Pensiya ta’minotining mohiyati va ahamiyati Reja


Davlat ijtimoiy siyosatini amalga oshirishda pensiya ta’minotining o„rni



Yüklə 167,33 Kb.
səhifə4/10
tarix22.10.2022
ölçüsü167,33 Kb.
#65825
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Pensiya ta’minotining mohiyati va ahamiyati

Davlat ijtimoiy siyosatini amalga oshirishda pensiya ta’minotining o„rni


Ma’lumki kuchli davlat va mustahkam jamiyatni barpo etishning o’z qonuniyatlari mavjud. Qonun ustuvorligi, adolat, tenglik kabi tamoyillar qatorida ijtimoiy himoya ham davlatning mustahkamligini ta’minlovchi omillardan biri hisoblanadi.
O’zbekiston Respublikasida yangilanish va taraqqiyot yo’liga o’tishning yetakchi tamoyillaridan biri - kuchli ijtimoiy siyosatni amalga oshirishdan iborat. Ijtimoiy siyosat orqaligina shaxsning ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlari ro’yobga chiqishini ta’minlashga, oilalarning, har bir insonning faravonligini yaxshilashga doir chora-tadbirlarning keng majmuasi amalga oshiriladi.


52


Davlat ijtimoiy siyosati - bu insonning hayotiy manfaatlarini yuzaga chiqarish, insonni himoya qilish va kamol topishiga qaratilgan siyosatdir. Uning maqsadi ommaviy farovonlikni oshirishga ko’mak berishdir. Bu siyosatda ish bilan bandlik darajasini belgilash, minimal ish haqi, nafaqa, pensiyani to’lash, kambag’allik chegaralarini aniqlash, tirikchilik minimumini belgilash, ijtimoiy himoya me’yorlarini aniqlash kabi usullar qo’llaniladi. Uning asosiy yo’nalishlari bandlik, daromad va ijtimoiy himoya siyosatidir.”22
Ijtimoiy himoya davlat siyosatining asosiy tamoyili sifatida muntazam ravishda va izchil amalga oshirilyapti. Jamiyat bir butun tana bo’lgani bois, uning haddan tashqari boylarga va haddan ortiq kambag’allarga ajralib ketishiga yo’l qo’yish mumkin emas. Umuman olganda, mamlakatimizda aholini ijtimoiy himoyalash tizimi mustaqillikning dastlabki davridan boshlab hozirgacha muttasil takomillashib bormoqda. Dastlab barchani birvarakayiga himoyalash siyosati olib borilgan bo’lsa, so’ng mahallalar orqali manzilli himoyalashga o’tildi.
Mustaqilligimizning deyarli chorak asrlik tarixiga ko’z tashlasak, milliard- milliard so’mlab mablag’ mamlakatimizda insonlar hayot tarzini yaxshilashga, ularni har tomonlama qo’llab-quvvatlashga, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar, nogiron va boquvchisini yo’qotgan keksalarga sarflanganiga shohid bo’lamiz. O’tgan davr mobaynida har bir yilga alohida nom berib, ularning mohiyati asosini ijtimoiy himoyaga yo’naltirilgani mazkur masalaga yurtimizda qay darajada amaliy ahamiyat berilayotganini ko’rsatadi. Xususan, yillarning “Inson manfaatlari yili”, “Oila yili”, “Ayollar yili”, “Sog’lom avlod yili”, “Onalar va bolalar yili”, “Qariyalarni qadrlash yili”, “Mustahkam oila yili”, “Keksalarni e’zozlash yili”, “Sog’lom ona va bola yili” hamda “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili”deya e’lon qilinishi fikrimiz dalilidir.
Mustaqillik davrida ijtimoiy himoya siyosatini amalga oshirishda davlat va hokimiyat tashkilotlari, keng jamoatchilik hamda fuqarolarning hamkorligi tubdan o’zgardi. O’zbek xalqining ijtimoiy-iqtisodiy va ma’muriy birligi bo’lmish mahalla orqali ko’p bolali, kam ta’minlangan oilalarga, nogiron va boquvchisini yo’qotganlarga maqsadli madad ko’rsatish tizimi shakllantirildi.
O’zbekistonning davlat byudjetida maxsus “Ijtimoiy himoya” bandi belgilangan bo’lib, bu dunyo tajribasida kamdan-kam uchraydi. Zero, o’zbekona milliy qadriyatlarni bu kabi insonparvarliksiz tasavvur etib bo’lmaydi. Byudjetda ko’zda tutilgan xarajatlardan tashqari, hukumatimiz tomonidan har yili yolg’iz keksalar, pensioner va nogironlarni aniq ijtimoiy muhofaza qilish, ularga ijtimoiy xizmat ko’rsatishni yanada kuchaytirishga qaratilgan maxsus qarorlar qabul qilinmoqda.
Ko’rinib turibdiki, kuchli ijtimoiy himoya doimo mustaqil O’zbekiston davlat siyosatining ustuvor yo’nalishlaridan biri bo’lib keldi. Mamlakatimizda davlat byudjetining asosiy qismi aynan ijtimoiy sohaga yo’naltirilgan va bu qat’iy qoidaga izchil amal qilib kelinyapti.
Demak, islohotlardan ko’zlangan bosh maqsad - xalq hayotini yaxshilash, fuqarolarning emin-erkin yashashi, rivojlanishi, bunyodkorlik ishlari bilan faol


22 O’lmasov A., Vahobov A. Iqtisodiyot nazariyasi. Darslik. Sharq. 2006.-475 B.


53


PENSIYA ISHI




shug’ullanishi, umrni unumli o’tkazishi, turmush mazmunining boyishiga erishishdan iborat.
BMT ma’lumotlariga qaraganda, bugun dunyoning 54 mamlakatida aholi 1990 yilga nisbatan kambag’allashgan. 21 mamlakat aholisining ko’pchiligi ochlikdan aziyat chekmoqda. 34 mamlakatda aholining o’rtacha umr ko’rish darajasi pasaygan. 12 mamlakatda bolalarning boshlang’ich umumta’lim maktablariga qatnash ko’rsatkichi kamaygan. Dunyoda 100 million bola maktabga qatnamaydi. Ana shunday bir sharoitda O’zbekiston o’zining tarixiy an’analari, urf-odatlari va qadriyatlariga tayangan holda o’zi tanlagan yo’ldan sobitqadamlik bilan izchil va bosqichma-bosqich olg’a intilayotgani e’tirofga loyiq.
Bugunga kelib mamlakatimiz o’z taraqqiyotining muhim bosqichiga kirdi. Ijtimoiy siyosat borasida istiqlol yillaridagi katta tajribalarga suyangan, mavjud an’analarni izchil davom ettirgan holda yangi-yangi qadamlar tashlanyapti.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 22 fevraldagi “O’zbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilish to’g’risida”gi Farmoni bilan 94 nafar shaxs davlatimiz fuqarosi bo’ldi. Undan keyin qabul qilingan bir necha Farmonlar asosida yana qanchadan-qancha kishilar fuqarolikka o’tdi. Bu ham mamlakat tarixida muhim ijtimoiy voqelik sifatida baholanadi albatta.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2017—2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasi ishlab chiqildi va hozirda ushbu Harakatlar strategiyasi asosida ijtimoiy sohada amalga oshirilayotgan ishlar ko’lami esa har qanday kishini hursand etadi. “2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasini kelgusida amalga oshirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi Prezident Farmoyishida muayyan ma’noda hozirgacha amalga oshirilgan ishlar sarhisob qilindi.






Yüklə 167,33 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin