Personalni boshqarish xizmatida ish yuritish va axborot texnologiyalari


Ishga joylashtirish, kadrlarni hisobga olish va ular bilan ishlashga oid hujjatlarga



Yüklə 65,69 Kb.
səhifə6/11
tarix21.05.2023
ölçüsü65,69 Kb.
#119171
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
15-mavzuPB

Ishga joylashtirish, kadrlarni hisobga olish va ular bilan ishlashga oid hujjatlarga quyidagilar kiradi:
mehnat shartnomasi; xodimning shaxsiy varaqasi; personalning shaxsiy ishlari; mehnat daftarchasi.
Mehnat shartnomasi yozma holda ikki nusxada rasmiylashtirilib, xodim va ish beruvchi tomonidan imzolanadi. Uning bir nusxasi xodimga beriladi, ikkinchisi ish beruvchida saklanadi.
Mehnat shartnomasi rekvizitlari quyidagilardan iborat bo‘lishi kerak:

  • mehnat shartnomasini tuzgan xodim va ish beruvchining (ish beruvchi jismoniy shaxs bo‘lsa) ismi-sharifi;

  • korxona yoki tashkilot tarkibiy bo‘linmasi ko‘rsatilgan holda ish joyi;

  • ishga kiritish sanasi;

  • korxona yoki tashkilot shtatlar jadvaliga yoki aniq mehnat funksiyasiga muvofiq lavozimi, ixtisosligi, kasbi (malakasi ko‘rsatilgan holda);

  • xodimning huquq va majburiyatlari;

  • ish beruvchining huquq va majburiyatlari;

  • mehnat sharoitining tavsifi, og‘ir, zararli yoki xavfli sharoitlarda mehnat qilish uchun xodimga kompensatsiya va imtiyozlar;

  • mehnat qilish va dam olish rejimi;

  • mehnatgahaqto‘lash shartlari;

  • mehnat faoliyati bilan bog‘liq ijtimoiy sug‘urta turlari va shartlari.

Mehnat shartnomasida xodim uchun sinov muddati, davlat xizmati, tijorat va qonun bilan muhofaza qilinadigan boshqa sirlarni saqlash majburiyati, xodimning u o‘qitilgandan so‘ng muayyan muddat davomida mazkur korxona yoki tashkilotda ishlab berish majburiyati (agar o‘qitish xarajatlari korxona yoki tashkilot tomonidan qoplangan bo‘lsa) va hokazolar ham ko‘rsatilishi mumkin.
Xodimning shaxsiy kartochkasi kadrlar tarkibini tahlil etish hamda ularni lavozimida siljishlarini hisobga olishni ta’minlaydigan hujjathisoblanadi.
Hozirgi vaqtda xodimning shaxsiy varaqasi kompьyuterda, elektron ma’lumotlar bazasida joylashtirishga mo‘ljallangan holda ham tuzilmoqsa.
Xodimning shaxsiy varaqasi arxivda uning shaxsiy ishidan alohidaholda saqlanadi.

Yüklə 65,69 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin