PEDAGOGS international research journal www.pedagoglar.uz
Volume-6, Issue-1, March-2022 73 ruhiy jarayonlarni modellashtirish genetik metodi, test, ekspert baholash, intervyu,
anketa, soʻrovnoma, tarjimai hol va h.k. XIX asr oxiri XX asr boshlarida qator
psixologik ilmiy maktablar, yoʻnalishlar vujudga keldi: bixeviorizm,
geshtaltpsixologiya, personalizm, freydizm va h.k. [2]
Bixeviorizm (ing . behaviour
hulq) — XIX asrning oxiri XX asrdagi amerika psixologiyasining yetakchi
oqimlaridan biri. Bu ta‘limoti asosida odam va hayvon hulqida tashqi muhitdan
boʻladigan ta‘sir, qoʻzgʻatuvchi (stimul)ga javoban yuzaga keladigan hatti-harakat
va unga taalluqli nutqiy va hissiy javoblarning majmusi yotadi. Bu introspektiv
psixologiya inqirozi sharoitida va hayvonlar psixikasini eksperemental tadqiq qilish
ta‘siri ostida yuzaga kelgan.
Gestaltpsixologiya bu, birinchi navbatda, idrok,
fikrlash va shaxsiyatni tushuntirishga urinishlar bilan bog‘liq bo‘lgan umumiy
psixologik yo‘nalishdir.
Personalizm (lot.persona — shaxs) — falsafiy yoʻnalish.
Unga koʻra,
odam
fikrlovchi
mavjudot
emas,
harakat
qiluvchi, muayyan mavqeni
egallovchi shaxsdir.
Yunon shifokorlari Gippokrat, Erasistrat psixikaning organi miya ekanligini
bilganlar va inson jonini koinotning ashyoviy boʻlagi sifatida talqin qilganlar.
Ularning gʻoyalari Platonning jon abadiyligi toʻgʻrisidagi ta‘limotiga qarama-qarshi
qoʻyilgan. Aristotel „Jon toʻgʻrisida“gi asarida psixologik tushunchalar tizimini
ishlab chiqdi. Oʻrta asrlarda psixikaga nisbatan har xil koʻrinishdagi gʻayritabiiy
qarashlar hukmronlik qildi. Shu tufayli psixologik bilimlar rivojlanmay qoldi.
Ammo ba‘zi faylasuflar va shifokorlar asarlarida bu sohada olgʻa qadam qoʻyildi.
Inson hususiyatlari toʻgʻrisidagi ma‘lumotlar qoʻlyozmalar, yodgorliklarda oʻz
aksini topa boshladi. Turli mamlakatlarda va shaharlarda tuzilgan akademiyalarda
(Xorazm, Samarqand, Kiyev, Moskva va boshqa shaharlarda) Psixologiya
yuzasidan tinglovchilarga saboq berilgan.
Shuni alohida ta‘kidlab o‘tish joizki ilmiy
psixologiya nemis psixologi V.Vund tomonidan 1879-yilda Leyptsig (Germaniya)
universitetida asos solingan birinchi eksperemental laboratoriya ochilishidan
boshlandi. Psixologiya fani aniq bir fan emas hozirgi kunga qadar dunyo olimlari
psixologiya fani haqida bir to‘xtamga kelishgani yo‘q. Har bir inson ruhiyatida