PEDAGOGS
international research journal
www.pedagoglar.uz
Volume-6, Issue-1, March-2022
72
PSIXOLOGIYA FANINING FAN SIFATIDA SHAKLLANISHI
Salixova Shirin Muxiddinovna
“Moskva iqtisodiyot, siyosat va huquq instituti” 2-kurs talabasi
shirin.makhamadzhonova@mail.ru
Annotatsiya: Ushbu maqolada psixologiya fanining fan sifatida shakllanishi,
psixologiya fanining boshqa fanlar bilan aloqasi, psixologiyaning turlari,
psixologiya fani rivojlanishida mashhur psixolog olimlarning xizmatlari, hozirgi
zamon psixologiyasi, psixologiyaning insonlarga ta’siri, psixologiya fani orqali
o‘zlikni anglash, ong haqida so‘z boradi.
Kalit so‘zlar: Psixologiya, dipressiya,
bixeviorizm, geshtaltpsixologiya,
personalizm, freydizm, ong , psixika.
Psixologiya fanining fan sifatida shakllanishi uzoq tarixga borib taqaladi.
Antik davrdan boshlab psixologik bilimlar falsafa va
tibbiyot fanlari negizida
rivojlanib kelgan.
Psixologiya fani tabiatshunoslik fanlari va falsafa negizida paydo
bo‘lgan bo‘lib, to hanuzgacha uning na gumanitar na tabiiy fanlar qatoriga kiritilishi
aniqlangani yo‘q. [1] Chunki psixologiya ilohiy fandir. Inson ongi, his-tuyg‘ulari,
voqealikni boshqarishi, insonlar
bilan muloqotga kirishishi, ichki kechinmalari bu
barchasi psixologiya fanining asosiy tamoyillaridir.
Psixologiya eng qadimiy
fanlardan bo‘lib, bundan 2,5 ming yil ilgari jon haqidagi ta’limot sifatida vujudga
kelgan. Mil.avv. VII—V asrlarda o‘tgan qadimgi grek faylasuflarining asarlaridayoq
kishining jonli va ruhiy xayoti to‘g‘risida juda ko‘p xilma-xil fikrlar bayon
qilinganligini ko'ramiz. Bu masalalar qadimgi
Xitoy va qadimgi Hind
mutafakkirlarining muhokamalarida ham katta o‘rin tutadi.
Psixologiya
taraqqiyotida XIX asrdagi eksperementalar alohida ahamiyat kasb etdi. Bu davrda
psixologik real voqealikni o‘rganish uchun metodlar majmuasi qo‘llana boshlandi.
Kuzatish, lab. eksperementi,
tabiiy eksperement, faoliyat natijasini tahlil qilish,