Pedagogika va psixologiya fakulteti “umumiy pedagogika”



Yüklə 138,75 Kb.
səhifə1/10
tarix07.01.2024
ölçüsü138,75 Kb.
#207379
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
ko\'rgazmali vizual metod


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
NIZOMIY NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
PEDAGOGIKA VA PSIXOLOGIYA FAKULTETI
UMUMIY PEDAGOGIKA” KAFEDRASI



KURS ISHI


MAVZU: PSIXOLOGIYA FANLARNI O‘QITISHDA KO‘RGAZMALI METODLAR



Bajardi:

I.Qalandarova

Ilmiy rahbar:

L.Tursunov

Toshkent – 2023


M U N D A R I J A:






KIRISH……………………………………………………………….

3

I BOB

PSIXOLOGIYA FANLARNI O‘QITISHDA KO‘RGAZMALI METODLARNI QO‘LLASHNING ILMIY-NAZARIY ASOSLARI …………………………………………………………….



6

1.1-§

Psixologiya fanlarni o‘qitishda ko‘rgazmali metodlardan foydalanish muammosini adabiyotlarda o‘rganilishi……………………….………..

6


1.2-§

Psixologiya fanlarni o‘qitishda ko‘rgazmali metodlarni qo‘llashning o’ziga xosliklari ….……………………………………………..………

12





Birinchi bob yuzasidan xulosa………………………………………….

18

II BOB

PSIXOLOGIYA FANLARNI O‘QITISHDA KO‘RGAZMALI METODLARNI QO‘LLASHNING AMALIY TEXNOLOGIK TIZIMI…………………………………………………………...….....

21

2.1-§

Psixologiya fanlarni o‘qitishda ko‘rgazmali metodlardan foydalanishning asosiy yo‘nalish va ko‘rsatkichlari …….………….…

21


2.2-§

Psixologiya fanlarni o‘qitishda ko‘rgazmali metodlardan foydalanishning shakl, metod va vositalari……………………………
Ikkinchi bob yuzasidan xulosa …………………………………………
XULOSA…………………………………………………………….…
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati………….…………....................



29
43


44
46



KIRISH
Istiqlolning dastlabki yillaridan boshlab yurtimizda yosh avlodga, uning bekamu ko‘st unib-o‘sishi va kamol topishi, hayotda o‘z o‘rniga ega bo‘lishi, Vatan ravnaqiga xizmat qiladigan barkamol inson bo‘lib voyaga yetishiga jiddiy e’tibor qaratildi. Bu borada yurtboshimiz belgilab bergan vazifalar, bildirgan takliflar asosida barcha ta’lim muassasalarida ham salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda. Bugungi kunda bilimli va iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning ma’naviy kamolotini yanada yuksaltirish davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgan. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarda yoshlarning faol ishtirokini ta’minlash, yuksak ma’naviyatli, mustaqil va erkin fikrlaydigan, zamonaviy ilm-fan yutuqlarini puxta o‘zlashtirayotgan siyosiy madaniyatga ega, har tomonlama sog‘lom va barkamol avlodni voyaga yetkazishga qaratilgan yoshlarga oid davlat siyosatini izchil amalga oshirish maqsadida davlat va jamoat tashkilotlarining takliflarini inobatga olgan holda O‘zbekiston Respublikasida oshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar Dasturi tasdiqlandi.
Mazkur dasturni ishlab chiqishdan asosiy maqsad, kelajak avlodni har tomonlama barkamol, yetuk va salohiyatli kadrlar qilib voyaga yetishishida siyosiy madaniyatni shakllantirish, ularning jamiyatdagi o‘rnini yanada yuksaltirish, ona Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash, bugungi rivojlangan jamiyatda o‘z o‘rni va so‘zini ayta oladigan mard, jasur bo‘lib voyaga yetishlarida munosib sharoitlar yaratib berish asosiy vazifa qilib belgilangan.
Qonunchiligimizda “O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatining asoslari to‘g‘risida”gi nihoyatda katta ahamiyatga ega bo‘lgan Qonun, qator farmoyish hamda me’yoriy-siyosiy hujjatlarning mavjudligi vatanimizda yoshlarga bo‘lgan e’tiborning yuqori ekanligidan dalolat beradi.
Respublikamizda, bugungi kunda ta’lim sohasining siyosiy asoslari yaratilgan. Qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni1, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”2da ushbu masalalar davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan qilib belgilanganligining ayni isbotidir.
Xususan, respublikamizda ta’lim va tarbiyaning insonparvarlik, demokratik xarakterga ega ekanligi, ta’limning uzluksiz ravishda amalga oshirilishi, bozor iqtisodiyoti talablariga mos keladigan raqobatbardosh kadrlar tayyorlash vazifalari shu va boshqa sohaga oid me’yoriy-siyosiy hujjatlarda keng mazmunda belgilangan. Zero, muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev ta’kidlaganidek, “Biz siz yoshlarga bilim va kasb-xunarlarni puxta egallagan, mustaqil fikrlaydigan, doimo el yurt taqdiriga daxldorlik tuyg‘usi bilan yashaydigan, aziz yoshlarimiz maydonga dadil chiqib, bugungi kunda hayotning o‘zi oldimizga qo‘yayotgan vazifalarni xal etishga qodir deb ishonamiz”3deya ta’kidlaganlar.

Yüklə 138,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin