PEDAGOGS international research journal www.pedagoglar.uz
Volume-6, Issue-1, March-2022 78 hursand qilish mumkin. Aksincha hayotdan mamnun hursand insonni bir so‘z bilan
qalbini vayron qilish va uni yuragiga zarba berish mumkin bunday hayotiy misollar
atrofimizda deyarli har kuni sodir bo‘ladi desak mubolag‘a bo‘lmaydi.
Inson ongli mavjudot bo‘lib u hayvondan shu ongi bilan ajralib turadi.
Ong insonda bolalik chog‘idan boshlab shakllanadi. Ong ostidagi ma‘lumotlar bola
3-yoshga kirguniga qadar yozilib 5-yoshgacha bu ma’lumotlar yanada
mustahkamlashib, o‘rnashib boradi va bolaning butun xayotini belgilashi ham hech
gap emas. Bunga misol qilib dunyoga kelgan chaqaloq qanchalik kutilgan va
sevilgan bo‘lsa bolalik chog‘lari ona mehriga to‘yib, yaqinlari atrofida suyukli
bo‘lgan bola, ongida hamma insonlar yaxshi, dunyo yaxshi, chunki men yaxshiman
degan ustanovkalar o‘rnashib voyaga yetadi va hayot davomida qiyinchiliklar
yo‘lida uchraganda ulardan chiqib ketish yo‘llarini topa oladi. Lekin buning teskari
tomoni ham bor bola kutilmagan, ona esa tug‘ruq davrida boladan voz kechishni
hohlagan, uyda turli xil ziddiyatlar, kelishmovchiliklar bor oilalardagi bolalar ongida
men yomonman va dunyo ham undagi yashovchi insonlar ham yomon degan
ustanovkalar bilan voyaga yetadi va xayotda ko‘p qiyinchiliklarga uchrashi mumkin.
Ong bizga yaratuvchi tomonidan berilgan buyuk ne‘matdir. Ongning nima
ekanligini tushunishimiz uchun, avval ongsizlikni bilish kerak. Misol uchun, ruhiy
kasalliklar shifoxonasidagi bemorlarning ko‘pchiligi ongsiz harakat qilishadi.
Ularning ko‘ziga allanimalar ko‘rinib, qulog‘iga qandaydir ovozlar eshitiladi.
Kimlar bilandir gaplashadi, kimlardandir qochadi. Bu harakatlarni ular ongsiz
ravishda bajarishadi. Es-hushi joyida odam hamma narsani nazorat qila oladi. Ong
hamma narsani anglab, so‘ng bizga yetkazadi. Ongni o‘stirish uchun ko‘p kitob
mutoalasi bilan mashg‘ul bo‘lishimiz ilm olish uchun harakat qilishimiz o‘z
ustimizda ishlashimiz lozim zero oliy ma’lumotli odam bilan o‘rta ma‘lumotli odam
o‘rtasida sezilarli farq bor. O‘z ustida tinimsiz ishlab, ko‘p o‘qigan odamning ongi
ham yuqori bo‘ladi. Xulosa qilib shuni aytadigan bo‘lsak psixologiya fani eng
qadimgi fanlardan bo‘lib uning shakllanishida ko‘plab psixolog olimlarning