Pensiya ta’minotining mohiyati va ahamiyati Reja


-rasm. O’zbekiston Respublikasi doimiy aholisi sonining o’zgarish



Yüklə 167,33 Kb.
səhifə2/10
tarix22.10.2022
ölçüsü167,33 Kb.
#65825
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Pensiya ta’minotining mohiyati va ahamiyati

3.1-rasm. O’zbekiston Respublikasi doimiy aholisi sonining o’zgarish


dinamikasi21 (yil boshiga, ming kishi)


Rasmdagi diagrammadan ko’rinib turganidek, mamlakatimiz aholisi soni yildan-yilga oshib bormoqda. Bunday o’zgarishlar esa aholiga munosib yashash va ishlash sharoitlarini ta’minlash, ijtimoiy xizmatlar ko’lami va sifatini oshirish, aholi salomatligini muhofaza qilish, ta’lim olish imkoniyatlarini yaratish, uy-joy bilan ta’minlash, kommunal va maishiy xizmatlar miqdori va sifatini oshirish kabi vazifalar bilan bir qatorda, mamlakat fuqarolarining ijtimoiy ta’minoti va ijtimoiy himoyasini yaxshilash masalalarini ham ko’ndalang qo’yadi.
Respublikada aholi sonidagi o’zgarishlar uning bevosita yosh tarkibi bilan bog’liq. O’zbekiston aholisining hozirgi yosh tarkibi XX asrning 90-yillarida boshlangan tug’ilish darajasining qisqarishiga qaramay yosh hisoblanadi, ya’ni aholi tarkibida 30 yoshgacha bo’lgan yoshlar ulushi 2016-yilda 61,7% ni, 16 yoshgacha bo’lgan bolalar ulushi - 28,9% ni tashkil etdi.
Bundan kelib chiqadiki, istiqbolda mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi yo’nalishlarida ham o’ziga xos o’zgarishlarning amalga oshirilishini, aholi keksayishining hududiy va gender jihatlari e’tiborga olingan keksalarni ijtimoiy himoya qilish loyihalari va dasturlarini ishlab chiqishni talab etadi.
Mamlakatimizda qaror topgan pensiya ta’minoti tizimi ana shu vazifalarni bajarishga xizmat qiladi. Ma’lumki, jahon amaliyotida pensiya tizimlarining quyidagi modellari mavjud va ma’lum darajadagi muvaffaqiyat bilan amal qilib kelmoqda:


O‘zbekiston aholisi-2017. O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi. Statistik to‘plam. 18-bet. 2017-yil ko‘rsatkichlari prognozlari http://stat.uz/statinfo/demograficheskie-dannye manbadan olingan.


51








Yüklə 167,33 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin