Pedagogika yunoncha «paidagogike» bo’lib, «paidagogos»



Yüklə 38,19 Kb.
səhifə16/17
tarix22.05.2023
ölçüsü38,19 Kb.
#119789
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Pedagogika yunoncha «paidagogike» bo’lib, «paidagogos» (2)

Ekologik tarbiya
- talaba-yoshlarning atrofimizdagi olamga, atrof-muhitga nisbatan ongli munosabatini tarbiyalashdan iborat.
Ekologik tarbiyaning bosh maqsadi
talaba-yoshlarda atrof-muhit va uning muammolari haqida ongli munosabatni hamda ular bo’yicha optimal echimlar topish to’g’risidagi bilim, ko’nikma va malakalarni shakllantirishdan iborat.


Shaxs
– kadrlar tayyorlash tizimining bosh sub`ekti va ob`ekti, ta`lim sohasidagi xizmatlarning iste`molchisi va ularni amalga oshiruvchi;


davlat va jamiyat
– ta`lim va kadrlar tayyorlash tizimi faoliyatini tartibga solish va nazorat qilishni amalga oshiruvchi kadrlarni tayyorlash va ularni qabul qilib olishning kafillari;


Fuqaro
– fuqaroligi huquqiy jihatdan e`tirof etilgan hamda muayyan jamiyat (davlat) a`zosi bo’lgan shaxs.


Fuqarolik
– huquqiy va axloqiy me`yorlarga ongli rioya etish, ma`lum huquqlardan foydalanish hamda burchlarni bajarishga mas`ullik bilan yondoshuv, mehnat jarayoni va jamoadagi faollik, ma`naviy yetuklik asosida muayyan davlatga mansublik.


Fuqarolik tarbiyasi
– fuqarolik tushunchasining mohiyatini anglatish orqali o’quvchilarda yuksak darajadagi fuqarolik madaniyatini shakllantirish, ularni xalq, Vatan, jamiyat uchun fidoiy fuqarolar etib tarbiyalashdan iborat.


Huquqiy madaniyat
– shaxs tomonidan huquqiy bilimlarning o’zlashtirilishi hamda huquqiy faoliyatni tashkil etish darajasining sifat ko’rsatkichi.


Huquqiy ong
- muayyan jamiyatning moddiy hayot tarzi bilan belgilanadigan tasavvur, idrok, tafakkur va e`tiqodlar tizimi bo’lib, ijtimoiy-psixologik hodisa sifatida murakkab tuzilishga ega.


Huquqiy tarbiya
- shaxs tomonidan o’zlashtirilgan nazariy-huquqiy bilimlar negizida huquqiy faoliyatni tashkil etish ko’nikma va malakalarini hosil qilish, unda ijobiy huquqiy sifatlarni qaror toptirish va huquqiy madaniyatni shakllantirishga yo’naltirilgan pedagogik jarayon.


Huquqiy ta`lim
- o’quvchilarga huquqiy me`yorlar, qonunlar hamda ijtimoiy-huquqiy munosabatlar mohiyati to’g’risidagi tizimlangan bilimlarni berish, ularda huquqiy bilimlarni egallashga bo’lgan ehtiyojni yuzaga keltirish, huquqiy ongni shakllantirish jarayoni.


Huquqiy faoliyat
- huquqiy me`yorlar, qonunlar talablariga nisbatan ongli yondashish, ularga qat`iy va og’ishmay amal qilish, qonunlarni hurmat qilish, ularni shaxs erkini himoya qilish kafolati sifatida e`tirof etish, huquqiy munosabatlar jarayonidagi faol ishtirokni tashkil etishga yo’naltirilgan amaliy xatti–harakatlar majmui.



Yüklə 38,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin