Pedagogika va psixologiya


Mavzu -2: Psixologiya qalb (ruh) haqidagi fan



Yüklə 100,88 Kb.
səhifə2/11
tarix25.01.2023
ölçüsü100,88 Kb.
#80659
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Pedagogika va psixologiya-fayllar.org

Mavzu -2: Psixologiya qalb (ruh) haqidagi fan. 
Reja: 

1.
Ruh haqidagi ilk tasavvurlar. 


2.
Falsafa fanining paydo bo`lishi. 

3.
Platonning ruh va qalb haqidagi qarashlari. 


4.
Aristolelning ta’limoti. 

5.
O`rta asr pisixologiyasi. 


Qadimgi grek faylasuflarining talimotiga ko`ra, dunyoning asosida qandaydir 

bitta moddiy narsa yotadi. Ularning fikricha, inson dunyoning bir qismi sifatida shu


moddadan tashkil topadi. 
Masalan, Falesning (624-547) yillar ta’lim berishicha, butun mavjudotning shu
jumladan, inson tabiatining ham asosi suvdir. Inson ruhi va ruhiy hayoti par (bug`) 
shaklida tasavvur qilingan. Anaksimen (e.a. 588-525y) butun mavjudot zichlashish
va siyraklashish qobiliyatiga ega bo`lgan havodan tashkil topgan, deb ta’lim 
beradi. Ruh bu juda siyraklashgan havodir deydi u.
Geraklit- Tyomniy (e.a. 544-483y) tabiatning asosi o`t (olov)dir deb
hisoblagan .“Hamma narsa olovdan paydo bo`ladi va yana hamma narsa olovga
aylanadi”. Butun dunyo, alohida narsalar, shuningdek inson ruhi ham olovdan
kelib chiqadi deydi u.
Geraklitning fikricha, ruh- bu dunyoning abadiy harakatlanadigan va
o`zgarib turadigan asosining - olovning o`tkinchi holatlarining biridir. Hamma
narsaning asosi tuproq- uning zarrachalaridir deb hisoblagan mutafakkirlar ham
bo`lgan.
Empedokl (Sitsiliya orolidan, 483-423y) “Tabiat haqida ” degan poyemaning 
avtori bo`lib bu dunyoning asosida qandaydir bitta stixiya (suv, havo, tuproq
yoki olovdan bittasi) emas, balki to`rttala stixiyaning hammasi, ya’ni suv,
havo, tuproq yoki olov yotadi deb ta’lim bergan.
Falsafa fanida ruh haqidagi ilk nazariy qarashlar. Platonning idealistik 
qarashlari. Arastu halb to`g`risida. Antiq psixologiyaning rivojlanish
bosqichlari. 

Ong psixikaning asosiy kriteriyasi ekanligi to`g`risida. Dekartning ilmiy


qarashlari. Halb va ruh, tana to`girisidagi ta`limot. Tafakkur substantsiyasi. 
Spinoza psixologiyasi. Effekt holatlar. Insonning individual farqlanishlari.
Platonning ruh va qalb haqidagi qarashlari, Platon (427-347) bilan 

Demokritlar deyarli bir vaqtda yashadilar va ijod etdilar. Bular quldorlik


aristokratiyasi mafkurasining namoyondalari edilar. Platon jon va tan mutlaqo
har xil, hatto qarama-qarshi bo`lgan ikkita mohiyatidir, deb ta’lim
berganlar. Tana moddiydir, uni tashqi sezgi organlari bilan idrok qilish
mumkin: uni ko`rish va sezish mumkin, u fizik jismdir.
Jon moddiy emas, balki ruhiydir: uni sezgi organlari yordami bilan

idrok qilish mumkin emas. U tanaga qarama-qarshi bo`lib , fizik jism emas,


balki metafizik, sezib bo`lmaydigan narsadir. Jon moddiy dunyoga emas,
balki boshqa ideal dunyoga, haqiqatdan yashayotgan ideallar (g`oyalar),
“obrazlar” dunyosiga taaluqlidir. Jon inson tanasiga o`sha dunyodan kelib
qo`shiladi. Uning tana bilan birga bo`lishi vaqtinchalikdir, tana o`lishi bilan
jon yana ideal dunyoga qaytib ketadi. 
Yerdagi hayot davomida jon tanaga mahkum etilgan, u zindondagi narsa

kabi, doimo ideallar dunyosiga chiqib ketmoqchi bo`lib, intilib turadi. O`z


ongini oshirish yo`li bilan shu dunyo haqidagi eslash insonga haqiqiy
demak, Platon fikricha, haqiqiy bilimning birdan-bir manbai-ideallar
dunyosidir. Bizning atrofimiz dunyosini sezishimiz va idrok qilishimiz esa,
faqatgina o`zgarib turadigan beqaror hodisalar haqida bilim beradi, holos.
Biroq jonning (ruhning) ideal holda namoyon bo`lishi ko`pchilik kishilarda
to`silib turilishi va moddiy tanaga bo`ysundirilishi mumkin. Oqibatda , jon
ideallar dunyosini go`yo esdan chiqarib, materiyaga farq bo`lmog`i mumkin. 
Shuning uchun ham yer yuzidagi hayot sharoitlarida inson joni,

materiyaga qanchalik farq bo`lishi darajasiga qarab, go`yoki 3 qismga


bo`linadi. Har bir kishida ularning har biri har xil darajada namoyon bo`ladi .
Jonning qaysi qismi ustun chiqishiga qarab, kishining har xil individual 

xususiyatlari hayotining yo`nalishi, harakteri, mayl va qobiliyatlari paydo bo`ladi.


Qadimgi grek materialistlari, shuningdek idealist Suqrot va Platonlar 

ham o`zlarining psixologik qarashlarini yozib sistemali bayon qilingan


mukammal asar sifatida qoldirmaganlar. 
Ularning bu fikrlari asosan ayrim-ayrim mulohazalar tariqasida saqlanib

qolgan. Platonning psixologik fikrlari esa har xil falsafiy asarlarida-


diologlarida saqlangan.
Grek filasoflaridan birinchi bo`lib ruh va ruhiy faoliyat haqida sistemali

ta’limot yaratgan kishi Aristotel (384- 322y) bo`lgan. Aristotel Platonning


shogirdi bo`lib uning ta’limotiga tanqidiy yondashgan ta’rifiga ko`ra, Aristotel
`oz falsafiy ta’limotida idealizm bilan materializm o`rtasida ikkilanib qolgan.
Aristotel ruh tana bilan uzviy bog`langan, deb hisoblaydi. Lekin uning

fikricha ruh moddiy, jismiy har bir narsa emas.





Aristotel jon (ruh)ning uch qismi haqida Platon ta’limotidan farq qilib,


uch xil jon (ruh) haqida vegetativ, sezuvchi va aqilli ruh turlari haqida
ta’limot yaratdi. Vegitativ ruhning faoliyati ovqatlanishda va ko`payishda
ifodalanadi. Ruhning bu turi o`simliklarda, hayvonlarda, insonlarda ham
bo`ladi. Hayvonlarda ham insonlarda ham bo`ladi. Sezuvchi ruhning faoliyati 
sezgi va hislarda xotira va tasavvurlar sezuvchi ruhning faoliyati sezgi va
hislarida, xotira va tasavvurlarda namayon bo`ladi. Ruhning bu turi
hayvonlarda ham insonlarda ham bo`ladi. Aqlli ruhning faoliyati tafakkurda,
bilimda va ixtiyoriy harakatlarda yuzaga chiqadi. 
Aqlli ruh faqatgina insonlarga xosdir. Shu aqliy insonning ruh va uni

faoliyati haqidagi mulohazalar Aristotel psixologiyasida asosiy o`rin tutadi.


Uning fikricha bu ruhiyatning mohiyati yashirin, ilmiy yo`l bilan bilib
bo`lmaydigan botir kuchdan iborat. “ Ruh haqida aniq tushuncha berish-deydi
Aristotel,-har jihatdan haddan tashqari kiyinish, ruh bu jism emas, balki 
o`shanga xos bir narsadir. U mavhum tushunchadir”. Aristotelning fikricha aqlli
ruh ilohiy yo`l bilan paydo bo`lgan: u tanadan tashqarida ham yashay oladi.
Tana o`lgandan keyin “ Aqlli ruh ilohiy ruh bilan qo`shilib ketadi”.
Aristotel ruh va tananing o`zaro munosabati masalasiga katta e’tibor 

bergan. “Ruh deydi u o`z tabiatiga ko`ra hukmron asosdir, tana esa tobe narsadir”.


Forma materiyaga nisbatan qanday bo`lsa, ruh ham tanaga nisbatan xuddi shunday. 
U hayotga ma’no va yo`nalish beradi. Ruh ta’sir qiladi va harakatlantiradi, tana esa
ta’sirlanadi va harakatga keladi. U ruhning birlamchiligi haqidagi umumiy tezisni 
quyidagi so`zlarda ifodalagan : “ruh tirik tananing sababi va manbaidir”.
Aristotel ruhning mohiyati va uning tana bilan o`zaro munosabati haqida bu o`ziga
xos fikrlar bilan birga berdik birinchi bo`lib, o`z-o`zidan kuzatish mumkin
bo`lgan ruhiy hodisalarni tasvirlab yozgan va klassifikatsiyalashtirilgan. Uning
psixologiyasida hozirgi zamon psixologiyasiga asos bo`lgan ko`pchilik
tushunchalarni uchratish mumkin, Chunonchi: tashqi beshta sezgi va sezgilar
haqidagi, ixtiyoriy va ixtiyorsiz protsesslar haqidagi, tasavvur assotsiatsiyalar
haqidagi, tafakkur haqidagi , tushunchalar va xulosa chiqarishlar va hakozalar 
haqidagi ta’limot yaratdi.
Aristotel, inson sezgilari tashqi moddiy qo`zg`ovchilar ta’siri tufayli hosil

bo`ladi degan fikrni takidlagan. Tafakkur haqidagi ta’limotda u Platonning


umumiy va mavhum tushuncha-ideal narigi dunyodan kelib chiqqan degan
ta’limotini inkor qildi.
Aristotel tushunchalarida ifodalangan umumiylik yakka narsalardan

tashqarida yoki yakka narsalardan avval o`zi bor bo`lgan emas, ba’lki yakka


narsalarni o`zida bo`ladi, degan ta’limotni ilgari surdi.
Qadimgi Grek filiasoflari birinchi bo`lib mantiqiy tafakkur formalarini

mukammal sistemasini ishlab chiqdi.


Shunisi diqqatga sazovorki, Aristotel psixik xodisalarni tasvirlar va 

analiz qilar ekan, organizmdagi ruhiy va fizik (fizioloogik) xodisalar o`rtasidagi




boqlanishlarni izladi. Uni psixologiya masalalarni hal qilishdagi materialistik


tendensiyallari mana shunda ko`rinadi. 
Platon bilan Aristotel’ yaratgan ruh haqidagigi talimot o`rta asrlarda- 

Sharqda
ham, g`arbda ham hukmron bo`lib qoldi. Psixologiyadagi bu oqim keyinchalik 


(XVIII asrda) metofizik yoki ratsionalistik psixologiya deb nom oldi.


Bu psixologiya shuning uchun ham metofizik deb ataladiki, uning

tekshirish predmeti bo`lgan ruh, psixik protseslar-fizik hissiy dunyo


chegarasidan tashkil qilgan mavjud mohiyati, ayrim jismiy bir narsa deb
tushuntiriladi.: shuning uchun ham rotsionalistik deb ataladiki, uning tekshirish
tajribadan ajratilgan faqat guruh mulohazadan iborat edi. 
O`rta asr mutafakkirlarning ruh va ruhiy hayot haqidagigi masalalarga

qaratilgan edi . Shuningdek o`rta asr mutafakkirlari iroda masalasiga alohida


e’tibor berdilar.
Masalan: Avgustin Iponniskiy (353-430y) birinchi bo`lib kishining boshqa

ruhiy qobiliyatlari orasida irodaning muhim ahamiyatga ega ekanligi haqidagi


fikr yuritilgan. Irodaning ta’limoti juda yaqqoldir. Uning aytishicha, iroda
aqldan ham yuqori turadi. Butun o`rta asr tarixi maboynida, undan keyingi
vaqtlarda ham filosofiya va psixologiyada irda erkinligi haqidagi tortishiv juda
katta o`rin egalladi. Bu masala bo`yicha V-asrdayoq ikkita oqim - indeterminizm
paydo bo`lgan.
Diterministlar (lat, diterminare-belgilamoq) inson irodasi ham, dunyodagi

hamma narsalar singari, sababiyat qonuniga bo`ysunadi, binobarin, insonning


barcha irodaviy qarakatlari ham erkin emas, balki zarurat bilan o`z sabablari
bilan belgilanada deb ta’lim beradilar.
Imdeterminislar, aksincha, inson irodasi va uning katta harakatlari har

qanday sababiyatdan holi erkin hamda zaruriyatga bog`liq emas, deb ta’lim


berdilar.
Realistlar umumiy tushunchalar (“Universalilar” o`sha vaqtda shunday
deb atalardi) real, ob’yektiv holda mavjuddir va inson aqlida yakka narsalarga
bog`liq bo`lmagan holda aks etadi, deb davo qiladilar.
Anzel’m Kenterberiyskiy (1033-1109y) va shompalik Vil’gelm (1121-1170y) lar
realizmni eng ko`zga ko`ringan vakillari edi.
Naminalistlari (lat. nominale-nom, ot) umumiy tushunchalarni faqat yakka 

predmetlarning normallaridir, deb hisoblar edilar. Naminalistlarning ta’limotida


ba’zi bir o`rta asr mutafakkirlarining materialistik tendensiyallari ham
ifodalangan.





Yüklə 100,88 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin