sug^ urtalanganaholi soni iLZ = (.3.2) pensiya va nafaqa oluvchilar soni Masalan, O’zbekistonda bosim koeffitsienti quyidagi ko’rsatkichlar bilan xarakterlanadi: 1992-yilda 1 pensionerga - 3,7 ishlovchi, 2001 yilda - 3,4 ishlovchi to’g’ri kelgan bo’lsa, hozirda bu ko’rsatkich 1,5 ni tashkil qilmoqda. Pensionerlar ulushining ko’payishi bilan pensiya jamg’armalariga mablag’ to’lab boradigan mehnatga qobiliyatli aholi salmog’i qisqaradi, buning natijasida esa Pensiya jamg’armasi zimmasiga pensiyalar to’lash xarajatlarining benihoya og’ir yuki tushadi.
Pensiyaning absolyut miqdori - pensiyaning pul birligida ifodalangan miqdori bo’lib, odatda bu miqdor pensiya oluvchining yashash minimumi bilan solishtiriladi va pensionerning moddiy ahvolini belgilab beradi. Bu ko’rsatkich pensiyaning xarid qobiliyatini ko’rsatadi hamda pensionerning muhtojlik darajasini belgilab beradi, uning miqdoriga qarab mahalliy va markaziy boshqaruv darajasida pensionerlarga yordam berish uchun zarur resurslar hajmi aniqlanadi, yordamning miqdori va ko’lamlari belgilanadi.
Qoplash koeffitsienti - individual sug’urta to’lovlari o’rtacha darajasining o’rtacha mehnat haqi darajasiga nisbatini ifodalaydi. Bu ko’rsatkichning iqtisodiy
58
PENSIYA ISHI
ma’nosi shundaki, pensiya miqdori xodimning oldin olib yurgan ish haqisining qancha qismini qoplay olish darajasini ifodalaydi.
Pensiya ta’minoti tizimining tashkil etilishida, birinchi navbatda, pensionerlarning moddiy ta’minotini etarli darajada ta’minlay olish hisobga olinadi, ya’ni pensionerning pensiyasi uning kundalik ehtiyojlarini qondira olishi zarur. Qoplash koeffitsienti pensionerning pensiyasi miqdorining mehnat qilgan davrida olgan ish haqining nisbati tarzida aniqlanadi. Umumiy makroiqtisodiy nuqtai nazardan mazkur ko’rsatkich o’rtacha pensiyaning o’rtacha oylik ish haqiga nisbati orqali aniqlanadi va 40 foizdan yuqori bo’lishi, ijobiy holat hisoblanadi.
O’zbekistonda umumiy belgilangan pensiyaga chiqish yoshi 1956 yilda sobiq Ittifoq mamlakatlari fuqarolarining pensiya ta’minoti qonunchiligi bilan belgilangan miqdorda (ayollarga 55 yosh, erkaklarga 60 yosh) saqlanib turibdi. O’sha davrning statistikasiga nazar soladigan bo’lsak, o’rtacha umr ko’rish davomiyligi 47 yoshni tashkil etganligini ta’kidlash o’rinlidir. O’rtacha umr ko’rish davomiyligi ko’rsatkichi so’ngi yillarda o’sish tendentsiyasiga ega bo’lib, jumladan, 1991 yilda ushbu ko’rsatkich 66,4 yoshni tashkil etgan bo’lsa, 2000 yilda 70,8 yoshni, 2010 yilda 73,0 yoshni, 2017 yilda 73,8 yoshni (ayollarda - 76,2 yosh, erkaklarda - 71,4 yosh) tashkil etgan.
Pensiya ta’minoti milliy g’oyani aks ettiradi hamda milliy iqtisodiy siyosat markazida turadi. Oxirgi o’n yilliklar mobaynida ko’p mamlakatlar o’zlarining amaldagi pensiya tizimlarini ijtimoiy-iqtisodiy va demografik sharoitlarining o’zgarishi bilan bog’liq bo’lgan isloh qilish zarurati bilan to’qnash kelmoqdalar.
XXI asr boshlarida jahon mamlakatlarida avlodlar birdamligi va jamg’arish tizimlariga asoslangan pensiya tizimlari amal qilmoqda. Birdamlik pensiya tizimi avlodlar, ish beruvchilar va ishlovchilar, yuqori va past ish haqi oluvchi xodimlar birdamligiga asoslangan va u birdamlik tamoyili asosida moliyalashtiriladn. Birdamlik pensiya tizimi davlatga tegishli bo’lib, uni korxona yoki bir tarmoq miqyosida tashkil etish mumkin emas. Birdamlik tizimining muhim jihati shundaki, u qayta taqsimlash tamoyiliga asoslanganligi uchun pensionerlar o’rtasida qashshoqlikni jiddiy kamaytiradi.
Avlodlar birdamligi tamoyiliga qurilgan O’zbekiston Respublikasining pensiya tizimi ham oxirgi yillar davomida qator o’zgarishlarni boshidan kechirdi, bu o’zgarishlar birinchi navbatda mamlakat iqtisodiyotini bozor sharoitlariga moslashtirish va bozor munosabatlariga o’tish bilan bog’liq bo’ldi. Jahon amaliyoti asosida davlat pensiya tizimining moliyaviy resurslari davlatning mustaqil byudjetdan tashqari fondiga - Pensiya jamg’armasiga biriktirildi, pensiya ta’minotida sug’urtaviy tamoyillar mustahkamlanib bordi, butunlay yangicha bo’lgan jamg’arib boriladigan pensiya ta’minoti tizimi shakllandi.
Shu bilan bir qatorda, mustaqillik yillarida mamlakatimiz pensiya tizimining tashkiliy va qonuniy-huquqiy asoslari ham shakllanib, takomillashib bordi. Bu boradagi dastlabki qadam bo’lib O’zbekiston Respublikasining “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to’g’risida”gi Qonuni (1993-yil 3 sentyabr) ning qabul qilinishi bo’ldi. Ushbu qonun va hukumatimiz tomonidan qabul qilingan boshqa me’yoriy hujjatlar amaldagi pensiya ta’minoti tizimining huquqiy asosini tashkil etdi. Bu qonunning mohiyatini pensionerlarning jamiyatda tutgan o’rni, bozor
59
PENSIYA ISHI
iqtisodiyoti sharoitida ularni huquqiy va ijtimoiy jihatdan himoyalash, pensiya miqdorini bevosita mehnat stajining davomiyligi va ish haqi miqdoriga bog’liqligini ta’minlash tashkil etadi.
Turli mamlakatlar milliy pensiya tizimlarining shakllanishida quyidagi ikki yondoshuv asos bo’lib xizmat qilgan: birinchi yondoshuvga ko’ra, pensiya tizimiga tortilgan barcha fuqarolar uchun pensiya daromadining minimal hajmi kafolatlansa, ikkinchi yondoshuv bo’yicha pensiya - ish haqining zaxiralanuvchi qismi bo’lib, sug’urtalangan xodimga uning pensiyaga chiqish oldidagi daromadiga monand moddiy ta’minotga ega bo’lishni kafolatlaydi. Aksariyat pensiya tizimlarining asosini, ularning institutsional tuzilishi yoki qo’llaniladigan moliyaviy mexanizmlaridan qat’iy nazar, ijtimoiy pensiya sug’urtasi tamoyillariga qurilgan pensiya dasturlari tashkil qiladi.
Mamlakatdagi demografik vaziyat va uning pensiya ta’minotiga ta’siri
Ma’lumki, demografik holat va uning o’zgarish ko’rsatkichlari prognozlari pensiya ta’minotini isloh qilish yo’nalishini belgilovchi eng asosiy omildir. O’zbekiston Respublikasi doimiy aholisi soni 2018 yilda 32 778,4 ming kishini tashkil etib, 2017 yilda 533,4 ming kishiga yoki 1,7 %ga o’sgan. Jumladan, shahar aholisi soni 16533,9 ming kishini (50,6 %), qishloq aholisi soni 16120,0 ming kishini (49,4 %) tashkil etdi.
2018 yil holatiga eng ko’p aholi soni Samarqand viloyatida 3719,6 ming kishini (respublikadagi ulushi 11,4 %ni), keyingi o’rinlarda Farg’ona viloyatida 3620,1 ming kishini (11,1 %), Qashqadaryo viloyatida 3148,1 ming kishini (9,6 %), Andijon viloyatida 3011,6 ming kishini (9,2 %) tashkil etdi. 2018 yil oktyabr holatiga aholisi soni 3 mln. kishidan oshgan hududlar soni 4 tani tashkil etdi.
O’zbekistonda mehnat resurslarining holati haqida fikr yuritadigan bo’lsak,
yilda - 32 mln. 778,4 ming kishi, ulardan mehnat resurslari - 18 mln. 792,2 ming kishi (57,3%), ularning tarkibidagi iqtisodiy faol aholi - 14 mln. 569,5 ming kishi (77,5%), iqtisodiy faol bo’lmaganlar - 4 mln. 222,7 ming kishi (22,5%), iqtisodiy faol aholidan mehnat bilan bandlar - 13 mln.219,9 ming nafarni tashkil etadi. Shulardan rasmiy sektorda - 5 mln. 317,3 ming kishi (40,2 %), norasmiy sektorda - 7 mln. 902,6 ming kishi (59,8 %) hamda xorijga norasmiy ishga ketganlar - 2 mln. 644,3 kishini tashkil etadi. Mamlakatimizda mehnatga muhtoj shahslar - 1 mln. 349, 1 ming kishini tashkil etib, amalda ishsizlik darajasi - 9,3% dir.
Mehnat maoshi va pensiya miqdori. 2018 yil yanvar-sentyabr oylarida O’zbekiston Respublikasida o’rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqi 1 684,5 ming so’mni tashkil etib, 2017 yilning mos davriga nisbatan 22,9%ga o’sishni ta’minladi. Sohalar kesimida o’rtacha ish haqi quyidagicha:
moliya, bank va sug’urta xodimlari - 3 213, 1 ming so’m;
sanoat sohasida - 2 550,9 ming so’m;
transport sohasida - 2 361, 2 ming so’m;
ta’lim sohasida - 1 275,8 ming so’m (o’rtacha maoshning - (75,7 %);
60
PENSIYA ISHI
sog’liqni saqlash sohasida - 1085,7 ming so’m; (64,5 %).
“Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to’g’risida”gi qonunning 26-
moddasiga ko’ra: pensiyaning bazaviy miqdori mazkur qonun bo’yicha kuyidagi pensiyalarning bazaviy miqdori belgilanadi:
yoshiga doir - hisob uchun qabul qilingan o’rtacha ish haqqining 55 foizini tashkil etishi (31 va 33 moddalarda), va rasmiy tasdiqlangan minimal miqdordagi yoshiga doir pensiyaning 100 % dan kam bo’lmasligi lozim. O’zbekistonda 2019 yil 1 avgustidan26 minimal ish haqqi va minimal pensiya miqdorlari. Eng kam ish haqi - oyiga 223 000 so’m; minimal mehnat pensiyasi va yoshlikdan nogironlik nafaqasi - oyiga 436 150 so’m.
Pensiya tizimini isloh qilishning tahminiy muddatlari haqida. O’zbekistonning davlat pensiya tizimini islox qilishga 2025 yildan keyin amalga oshirish zarurligi:
2022 yili O’zbekiston aholisini Umumro’yhatdan o’tqazilgandan so’ng;
aholi soninning yoshi va jinsi xolatining tahlili va shu tahlil natijasi asosida aholi sonining miqdori;
2050 yilgacha bo’lgan demografik o’sishi prognozi ma’lum bo’lgandan
so’ng;
O’zbekiston aholisining demografik rivojlanish Konsepsiyasi qabul qilingandan so’ng.
Yuqorida qayd etilgan tadbirlar pensiya islohoti uchun nima afzalliklari keltiradi?
Aholi kategoriyalari orasida: mehnatga layoqatlilar; pensiya oldi yoshdagilar; jinsiy va malakaviy ko’rsatkichlar muvozanatini aniqlashtiradi.
Pensiyaga chiqish imtiyoziga ega bo’lganlar: mehnat nogironlari; tug’ma kasalliklarga duchor bo’lganlar; ko’p bolalik ayollar miqdoriga aniqlik kiritiladi.
Pensiya jamg’armasiga zarur bo’lgan qo’shimcha moliyaviy manbalar hal etilmaganligi.
Hayoti va sog’ligi uchun o’ta havfli va zararli ishlab chiqarish muhiti bo’lgan korxonalar va sohalarning ishchi-xodimlarini imtiyozli pensiyaga chiqarishni o’sha sohalar va ularning kasaba uyushmalari hisobidan moliyaviy qoplash muammosi hal etilmagan.
Ichki ishlar Vazirligi, Mudofa vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Bojhona va Soliq qo’mitalarda xizmat qilgan oddiy xodimlarning ijtimoiy ta’minot va pensiya to’lovlari xarajatlarini davlat ijtimoiy jamg’armalari hisobidan amalga oshirish zarur.
Pensiya jamg’armasi xarajatlari tarkibining ushbu tashkiliy-huquqiy o’zgarishlari Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasining 30-35 % maqsadsiz xarajatlarini kamayishiga va Pensiya jamg’armasiga umumiy tushumlar miqdorining sezilarli oshishiga olib kelgan bo’lar edi.
26 O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 12 iyuldagi “Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar miqdorini oshirish to’g’risida”gi PF-5765-son Farmoni.
61
PENSIYA ISHI
Pensiya tizimini isloh qilishning asosiy maqsadi pensiya miqdorining oshishidir:
Bozor sharoitida bo’lajak pensionerning pensiya miqdori mehnat davomiyligi bilan emas, avvalam bor, pensiya sug’urtasi davomiyligi (staji) va pensiya jamg’armasiga muntazam to’lanib boriladigan badallar miqdoriga bog’liq bo’lishi zarur.
Byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasiga to’lanadigan majburiy badallar tarifi ish beruvchi va yollanma ishchilar o’rtasida teng tarzda (50-50%) belgilanishi zarur.
Hozirgi davrda ushbu majburiy to’lovlar korxonalar hisobidan 24,8 % tashkil qiladi va bozor sharoitida byudjet tashkilotlariga va, ayniqsa, korxonalar maxsulotining tannarxini oshirib, ularning raqobatbardoshlik qudratiga salbiy ta’sir ko’rsatmoqda.
Ish beruvchi va yollanma ishchilar o’rtasida Pensiya jamg’armasiga majburiy badallar to’lovini teng tarzda amalga oshirish ishchilarning pensiya to’lovlari miqdorini oshib borishiga manfaatini va bo’lajak pensiya miqdori shakllanishini nazorat qilish imkonini kuchaytiradi.
Bahs-munozara va nazorat uchun savollar: Pensiya ta’minotining ijtimoiy mohiyatini tushuntirib bering.
Doimiy aholi sonining o’zgarishi pensiya ta’minoti tizimiga qanchalik ta’sirga ega?
Jahonda aholini itimoiy himoya qilish modellarini tushuntirib bering.
Jahonda pensiya tizimi modellarini tushuntiring.
Davlat ijtimoiy siyosati doirasida qanday tadbirlar amalga oshiriladi?
Pensiya ta’minoti tizimining maqsadlarini tushuntiring.
Pensiya ta’minoti tizimini baholovchi indikatorlarni tushuntirib bering.
Pensiya ta’minoti tizimiga ta’sir etuvchi qanaqa omillarni bilasiz?