Personalni boshqarish samaradorligi bu — tizimda hujjatlarni rasmiylashtirish, ular bilan ishlash, mazkur xizmatda ish yuritishni oqilona tashkil etishga ham ko‘p jihatdan bog‘likdir.
Har bir korxona va tashkilotning personalni boshqarish xizmati xodimlaridan amaldagi qonunchilik me’yorlarini chuqur bilishlari, ularga qat’iy amal qilishlari talab qilinadi. Bugungi kunda korxona va tashkilotlar faoliyati turli sohalarini muvofiq-lashtirishga qaratilgan huquqiy me’yorlarning eng asosiylari qatorida quyidagilarni keltirish mumkin:
Korxona va tashkilotlarning personalni boshqarish xizmatlari o‘z faoliyatida, ayniqsa ish yuritishda O‘zbekiston Respublikasining quyidagi qonunlariga qat’iy amal qilishlari talab qilinadi:
Davlat tili to‘g‘risida;
Standartlashtirish to‘g‘risida;
Arxivlar to‘g‘risida;
Elektron imzo to‘g‘risida.
Personalni boshqarish xizmatida ish yuritishni to‘g‘ri tashkil etish ayniqsa muhimdir.
Ish yuritishatamasi ilmiy muomalaga vama’muriy amaliyotga XVIII asrning ikkinchi yarmidan kirib kelgan bo‘lib, qaror qabul qilish yoki „ish yuritish” bilan bog‘liqfaoliyatni anglatadi. Hozirgi vaqtda ish yuritish korxona, tashkilot, muassasa ma’muriy boshqaruv faoliyatining tarkibiy qismi hisoblanib, hujjatlashtirish hamda rasmiy hujjatlar bilan ishlashni, hujjat-axborot bazasini tashkil etishni anglatadi.
XX asr oxiriga kelib, ilmiy adabiyotda „ish yuritish" tushun-chasining sinonimi sifatida „boshqaruvni hujjatlar bilan ta’minlash"atamasi qo‘llanila boshlandi.