«Ekologik ta’lim-tarbiya - ekologik bilimlarni berish, ularda tashqi muhit va vujud orasidagi uzviy bogliqlik mavjudligini his ettirish, tabiiy va ijtimoiy muhitga nisbatan oqilona munosabatda bo’lish ko’nikmalarini hosil qildoirish».
Talaba
-yoshlarga ekologik ta’lim-tarbiya berishda ularga tegishli tushuncha va atamalarning mazmun-mohiyatini yoshlar ongiga singdoirish ushbu sohadagi ishimiz samaradorligini oshirishga ijobiy ta’sir etadi.
Ekologik joy – ekomuhit - tabiatda tur yashashi mumkin bo’lgan barcha muhit omillari majmuyi.
Ekologik krizis - ekologik tanglik - ekologik tizimlar, alohida hududlar yoki biosfera miqyosidagi tabiiy ofatlar: toshqin; er silkinishi; vulqon otilishi; qurg’oqchilik; dovul; chigirtkalar ofati; yong’in va boshqa holatlar oqibatida yuz beradigan ekologik vaziyat.
Ekologik muvozanat - inson, o’simlik va hayvonlar uchun zarur bo’lgan tabiiy sharoitlar muvozanati.
Ekologik omillar - atrof-muhitning organizmlar faoliyatiga o’ziga xos ta’sir etuvchi ma’lum sharoitlar va elementlar majmuyi.
Ekologik madaniyat — kasbiy faoliyatda qaror qabul qilish uchun ekologik javobgarlikni his qilish tabiat muhofazasi sohasidagi bilimlarga egaligi jahon va hududiy darajada ekologik muammolarni ochishda qatnashishga tayyorgarlik va boshqalar.
Ekologik tanglik xavfi - XX asr davomida texnikaning rivoji, xalq xo’jaligini va kundalik turmushni kimyolashtirish, er yuzida aholi sonining keskin ko’payishi oqibatida tabiat bilan inson o’rtasidagi muvozanatning buzilishi, er, suv, havoning inson hayotiga zararli darajada hioslanishi natijasida paydo bo’lgan holat.
Ekologik ta’lim - talaba-yoshlarga tabiat va inson orasidagi munosabatlarni ifodalovchi bilimlar tizimini berish jarayonidagi o’qilishdan iborat.