PEDAGOGS international research journal www.pedagoglar.uz
Volume-6, Issue-1, March-2022 76 tashkil topgan: umumiy psixologiya, aviatsiya psixologiyasi, harbiy psixologiya,
differensial psixologiya, psixofiziologiya, muhandislik psixologiyasi, kosmik
psixologiya, huquq psixologiyasi, tibbiyot psixologiyasi, neyropsixologiya,
patopsixologiya, pedagogik psixologiya, mehnat psixologiyasi, sport psixologiyasi,
maxsus psixologiya, ijodiyot psixologiyasi, menejment psixologiyasi, marketing
psixologiyasi, ijtimoiy psixologiya, yosh psixologiyasi, tashkiliy psixologiya, din
psixologiyasi, oila psixologiyasi, psixologiya tarixi, genetik psixologiya, amaliy
psixologiya, eksperimental psixologiya, kasb psixologiyasi, psixolingvistika,
siyosiy
psixologiya
va
boshqa
psixologiyaning
tarmoqlari
va
h.k.
Psixologiya sanoatda, jamiyat boshqaruvida, ta‘lim tizimida, sogʻliqni saqlash,
madaniyat, sport, transport, radio, televideniye va boshqa tuzilmalarda muhim
masalalarni hal qilishda faol ishtirok etmoqda. Psixologiya erishgan yutuqlari shaxs
imkoniyatlarini roʻyobga chiqarish va ularni harakatga keltirishda alohida ahamiyat
kasb qilmoqda hamda shu asnoda mehnat samaradorligini oshirishga ta‘sir
oʻtkazmoqda. Zamonaviy psixologiyada elektron-hisoblash texnikasi, elektr va
kimyoviy vositalar yordami bilan psixikani chuqur oʻrganish kabilar
qoʻllanilmoqda. Psixologiyada oʻzini-oʻzi kuzatish (introspeksiya) metodi atrofida
keskin bahslar davom etmoqda. Ba‘zi yoʻnalishdagi psixologlar uni tadqiqot
oʻtkazishning asosiy metodi deb ta‘kidlasalar, boshqalari esa uning cheklanganligini
e‘tirof qiladilar, buning oʻrniga ob’yektiv metodlardan foydalanishni tavsiya
etadilar. Ob’yektiv metodlar tufayli psixikaning moddiy negizi aniqlangan, inson
ichki munosabatlari bilan sub‘yektiv holatlar sababli bogʻliqligi yakka shaxsda,
jamoada namoyon boʻlishi dalillangan. Jahon hamjamiyatida AQSH, Angliya,
Fransiya, Germaniya, Rossiya, Shveysariya mamlakatlari institutlari va
markazlarida, universitetlarda psixologik izlanishlar keng koʻlamda olib
borilmoqda.
Oʻzbekistonda Psixologiya 1928-yildan e’tiboran hozirgi Milliy universitetda
fan sifatida oʻqitila boshlandi. 1929-yil Xalq maorifi komissarligi qoshida