PEDAGOGS international research journal www.pedagoglar.uz
Volume-2, Issue-1, January–2022 93 turadi.
Matematika fanining mazmuni quyidagicha;
1) uning rivojlanish jarayonida yig’iladigan - faktlar;
2) faktlar asosida ilmiy tasavvurning shakllanishi - gipoteza. Ўz o’rnida bu tajriba
orqali tekshiriladi; hamda ularni nazariya va qonunlar ko’rinishiga keltirish;
3) nazariya va qonunlarni o’rganish, matematikani o’rganishni xarakterlaydigan
umumiy yo’nalishlarni ifodalovchi metodolog
4) faktlar va tajribalar natijalarini umumlashtirish iyani yaratish.
Bu elementlar doimo o’zaro aloqadorlikda va rivojlanishdadir.Ana shu
aloqadorlikni va rivojlanishni o’rganish bizlarni qanday tarixiy davrga olib borishini
tushunish, ro’yobga kelish sabablarini aniqlash aynan mana shu matematika
tarixining predmetini ifodalaydi. Shuning uchun matematika tarixi matematikaning
rivojlanishining qonunlarini o’rganuvchi fandir.
Yuqoridagi aytilganlarga asosan matematika tarixi quyidagi masalalarni hal
qilishi kerak. Birinchidan - matematikani fan sifatida rivojlanishining haqiqiy
mazmuni yoritilishini. Bularda matematikaning metodlari, tushunchalari va fikrlari
qanday paydo bo’lganligi, ayrim matematik nazariyalar tarixan qanday dunyoga
kelgani yoritilishini. Xalqlarda ma’lum tarixiy davrlarda matematikani rivojlanishini
xarakteri va xususiyatlarini aniqlashni barcha zamondagi ulug’ olimlarning
qo’shgan hissalarini yoritishni hal qilish.
Ikkinchidan - matematika tarixi matematikani turli-tuman aloqalarini ochishi,
jumladan, matematikani odamlarning amaliy ehtiyojlari va faoliyatlari bilan
aloqasini, boshqa fanlar rivojlanishi bilan aloqasini ochish, jamiyatning sotsial va
iqtisodiy strukturasiga va sinfiy kurashlarga ta’sirini ochish, xalqlarning olim
individining, olimlar kollektivining rolini ochishdan iborat.
Uchinchidan - matematika tarixini o’rganish hozirgi zamon matematikasini
mantiqiy mazmunini, rivojlanish dialektikasini va kelajagini to’g’ri tushunishga
yordam berishi kerak.
Matematika juda qadimgi fanlardan biri bo’lib dastlabki bosqichlarda o’zaro
muomala va mehnat faoliyatlari asosida shakllana boshladi. U asta-sekin rivojlana