“PEDAGOGS” international research journal ISSN: 2181-4027 _SJIF: 4.995 www.pedagoglar.uz
Volume-25, Issue-1, January - 2023 142
aholining, birinchi navbatda, yoshlarning moddiy, ma’naviy va kasb darajasini
ko’tarish;
milliy va badiiy hunarmandchilikni tiklash, shuningdek kichik va o’rta
korxonalar, qishloq aholi punktlarini rivojlantirishga yordam ko’rsatish, umuman, har
bir mintaqa uchun g’oyat muhim iqtisodiyot samaradorligini oshirish. Iqtisodiyotni
rivojlantirishda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni ijobiy ahamiyatini e’tirof etgan
holda, uning ahamiyatini ortiqcha baholab yuborish ham to’g’ri emas.
Ma’lumki, respublikada mehnatga layoqatli aholining 65,3 foizi qishloqlarda
yashaydi. Bu qishloq joylarda tadbirkorlikning rivoji uchun juda katta imkoniyatlar
mavjudligini ko’rsatadi. Shu bilan bir qatorda, qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishida
band bo’lgan vaqtincha ishchi kuchlarni xizmat ko’rsatish, qayta ishlash va shu kabi
yo’nalishlarga qayta taqsimlash kerak. Qishloqda tadbirkorlik, uning kichik biznes
shakllarini rivojlantirish bilan bog’liq turli boshqaruv pog’onalarida tashkiliy,
iqtisodiy masalalarni hal etish ustuvor masalalar qatoriga kiradi.
Bu masalalarni amalga oshirish uchun mamlakatimiz miqyosida quyidagi
masalalarni hal etish lozim:
bozor iqtisodiyoti sharoitida ishlash uchun raqobatbardosh kadrlar tayyorlash
va ularning malakasini oshirish;
hududlarda haqiqiy tadbirkorlik muhitini yaratish;
kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatini moliyaviy qo’llabquvvatlash;
kichik biznes va tadbirkorlik faoliyatini huquqiy bazasini mustahkamlash;
kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatini texnologik jihozlash bilan
ta’minlashni qo’llab-quvvatlash;
islohotlar natijalarini reklama va axborot xizmati vositalari orqali keng
ommaga yetkazish. Bugungi kunda ko’plab rivojlangan va jahon iqtisodiyotida
yetakchi o’rin tutadigan mamlakatlar tajribasi shuni so’zsiz isbotlab bermoqdaki,
raqobatdoshlikka erishish va dunyo bozorlariga chiqish birinchi navbatda,
iqtisodiyotni izchil isloh etish, tarkibiy jihatdan o’zgartirish va diversifikasiya qilishni
chuqurlashtirish, yuqori texnologiyalarga asoslangan yangi korxona va ishlab
chiqarish tarmoqlarining jadal rivojlanishini ta’minlash, faoliyat ko’rsatayotgan
quvvatlarini modernizasiya qilish va texnik yangi jarayonlarini tezlashtirish, ya’ni
mamlakatimizda diversifikasiya va modernizasiya qilish strategiyalari hisobidan
amalga oshirilishi mumkin.
XULOSA Bizningcha, tadbirkorlik faoliyati sohasida mehnatni tashkil etishda vaqt birligi
ichida sarflangan mehnat harajatlari bilan birga uning tuzilishiniham hisobga olish
zarur. Tadbirkorlikni har tomonlama yuritish uchun to’sqinlik qilayotgan omillardan
eng asosiysi moliyaviy omildir. So’ralgan tadbirkorlarning ko’pchiligi buning uchun