Agar suyuqlik sirtining bir qismini muvozanat holatidan siljitilsa, u holda qaytaruvchi kuch tufayli sirt o’zining muvozanat holatiga qarab harakatlanadi. Bu harakat to’xtamaydi, balki tebranma harakatga aylanadi va boshqa qismlarga tarqaladi. Shunday qilib suyuqlik sirtida to’lqin hosil bo’ladi.
Agar qaytaruvchi kuch asosan og’rilik kuchi bo’lsa, u holda bunday to’lqinlarni gravitatsion to’lqinlar deyiladi.
Agar qaytaruvchi kuch sirt taranglik kuchi bo’lsa, u holda bunday to’lqinlarni kapillyarli to’lqinlar deyiladi.
Agar bu kuchlar bir-biriga yaqin bo’lsa, u holda bunday to’lqinni kapillyar-gravitatsionli to’lqinlar deyiladi.
Suyuq fazaning xuddi shu moddaning boshqa fazalari bilan muvozanatli mavjudligi uchun – modda gazsimon yoki kristallik bo’ladimi – aniq ma’lum bir shartlar bajarilishi kerak (masalan, aniq bir temperatura).
Shunga qaramay, tabiatda va texnikada suyuqlik bug’ bilan birga mavjud bo’ladi, yoki qattiq agregat holati bilan birga mavjud bo’ladi, masalan, suv bug’I va muz bilan. Bu hol quyidagi sabablar bo’yicha tushuntiriladi:
Nomuvozanat holat. Suyuqlik bug’lanishi uchun vaqt kerak, suyuqlik to’la bug’lanib ketguncha, u bug’ bian birga mavjud bo’ladi. Suv bug’lanishi va teskari jarayon-kondensatsiya sodir bo’ladi.
Yopiq hajm. Suyuqlik yopiq idishda bug’lanishni boshlaydi, lekin hajm cheklangani uchun bug’ bosimi ortadi, u suyuqlik to’la bug’lanib bo’lishidan avval to’yinadi, agar uning miqdori yetarlicha ko’p bo’lgan bo’lsa.
To’yinish holatiga erishilganida bug’lanayotgan suyuqlik miqdori kondensatsiyalanyotgan suyuqlik miqdoriga teng, Sistema muvozanat holatiga keladi. Shunday qilib, cheklangan hajmda suyuqlik va bug’ muvozanatli mavjud bo’lish sharti o’rnatiladi.