|
mumkin. Masalan, past temperaturada oq qalayning, kulrang qalayga o‘tishini 0,001%
|
səhifə | 3/5 | tarix | 05.12.2023 | ölçüsü | 1,03 Mb. | | #173783 |
| 8-amaliy
mumkin. miqdoridagi Bi to‘xtata olsa, bu jarayonni 0,1% miqdorda qo‘shilgan Al tezlatishi mumkin bo‘lgan holda, 0,75% qo‘shilgan germaniy kulrang qalayni 60°C gacha stabillashtirib qo‘yadi. Izamarfizm Malumot Har xil tarkibli kristallangan moddalarning kristall strukturasi bir xil bo‘lib, tarkibi uzluksiz o‘zgaruvchan aralashmalar hosil qilish qobiliyati ko‘p jihatdan izmorfizmga, ya’ni kimyoviy elementlarning o‘xshash tarkibli kimyoviy birikmalarda bir-birini almashtira olish xususiyatiga asoslanadi . Shuning uchun izomorfizm termini ikki bir-biriga yaqin tushunchalarni ifodalashda ishlatiladi. Birinchisi, turli kimyoviy tarkibdagi kristallarning formalari va strukturalari bir-biriga juda yaqin bo‘lgan holda, ikkinchisi, o‘zgaruvchan tarkibli birikmalarda strukturani o‘zgartirmay bir atomning (yoki ionning) o‘rnini ikkinchi bir atom (yoki ion) almashtirgan holda izomorfizmga xos bo‘lgan ikkinchi tushunchani ko‘rib chiqamiz. Kristall panjaradagi atom yoki ionlarning o‘rin almashishi quyidagi hollarda bajariladi: strukturaviy birliklar geometrik va kimyoviy jihatdan bir-biriga yaqin bo‘lgan hollarda. Kimyoviy yaqin bo‘lishi uchun atom va ionlarning valentligi, kimyoviy bog‘lanish turi, qutblanishi bir xil bo‘lishi, geometrik yaqin bo‘lishi uchun atom, ion radiuslari va xajmlari (farqi 5-7% dan ortmasligi kerak) bir xil bo‘lishi hisobga olinadi. . Izomorfizmning ikki holati ma’lum. Birinchisi oddiy bo‘lgan ya’ni bir xil valentli elementlarning o‘rin almashishi bilan sodir bo‘ladigan izomorfizm. Izomorfizmning bu turi izovalent izomorfizm deyiladi. Ikkinchisi murakkab bo‘lgan, ya’ni turli valentli elementlarning o‘rin almashishi bilan sodir bo‘ladigan
Dostları ilə paylaş: |
|
|