sug urtalanganaholi soni sug; urtalanganda ro madia r ^ ^ ish bilan band aholi soni aholining barcha daromadlari Formuladan ko’rinib turganidek, sug’urta bilan qamrab olingan aholi soni (yoki aholi daromadlari) qancha ko’p bo’lsa, K1 koeffitsient 1 ga shuncha yaqin bo’ladi va pensiya tizimining ijtimoiy himoya qilish samaradorligi shuncha yuqori bo’ladi.
Pensiya tizimi tahlilida, uning amaldagi holatiga baho berishda pensiya ta’minotida aholining ishtiroki darajasi muhim ko’rsatkichdir. Bilamizki, aholining birdamlashgan pensiya tizimi barqaror bo’lishida unda ishtirok etuvchilar soni va darajasiga etibor qaratiladi, pensiya tizimlari tomonidan amalga oshirilayotgan ijtimoiy himoyaning samaradorligini belgilash imkonini beradi. Mazkur koeffitsient nazariy jihatdan birga teng bo’lishi mumkin, lekin buni amalda iloji yo’k, sababi barcha mehnatga yaroqli aholini ish bilan 100 foiz ta’minlash amalda mumkin emasligi ilmiy jihatdan isbotlangan. Shu nuqtai nazardan qamrov
57
PENSIYA ISHI
koeffitsienti qanchalik birga yaqin bo’lsa, pensiya tizimi shunchalik yaxshi yo’lga qo’yilgan bo’ladi va aksincha.
Xalqaro mehnat tashkilotining tavsiyasiga ko’ra, fuqarolarning pensiya ta’minoti tizimi barqaror faoliyat yuritishi uchun pensiya ta’minoti tizimiga sug’urta badali to’lovchilar sonining pensiya oluvchilarga o’zaro nisbati 4 : 1 darajada bo’lishi ijobiy holat hisoblanadi. Ammo, mazkur ko’rsatkich jahonning aksariyat rivojlangan mamlakatlarida ham iqtisodiy jihatdan kam rivojlangan mamlakatlardagi kabi tavsiya etilganidan birmuncha yomonroqdir. Bu ko’rsatkichning holatiga umumiy holda mehnatga layoqatli aholining pensiya ta’minotiga qamrab olinish darajasining pastligi, bu holat mamlakatdagi iqtisodiy vaziyat yomonlashgan, ishsizlik darajasi ortgan, natijada pensiya tizimida qatnashuvchilar soni kamaygan holatlarda yuzaga keladi va bunday holatning uzoq muddat surunkali davom etishi pensiya tizimida inqirozlarni keltirib chiqaradi. Pensiya ta’minotiga qamrov darajasi yuqori bo’lgan rivojlangan mamlakatlarda esa pensionerlar salmog’ining yuqoriligi ta’sir ko’rsatadi. Ammo, uchinchi holatni ham unutmaslik kerakki, pensiya tizimiga uzoq yillar davomida aholining qamrab olinmasligi, mehnatga layoqatli aholining kattagina qismi pensiya tizimidan chetda qolishi oqibatida ma’lum davr o’tib faqat pensiya tizimida ishtirok etib pensiyaga chiqqanlar va tizimga badal to’lovchilar o’rtasidagi nisbat barqaror bo’lishi mumkin, bu holga yuqorida ko’rib o’tilgan qamrov koeffitsienti orqali baho beriladi.
Bosim koeffitsienti (K2) pensiya va nafaqalar oluvchilar sonining sug’urtalangan (real sektorda ishlovchi) aholining umumiy sonidagi ulushi kabi aniqlanadi. Uning sondagi ifodasi pensiya yoki nafaqalarni olish huquqini beruvchi shartlarga, shuningdek, mehnat staji hamda aholining yosh tarkibiga (yoshga doir pensiyalar bo’yicha) bog’liq bo’ladi: