Suyuqlikni “ideal” deganda hech qanday ichki ishqalanish yoki yopishqoqlik bo’lmagan suyuqlik tushuniladi. Real suyuqliklar uchun tenglamalar murakkab va ular kompyuter texnikasida amalga oshiriladi
Suyuqlikni “ideal” deganda hech qanday ichki ishqalanish yoki yopishqoqlik bo’lmagan suyuqlik tushuniladi. Real suyuqliklar uchun tenglamalar murakkab va ular kompyuter texnikasida amalga oshiriladi.
Oquvchanlik – bosim ta’sirida jismning o’z shaklini o’zgartirish xossasi; bunda jism – bo’laklarga ajralib ketmaydi.
Suyuqlik agregat holati kondensirlangan hisoblanadi, ya’ni zarrachalar (atomlar, molekulalar, ionlar) bir-biri bilan bog’langan bo’ladi.
Suyuq jism shakli to’la yoki qisman shu bilan aniqlanadiki, bunda suyuqlik sirti o’zini elastic membrane sifatida tutadi. Suv tomchiga to’planishi mumkin.
Suyuqlik xatto o’zining harakatsiz sirti ostida oqishi mumkin, bu esa suyuqlik ichki qismlarining shakli saqlanmayotganini ko’rsatadi.
Suyuqlik molekulalari aniq bir holatga ega emas, ammo shu bilan birga harakatlanish uchun to’la erkinlikka ega emas.
Molekulalar bir-birini yaqin masofada ushlab turish uchun yetarlicha kuchli tortishish kuchiga ega.
Modda suyuq holatda ma’lum temperature intervalida mavjud, undan past temperaturada qattiq holatga o’tadi (kristallizatsiya yuz beradi yoki qattiq holdagi amorf holat – shishaga aylanadi).
Yuqori temperaturalarda gazsimon holatga o’tadi (bug’lanish yuz beradi). Bularning chegarasi bosimga mog’liq.
Yuqori temperaturalarda gazsimon holatga o’tadi (bug’lanish yuz beradi). Bularning chegarasi bosimga mog’liq.
Odatda modda suyuq holatda faqat bitta modifikatsiyaga ega (istisno holatlar – kvant suyuqliklari va suyuq kristallar).
Kvant suyuqliklari – bu shunday suyuqlikki uning xossalari kvant effektlari bilan aniqlanadi. T atrofida klassik fizika tushunchalari bo’yicha atomlar harakati to’xtashi kerak, atom massalari kichik moddalarda bunday bo’lmaydi. Atomlar o’rtasida kuchsiz o’zaro ta’sir bo’lib, ular suyuq holda qoladilar. Normal bosimda gelit T=0 da ham suyuq holatda qoladi.