“PEDAGOGS”
international research journal ISSN:
2181-4027
_SJIF:
4.995
www.pedagoglar.uz
Volume-20, Issue-2, November - 2022
26
jarayonlari sababli kelib chiquvchi ijtimoiy buyurtmani bajarish kabi vazifalarni
amalga oshirish imkonini beradi.
Kimyo darslarni
o’tkazishda
AKTdan
to’g’ri
foydalanish quyidagi
imkoniyatlarni yaratib beradi:
* vaqtni tejaydi;
* materialning ko’rgazmaliligini ta’minlaydi;
* o’qitishning hissiy, estetik, ilmiy ishonchini oshiradi;
* turli analizatorlarga ta’sir qilish orqali bilimlarni o’zlashtirish
jarayonini
optimallashtiradi;
* ta’limni shaxsiylashtiradi;
* darsning eng muhim muammosiga e’tibor beradi;
* istalgan vaqtda tanish bo’lgan materialga yana qaytib boradi;
* o’quvchilarning o’quv materiallaridan mustaqil foydalanishga imkon beradi.
Darslarda
AKTdan
foydalanishda
o’qituvchilar
uchun
quyidagi
tavsiyalarni ajratib ko’rsatish mumkin:
1. Didaktik materiallarni to’plash, mavzu bo’yicha axborot bankini yaratish.
2. Ta’limning yangi texnik vositalarini, dasturiy mahsulotlarni o’zlashtirish va
ulardan foydalanish.
3. AKTdan foydalangan holda o’z darslarini yaratish.
4. Professional va ijodiy tanlovlarda ishtirok etish.
5. Masofaviy ta’lim orqali o’z bilimlarini oshirib borish.
Hozirgi zamon darsi deb o’quvchilarning darsda 100 foizlik faol ishtirokini
ta’minlovchi, ilg’or pevagogik texnologiyalardan foydalanilgan, texnik vosita lar bilan
jihozlangan hamda yuqori samaradorlikka erishilgan darsni tushunamiz.
Hozirgi zamon o’qituvchisi esa tadbirkor
tarbiyachi va pedagog, o’z fanining
ustasi
hamda dars berayotgan fanni, ilmiy haqiqatni yosh avlodga san’atkorona
o’rgatadigan, o’z mehnati bilan jamiyatning ma’naviy talablarini bolalarga
anglatadigan, o’z ustida
muntazam ish olib bordigan, pedagogik texnologiyalardan
xabardor shaxs bo’lishi lozim. Zamonaviy pedagodik texnologiyalarni amalda qo’llash
orqali o’qituvchining haqiqiy o’qituvchilik faoliyatiga o’tishi, ya’ni u bolani o’qitishi