lishi shart.
Mashg’ulotlar davomida o’qituvchi tomonidan fazoviy va vaqt o’lchovlarining havoda chizib ko’rsatishi, iliq chehraning namoyon etishi, ovozning ko’tarilishi va pasayishi, mantiqiy urg’ular, to’xtalishlar (pauza), doskadan tartibli ravishda foydalanish ham ko’rgazmalilik tarkibiga kiradi. Kitoblardan parchalar o’qish, yoddan sanalar keltirish, test, diagramma. piktogramma mohiyatini tushuntirish, hissiy kechinmalarni har xil shaklda namoyish etish o’qitishda faollikni vujudga keltiradi va o’qituvchi bilan talabalar hamkorligini shakllantiradi.

Yüklə 138,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin