Personalni boshqarish xizmatida ish yuritish va axborot texnologiyalari



Yüklə 65,69 Kb.
səhifə3/11
tarix21.05.2023
ölçüsü65,69 Kb.
#119171
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
15-mavzuPB

1. Tashkiliy-farmoyish tizimi. Bu tizim tarkibida quyidagilar mavjuddir:

  • tashkiliy hujjatlar (nizom, qoidalar, yo‘riqnomalar);

  • farmoyish hujjatlari (qaror, buyruq, farmoyish);

  • ma’lumot-axborot hujjatlari (holatlar, xizmat yozishmalari, tushuntirish xati, ma’lumotlar, arizalar, taqdimnomalar, bayonnomalar va hokazolar);

  • personal bo‘yicha hujjatlar (xodimlar bo‘yicha buyruqlar, mehnat shartnomasi, shaxsiy varaqa, mehnat daftarchasi. Anketa, tarjimai hol, tavsiyanoma, pensiya hujjatlari bo‘yicha hujjatlar).

  • fuqarolar murojaatlari bo‘yicha hujjatlar.

  1. Reja hujjatlari (kadrlar masalalari bo‘yicha reja topshiriqlari yoki mutaxassislarga buyurtmalar, xodimlar soni, ular mehnatiga haq to‘lash, kadrlarni qayta tayyorlash va malaka oshirish bo‘yicha rejalar).

  2. Hisobot-statistika hujjatlari (xodimlar soni, ish vaqti balansi, ish haqi, mehnat unumdorligi, ishdan bo‘shatish va hokazolar bo‘yicha statistika hisobotlari).

  3. Ijtimoiy ta’minot bo‘yicha hujjatlar (nafaqalar, imtiyozlar, ijtimoiy sug‘urta va hokazolarga oid hujjatlar).

Personalni boshqarish xizmatining har bir bo‘linmasi hujjatlarni o‘z funksiyalariga asosan yaratadi, rasmiylashtiradi va ijrosini ta’minlaydi. Bu hujjatlarning aksariyati korxona yoki tashkilot ichkarisida foydalanishga mo‘ljallanganligi sababli ular bilan ishlash tartibi ichki nizomlar, qoidalar va yo‘riqnomalarda belgilab qo‘yiladi.
Personal bilan ishlash xizmatining tashkiliy-kadrlar hujjatlari mavjud bo‘lib, ular korxona va tashkilot tarkibi, shtatlar jadvali, personal to‘g‘risidagi nizom, xizmat yo‘riqnomasi, ichki ish tartibi qoidalaridan iboratdir.
Korxona va tashkilot tarkibi alohida hujjat shaklida rasmiylashtirilib, unda barcha tarkibiy bo‘linmalar, lavozimlar nomlanishi va har bir lavozim bo‘yicha shtat birliklari mikdori ko‘rsatiladi.
SHtatga muvofiq shtatlar jadvali ishlab chikariladi. SHtatlar jadvalida personal lavozimlari va miqdori, ish haqi fondi qayd etilgan bo‘ladi. SHtatlar jadvali korxona yoki tashkilot blankida rasmiylashtirilib, unda quyidagi rekvizitlar: korxona yoki tashkilotning nomlanishi, hujjatning nomlanishi, u rasmiylashtirilgan sana, tartib raqami, manzil ko‘rsatiladi hamda rahbar imzosi va muhr bo‘ladi. SHtatlar jadvali jadval tarzida bo‘lib, unda korxona yoki tashkilot tarkibiy bo‘linmalari, xizmatlari, lavozimlar, shtat birliklari miqdori, O‘zbekiston Respublikasi YAgona tarif setkasiga muvofiq mehnatga haq to‘lash razryadlari, tarif koeffitsientlari, ustamalar va qo‘shimcha to‘lovlar, ish haqi yillikfondi ko‘rsatiladi.
SHtatlar jadvali korxona yoki tashkilot tomonidan mustakil ravishda tuziladi va belgilangan tartibda rasmiylashtiriladi.

Yüklə 65,69 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin