“PEDAGOGS” international research journal ISSN: 2181-4027 _SJIF: 4.995 www.pedagoglar.uz
Volume-25, Issue-1, January - 2023 139 U nafaqat o’z mol – mulkini, vaqti, mehnati bilan, Balki o’z sheriklari,
hisadorlari qo’shgan mablag’lar bilan ham tavakkal qilishga boradi. Tadbirkorlik
faoliyati to’g’risida yuqorida keltirilgan turli xil fikr va yondoshuvlarni
umumlashtirgan holda, qisqa qilib quyidagicha ta’rif berish mumkin:
tadbirkorlik faoliyati – shakli va sohasidan qat’iy nazar, foyda olish va undan
samarali foydalanish maqsadiga qaratilgan iqtisodiy faoliyatdir. Tadbirkorlik
faoliyatinig amalga oshirilishida quyidagi bir qator qoidalarga rioya etishni talab
qilinadi:
- Tadbirkorning xo’jalik yuritish bo’yicha huquq va erkinliklariga ega bo’lishi;
- Tadbirkorlik faoliyati mulkdorning o’zi tomonidan ham, uning mol mulki
asosida ish yurutuvchi subyekt tomonidan ham amalga oshirishi mumkinligi;
- Xo’jalik yuritish erkinligini ta’minlovchi qulay iqtisodiy muhit va ijtimoiy –
siyosiy sharoitning mavjud bo’lishi;
- Mukchilik va o’zlashtirishning turli – tuman shakillari va turlarining
mavjudligi;
- Tadbirkorning maxsus bilimga, ma’lumot va malakaviy tayyorgarlikga ega
bo’lishi.
Tadbirkorlik faoliyatining turli shakllari xilma-xil bo’lib, ular orasida o’zining
xo’jalik yuritish ko’lamini cheklangani bilan ajratib turuvchi kichik biznes va xususiy
tadbirkorlik muhim o’rin tutadi. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning mamlakat
ijtimoiy – iqtisodiy rivojlanishidagi o’rni va amaliyoti bu soha tomonidan amalga
oshiriluvchi vazifalar orqali namoyon bo’ladi. Bunday vazifalarning turli – tumanligi
esa kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasining jahondagi barcha mamlaakatlar
uchun ham, o’ziga xos xususiyatlarga ega bo’lgan alohida bir mamlakat uchun ham
qandaydir darajada ahamiyat kasb etishidan darak beradi.
Mazkur sohada YaIMning salmoqli qismi tobora ko’proq ishlab chiqarilmoqda,
ishchi kuchi aksariyat qismining ish bilan bandligi ta’minlanmoqda, barcha
innovasiyalarning yarmidan ko’proq qismi yaratilmoqda. Jaxon tajribasining tahlili
shuni ko’rsatadiki, kichik biznesni rivojlantirishdan qator mamlakatlarda iqtisodiy
siyosatning o’ziga xos dastagi sifatida foydalanib kelinmoqda. Jumladan:
1. ishchi kuchi bandligini ta’minlashning asosiy sohasi;
2. iqtisodiyot innovasiya salohiyatini rivojlantirish manbai;
3. ishlab chiqarish faoliyati yangi shakllarini izlash va joriy etish manbai;
4. davlat byudjetni soliq bilan to’ldirish (masalan, Germaniyada soliqlarning
deyarli yarmini kichik biznes ta’minlaydi);
5. ishlab chiqarish pasayishining oldini olish (Vengriya, Chexiya, Polsha); yirik
biznes bilan uzviy bog’lik holda, mamlakat barqaror rivojlanishi hamda uning
iqtisodiyoti raqobatdoshligini oshirishning asosi.