tavsiflashda tegishli adabiyot taqrizi va mutaxassislar fikrini oʻrganish.
Ushbu boshlangʻich qadam taʼlim sohasidagi mutasaddilar targʻib
qilmoqchi boʻlgan ijodiy fikrlash koʻnikmasini, 15 yoshli oʻquvchining
qoʻlidan keladigan kreativ yondashuv turlarini hamda PISA orqali
mazmunli va ishonchli baholash mumkin boʻlgan kreativ yondashuv
turlarini aniqlab beradi.
B. Konstrukt tavsifi: PISA testi aniqlashi kerak boʻlgan aniq konstruktni
belgilash hamda ushbu sinov asnosida test qilinayotganlarning
xususiyatlari haqida da’volarni aniqlashtirish. ITD terminologiyasida
bu qadam, odatda, «ko‘nikmalarni aniqlash» yoki «o‘quvchi modeli»
deb ataladi (Shute va boshqalar., 2016 [25]).
C. Isbotlarni aniqlash: test qilinuvchi haqidagi keyingi da’volarni qoʻllab-
quvvatlash uchun test natijasida olingan dalillarni taʼriflash (yaʼni,
baholanayotgan qobiliyatlarni namoyish qiluvchi xatti-harakatlar,
misol uchun o‘quvchi tanlagan, yozgan yoki yaratgan narsalar). ITD
terminologiyasida bu «isbot modeli» deb nomlanadi. Ushbu qadamda
vazifalarni baholash uchun hamda barcha vazifalar bo‘yicha baholarni
jamlash uchun qoidalar ishlab chiqiladi.
D. Vazifani loyihalashtirish: PISA baholashining cheklovlari doirasida
koʻzlangan dalillarni keltirib chiqaruvchi vazifalar turkumini aniq-
lash, nazariy asoslash hamda tatbiq etish. Ushbu bosqich ITD ter-
minologiyasida «vazifa modeli» deyiladi.
E. Testni shakllantirish: vazifalarni talab qilingan davolarni yetarlicha
isbot bilan qo‘llab-quvvatlaydigan test formatiga oʻtkazish. ITD ter-
minologiyasida bu «shakllantirish modeli» deb ataladi.
F. Madaniyatlararo validlikni ta’minlash: barcha sinov instrumentlari
boshqa mamlakat va oʻzga madaniyatga ega jamiyatlarda ham ishonchli
va taqqoslanishi mumkin boʻlgan dalillarni berayotganiga amin boʻlish.
Bu bosqich, odatda, ITD yondashuvida muhokama qilinmaydi, lekin u
PISA doirasida oʻta muhimdir.