Pedagogs international research journal


PEDAGOGS   international research journal



Yüklə 0,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/4
tarix06.10.2023
ölçüsü0,58 Mb.
#152668
1   2   3   4
92-95

PEDAGOGS 
 international research journal
www.pedagoglar.uz
 

Volume-2, Issue-1, January–2022
 
94 
boshladi, ya’ni faktlar yig’a boshladi. Matematika mustaqil fan sifatida vujudga kela 
boshlaganda uning bundan keyingi rivojlanishiga matematik bilimlarning o’zi ham 
ta’sir eta boshladi. Matematika juda qadimgi fanlardan biri bo’lib dastlabki 
bosqichlarda o’zaro muomala va mehnat faoliyatlari asosida shakllana boshladi. U 
asta-sekin rivojlana boshladi, ya’ni faktlar yig’a boshladi. Matematika mustaqil fan 
sifatida vujudga kela boshlaganda uning bundan keyingi rivojlanishiga matematik 
bilimlarning o’zi ham ta’sir eta boshladi Shulardan ba’zilarini qayd etib o’taylik.
O’rta asrlarda esa fan ko’p jihatdan boy-feodallarning manfaatiga, dinga 
bo’ysundirilgan (savdo ishlari, hosil bo’lish, meros bo’lish, o’zga yerlarni bosib 
olish, ta’sir doiralarni kengaytirish). Matematika fanida ilg’or va reaktsion 
kuchlarning kurashi har doim sinfiy xarakterga ega bo’lib kelgan. Ayniqsa tarixiy 
va filosofik masalalarda bu yaqqol ko’rinib turadi Demak, matematika tarixini bilish 
fanni mantiqan va tarixan rivojlanishining asosiy faktlarini va qonunlarini to’g’ri 
bilish va talqin qilish imkonini beradi, sxolastikani bartaraf etadi, ilmiy 
dunyoqarashni shakllantiradi. Matematika tarixida o’zining xarakteri jihatidan bir-
biridan tubdan farq qiladigan davrlar mavjud bo’lib, bunday ajratishlar davlatlarda 
nisbatan, sotsial - iqtisodiy formatsiyalarga nisbatan , buyuk kashfiyotlarga nisbatan 
va hokazo qarab davrlarga bo’linishi mumkin. Shulardan biri A.N.Kolmogorov 
taklif etgan variantdir. U quyidagicha:
I. Matematikaning ro’yobga kelishi. Bu davr eramizdan oldingi VI-V
asrlargacha davom etib, bu paytga kelib matematika mustaqil fan sifatida 
shakllanadi. Bu davrning boshlanishi esa, o’tmish ibtidoiy davrga qarab boradi. Bu 
davrda matematika hali fan sifatida shakllanmagan bo’lib, qilingan ishlarning 
xarakteri asosan kuzatish va tekshirish natijalari asosida materiallar to’plashdan 
iborat bo’lgan.
II. Elementar matematika davri. Bu davr eramizdan oldingi V-V asrlardan
boshlanib, to hozirgi XVI asrgacha bo’lgan davrni o’z ichiga oladi. Bu davrda asosan 
o’zgarmas miqdorlarga oid masalalar atroflicha o’rganilgan bo’lib, bularning 
ba’zilari o’rta maktab kursiga kiritilgan , matematikaning bundan keyingi rivoji 
o’zgaruvchi miqdorlarning kiritilishi bilan bog’liq.



Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin