UMUMIY XULOSA Ko’rgazmali metodlar asosida o‘quvchi-yoshlarni ma’naviy-axloqiy, siyoviy savodxonligini oshirishda shaxs sifatlarini tarbiyalashda doimiy o‘zgarib turadigan, jamiyat talablaridan kelib chiqib, to‘ldirilib boriladigan bir butun tizimga ega. Uning bir-biri bilan bog‘liq quyidagi tarkibiy qismlari o‘qituvchining tarbiyaviy faoliyatida muhim yo‘nalishlar bo‘lib doimo, mazmunan boyitilib boriladi:
Ko’rgazmali metodlar asosida o‘quvchi-yoshlarni ma’naviy-axloqiy sifatlarini tarbiyalashda maqsadning aniqligi. O‘zbekiston Respublikasi ijtimoiy-siyosiy mustaqilligining dastlabki yillaridayoq mamlakatimizda amalga oshirilishi ko‘zda tutilayotgan tarbiyaviy maqsad aniq belgilab olingan va o‘qituvchi zimmasiga ulkan mas’uliyat yuklangan. O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonuni hamda «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi» g‘oyalariga ko‘ra o‘qituvchiga jamiyatimiz tomonidan qo‘yilayotgan maqsad - erkin, ijodkor, mustaqil fikr egasi bo‘lgan komil inson va malakali mutaxassisni tarbiyalab voyaga yetkazishdan iborat. Ushbu maqsadga erishish yo‘lidagi asosiy vazifa-bu shaxsda umumiy madaniyat unsurlarini, ya’ni, aqliy, axloqiy, jismoniy, estetik, iqtisodiy, ekologik, huquqiy, siyosiy hamda mehnat madaniyatini tarbiyalashdan iborat.
Texnologik tizim yoki tarbiya texnologiyasi bu pedagogik metod, usul va vositalarni rejali va kutilgan iatijalarga erishishga imkon beradigan, shaxsga va jamoaga aniq tasir ko‘rsatadigan jihatlarini tanlash tizimidir. Bu tarbiyachi-o‘qituvchining o‘quvchilar amaliy faoliyatini to‘g‘ri tashkil qila olishi va boshqarishining ko‘nikma va malakalariga ega bo‘lishidir. Texnologik jarayon natijalaridan asosiy maqsad, tarbiyachi ijodiy izlanishlar tufayli, o‘quvchilar tashabbuskorligini ta’minlaydi. Tarbiyachi-o‘qituvchining o‘quvchilar o‘z-o‘zini boshqarish uyushmalari bilan hamkorlikda ishlashi bilan murakkab masalalarni hal qilish uchun vaqt ajratadi. Texnologik tizimda tarbiyaviy ahamiyatga ega tadbirlarni muvaffaqiyatli uyushtirish o‘qituvchining pedagogik mahoratiga bog‘liq. Uyushqoqlik bilan o‘tkazilgan tadbirlar o‘quvchilarning aqliy rivojlanishini, bilish tafakkurini, kasb tanlashga nisbatan qiziqishini, erkin fikrlashlarini, o‘z fikr mulohazalarini cho‘chimasdan to‘g‘ri tasavvur bilan bayon etish tushunchalarini shakllantiradi.