Qisqacha xulosalar
Personalni boshkarish samaradorligini oshirishda hujjatlarni rasmiylashtirish, ular bilan ishlash, mazkur xizmatda ish yuritishni oqilona tashkil etish muhim ahamiyatga ega.
Korxona va tashkilotlar faoliyati turli sohalarini O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, farmoyishlari, qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari, farmoyishlari, vazirlik va idoralarning me’yoriy hujjatlari bilan muvofiqlashtiriladi.
Hujjatlarni saqlash tizimi — bu hujjatlarni saqlash, izlash, korxona, tashkilot joriy faoliyatida ulardan foydalanishga qaratilgan hisobga olish va tartibga solish vositalari majmuasidir.
Personalni boshqarish axborot ta’minotining asosiy maqsadi — oqilona qarorlar qabul qilish uchun manba vazifasini o‘taydigan mavjud ma’lumotlar bilan ishlash, ularni tahlil qilish va umumlashtirishdan iborat.
Dostları ilə paylaş: |