Pedagogikaning pragmatik aspektlari fanidan mustaqil ishi


Modul (lotincha modulus so’zidan olingan bo’lib qism, bo’lak, blok



Yüklə 0,69 Mb.
səhifə2/4
tarix05.12.2023
ölçüsü0,69 Mb.
#174114
1   2   3   4
Modulli ta’lim dasturlarini ishlab chiqishning konseptual asoslari

Modul (lotincha modulus so’zidan olingan bo’lib qism, bo’lak, blok ma’nolarini anglatadi. Modul dars ta’rifi. O’quvchini an’anaviy darsga tayyorlash, odatda, o’quv materialini atroflicha tanlash, unda mantiqiy aloqalarni o’rnatish, uni ko’rgazmali idrok qilish uchun qulay bo’lgan chizmali ko’rinishda jamlashdan iborat. Bu holda o’quvchilar berilgan o’quv mazmunni yengil o’zlashtirishi mumkin, biroq, bunday material ijodiy shaxs salohiyatini rivojlantirishga imkon bermaydi. Hozirgi kunda ijodiy ishlovchi o’qituvchilar o’z amaliyotida innovatsion pedagogik o’qitish texnologiyalaridan foydalanadi.
’’Modulli o’qitish’’ termini xalqaro tushuncha-modul bilan bog’liq bo’lib ,,modul’’lat modulus, uning bitta ma’nosi faoliyat ko’rsata oladigan o’zaro chambarchars bog’liq elementlardan iborat bo’lgan tugunni bildiradi.Bu ma’noda u modulli o’qitishning asosiy vositasi,sifatida tugallangan axborot bloki sifatida tushuniladi.
Modul –bu fanning bir yoki bir nechta tushunchalarni o’zlashtirishga yo’naltirilgan, ishlab chiqilgan tamoyillar asosida shakllangan mantiqan tugallangan o’quv materialidir.
1982-yilda YUNESKOning anjumandagi ma’ruzasida modulga “Mashqlarni xususiy tezlikda diqqat bilan tanishish va ketma-ket o’rganish orqali individual yoki guruh mashg’ulotlarda bir yoki bir necha malakaga ega bo’lish uchun mo’ljallangan alohida o’rgatuvi paket (to’plam) deb ta’rif berilgan edi”.
Modulli o’qitish-o’qitishning istiqbolli tizimlaridan biri hisoblanadi, chunki u odam bosh miyasining o’zlashtirish tizimga eng yaxshi moslashgandir. Inson bosh miyasi to'qimasi, qariyib 15 mlrd. neyronlardan (nerv hujayralari) yoki apparatli modullardan iborat. To'qima hujayralari bir-biri bilan ko‘p sonli to'qnashuvlarda bo'ladi. Bir hujayra va uning o'simtasini boshqa hujayra va uning o'simtasi bilan to'qnashuvlari soni 6 mingtagacha yetib boradi. Demak, bosh miya to'qimasidagi to'qnashuvlar (kontaktlar) soni astronomik sonni (15000000000x6000) tashkil etadi. Shu nuqtai nazardan, modul o 'quv jarayonining bir hujayrasi sifatida qaraladi. Bu hujayra bir vaqtning o'zida axborot umumiyligiga, o'ziga xos yaxlitlik va tizimlilikka ega bo'lgan elementlardan tashkil topgan bo'ladi. O’qitishning modul tizim haqida rasmiy ravishda birinchi marta, 1972-yil YUNESKOning Tokiodagi Butunjahon Konfrensiyasida so’z yuritilgan edi. Modulli o’qitish texnologiyasi funksional tizimlar, fikrlashning nevrofiziologiyasi pedagogika va psixologiyalarning umumiy nazariyasidan kelib chiqadi. Modulli o’qitishning hozirgi zamon nazariyasi va amaliyotida ikki xil yondashuvni ajratib ko’rsatish mumkin; fan bo’yicha faoliyat yondashuvi va tizimli faoliyat yondashuvi. Bu yondashuvlar doirasida modul asosida mutaxassislar tayyorlashning bir qator konsepsiyalari ishlab chiqilgan. Barcha konsepsiyalar zamirida faoliyat yondashuvi yotadi va bu nuqtai nazardan, o’qitish jarayoni to’laligicha yoki muayyan fan doirasida, modulli ta’lim dasturi mazmuniga muvofiq kasbiy faoliyat elementlarini o’quvchi tomonidan ketma-ket o’zlashtirishga yo’naltirilgan bo’ladi.

Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin