Portret janrida aftoportret kompozitsiyasini ishlash bosqichlari



Yüklə 1,92 Mb.
səhifə4/14
tarix06.06.2023
ölçüsü1,92 Mb.
#125800
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Sh.Dilrabo BMI

Rangtasvir — tasviriy san’at turi bo‘lib, unda tasvir yoki kartina ranglar orqali matoning qattiq yuzasida yaratiladi. Yorug‘- soya, qo‘yilgan rangning ta’sirchanligi, faktura va kompozitsiya, kolorit kabi vositalar predmetlarning hajmi, shakli, o'ziga xosligi, kengligi, teranligi va yorug` havo muhitini yaratish imkoniyatini beradi. Rangtasvir turg‘un va vaqtincha rivojlanish holatini, sokinlik va his-hayajonli ruhiy to‘laqonlilik, bir daqiqalik o‘tkinchi vaziyat, harakat taassurotini ko‘rsatib bera oladi. Rangtasvirda keng hikoya qilinuvchi va murakkab sujetli tasvir bo‘lishi mumkin. Bu holat nafaqat real borliqni ko‘z bilan ko‘rar darajada yaqqol ko‘rsatish, balki hayotning keng manzarasini ifoda etish imkonini beradi. Shuningdek, rangtasvirda tarixiy jarayonlarning
mohiyati ochib beriladi, insonning ichki kechinmalari ifoda etiladi. G‘oyaviy-badiiy imkoniyatlarining kengligi bilan rangtasvir voqelikni badiiy ifoda etish va borliqni talqin qilishda muhim ijtimoiy mazmun va turli-tuman g'oyaviy vazifalarni bajarishi mumkin.16 Rangtasvirning quyidagi turlari mavjud: 1.Dastgohli rangtasvir. 2. Monumental rangtasvir. 3. Miniatyura rangtasviri. 4.Dekorativ rangtasvir. 5. Teatr dekorativ rangtasviri. Dastgohli rangtasvir deganda rassomlarning maxsus asbob-dastgoh (molbert) yordamida ishlaydigan suvratlari tushuniladi. Dastgohli rangtasvir asarlari uncha katta bo’lmagan o’lchovda yuqorida qayd qilib o’tilganidek mato, karton, oyna, faner
kabi tekis yuzali materiallarga moybo’yoq, akvarel, guash, tempera bo’yoqlari bilan ishlanadi. Bunda ko’pincha moybo’yoq qo’llaniladi. Monumental rangtasvir atamasi monumental (maxobatli), ya’ni katta o’lchovdagi, rangtasvir ma’nosini anglatadi va u ko’pincha binolarning ichki va tashqi devorlariga tempera bo’yoqlari bilan ishlanadi. Monumental rangtasvir asarlarining freska, mozaika, vitraj, panno kabi turlari mavjud. Freskalar asosan bino devorlariga, pannolar esa matolarga bo’yoqlar bilan ishlanadi.
Mozaika — turli tabiiy va ikkilamchi matеriallar — rangli oyna parchalari, toshlar, sintеtik matеriallardan bino dеvorlariga yoki tеkis matеriallar ustiga ishlanadi.
Vitraj panno– esa binolarning dеraza, eshik, oynalari ustiga bo`yoqlar yordamida ishlanadi. Vitrajlar uy ichkarisi va tashqarisidan ham bir xil ko`rinadi.
Miniatyura - (mo'jaz) rangtasviri dеyilganda bеjirim, juda kichik, jajji, nozik san'at asarlari tushuniladi. Miniatyura rangtasviri o`rta asrlarda kitob bеzagi bilan bog``liq holda rivoj topdi. U kitoblardagi bosh, yakuniy bеzak, zarhal harf, illyustratsiyalardan iborat bo`lgan. Rangtasvirning bu turi Sharqda, shu qatori Movarounnahrda katta shuhrat qozongan. Hozirda u mustaqil san'at turi sifatida nafaqat kitoblarni, balki turli quticha, tomosha qovoq kabilarni bеzatishda hamkеng qo`llanilmoqda. Shuningdеk, bu tur mustaqil san'at sifatida yildan-yilga ommalashib bormoqda.17

Yüklə 1,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin