Preparatlar katalogi



Yüklə 12,08 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/9
tarix31.01.2017
ölçüsü12,08 Mb.
#6749
1   2   3   4   5   6   7   8   9

AMPROVET 

25%

Kukuni


68

69

Barcha batafsil ma’lumotlar



 www.biokombinat.uz saytida

QO’LLASH UCHUN KO’RSATMA:

 

«Toltroks  2,5%»  broylerlar,  kurkalar,  g’ozlar  va  o’rdaklarning  koksidiozlarida,  davolash-profilaktika 



maqsadida qo’llanadi.

Preparat parrandalarga to’shamasida koksidiyalar miqdorining o’ta yuqori darajasiga yetganda (10 – 20 

ming/g), shuningdek parrandalarda kasallikning klinik alomatlari paydo bo’lganda belgilanadi.

1 ml preparat tarkibi:

Toltrazuril 

 25 mg


QO’LLASH TARTIBI VA MIQDORI: 

 

«Toltroks 2,5%» ichimlik suvi bilan, quyida keltirilgan sxemalardan biriga muvofiq, qo’llanadi:



a)   ikki kun ketma-ket, parrandaning 1 kg tana vazniga 7 mg toltrazuril dozasida (parrandaning 

100 kg tana vazniga 28 ml preparat), uning ekvivalent miqdori 1 l ichimlik suviga 1 ml preparat 

bo’lib, uni 48 soat davomida ichiriladi. 

b)   1 l ichimlik suviga 3 ml preparat bo’lib, uni parrandaga 8 soat davomida ikki kun ketma-ket 

ichiriladi. 

 

Zarur bo’lganda, og’ir kasallik holatida, davolash kursi 5 kundan keyin takrorlanadi.



 

Davolash eritmasi (preparat suv bilan aralashtirilganidan keyin) 48 soat davomida o’z faol 

ta’sirini saqlab qoladi. Eritmalarning 1 l ichimlik suviga 1 ml «Toltroks 2,5%» miqdorida va undan 

yuqoriroq konsentratsiyasida, ya’ni 1:1000 nisbatida, cho’kma tushishi mumkin. Cho’kma paydo 

bo’lsa, eritmani ishlatishdan avval yaxshilab aralashtirish lozim.

Antiprotozoy

preparatlar

FARMAKOLOGIK XUSUSIYATLARI: 

Toltrazuril parrandalarda parazit sifatida yashovchi barcha koksidiyalarga nisbatan (E. acervulina, E. 

brunetti, E. necatrix, E. mitis, E. adenoides, E. meleagrimitis, E. anceris, E. truncata), shu jumladan boshqa 

koksidiyalarga qarshi preparatlarga chidamli shtammlarga nisbatan samarali ta’sir etadi. Preparatning 

tarkibiga kiruvchi toltrazuril eymeriyalarning hujayra ichidagi rivojlanishining barcha bosqichlariga 

koksidiotsid ta’sir ko’rsatadi.

Toltrazuril organizmga ta’sir etish darajasiga ko’ra o’rtacha xavfli moddalarga kiradi (GOST 12.1.007-76 ga 

muvofiq 3-xavflilik sinfi), tavsiya etilgan dozalarda va ulardan 10 baravar yuqori dozalarda parrandalarda 

nojo’ya holatlarni va asoratlarni keltirib chiqarmaydi, va koksidiozga immunitetning shakllanishiga 

to’sqinlik qilmaydi.

NOJO’YA TA’SIRLAR: 

Tavsiya etilgan dozalariga va qo’llash sxemalariga  rioya qilingan holda bo’lmaydi.

MAN ETILGAN HOLATLAR: 

«Toltroks 2,5%» tuxum qo’yadigan tovuqlarga qo’llanishi mumkin emas.

MAHSUS KO’RSATMALAR: 

«Toltroks 2,5%» parrandalar uchun yem qo’shimchalari, vitaminlar va boshqa 

dori vositalari bilan birgalikda qo’llanishi mumkin.

KUTISH DAVRI: 

Parrandani go’sht uchun so’yish dori vositasini qo’llash to’xtatilganidan keyin kamida 

8 kun o’tganda ruxsat etiladi. Majburan hollarda ko’rsatilgan muddat tugashidan avval so’yilgan 

parrandaning go’shti go’sht-suyak unini ishlab chiqarish uchun ishlatiladi.

EHTIYOT CHORALARI: 

Preparat bilan barcha ishlarni maxsus kiyimdan (xalat, bosh kiyimi, rezina 

qo’lqop) foydalanib bajarish lozim. Preparat teriga yoki shilliq pardalarga tasodifan tekkan holda, uni 

darhol ko’p miqdordagi suv bilan yuvish kerak. 

Ishlash paytida ichish, chekish va ovqat yeyish taqiqlanadi.

Ish tugaganidan keyin qo’llarini sovun va iliq suv bilan yaxshilab yuvish; qo’lqoplarini yuvish va quritish 

lozim.

Preparatning idishini oziq-ovqat maqsadlar uchun ishlatish taqiqlanadi.



UMUMIY MA’LUMOTLAR:

 «Toltroks 2,5%» parrandalar koksidiozlarini davolash uchun 

mo’ljallangan. Ta’sir etuvchi moddasi toltrazuril hisoblanadi. Preparat rangsizdan och 

jigar ranggacha bo’lgan, suv bilan oson aralashtiriladigan shaffof suyuqlikdir.

QADOQLANISHI: 

1000 ml. li polimer idishlarda qadoqlanib chiqariladi.

SAQLASH SHAROITI: 

Preparat ehtiyotlik bilan, yorug’likdan pana joyda, +5°C dan +25°C 

gacha bo’lgan haroratda saqlanadi.

YAROQLILIK MUDDATI: 

Ishlab chiqarilgan sanadan boshlab 2 yil.

TOLTROKS 

2,5%

Og’iz orqali ichish uchun suspenziya



70

71

Barcha batafsil ma’lumotlar



 www.biokombinat.uz saytida

QO’LLASH UCHUN KO’RSATMA:

 

Preparat yirik qoramol va mayda shoxli mol, otlar, cho’chqalar, uy hayvonlari va mo’ynali hayvonlar uchun 



qo’llanadi.

TARKIBI. 

Massa ulushi:

Polisulfid oltingugurt 

2,5%

Umumiy oltingugurt 



5,0%

QO’LLASH TARTIBI VA MIQDORI:

 

Preparat qo’tir kanalari tomonidan shikastlangan teri joylariga avvalgi tayyorgarlikdan so’ng 



(sovunli iliq suv bilan yuvish, qo’tirlarini olib tashlash) surtiladi. Ishlov berish ikki marta, 8-10 

kundan keyin takrorlanadi.

 

Mayda hayvonlarga qo’tir holatida, avvalgi tayyorgarlikdan va qo’tirlarini olib tashlashdan 



so’ng, shikastlangan joyi yaxshilab moylanadi va 5-7 tomchi preparat kiritiladi, quloq ildizidan 

tepasigacha quloq chig’anog’i uqalanadi. Ishlov berish ikki marta, 7-10 kundan keyin takrorlanadi.

Insekto-akaritsidlar, rodentitsidlar va 

dezinfektantlar

FARMAKOLOGIK XUSUSIYATLARI: 

Ishqorlar bilan reaksiyaga kirishganda oltingugurt faol birikmaga aylanadi. Preparat teriiga surtilganidan 

keyin, molekulyar oltingugurt, oltingugurt vodorodi va oltingugurt angidridi hosil bo’ladi, ular akaritsid, 

antiseptik ta’sir ko’rsatadi va terining retseptorlarini  achishtiradi.

Oltingugurtning qo’tirga qarshi ta’siri uning akaritsid ta’siri va qisman achishtiruvchi ta’siri borligi bilan 

izohlanadi. Teri retseptorlarini  achishtirish tufayli epidermis sho’ralab tushadi, moddalar almashinuvi 

ancha yaxshilanadi va kanalar ketkaziladi.

Preparatning  eng  samarali  ta’siri  optimal  namlik  bo’lganda  va  +30°C  haroratida  kuzatiladi.  Havoning 

yuqori namligida oltingugurt angidridging bir qismi sulfat kislotaga aylanadi, u hayvonlar terisini kuchli 

achishtirib, kananing xitin qoplamasi orqali kam o’tadi, shu sababli preparatning akaritsid ta’siri kamayadi. 

Polisulfon Sarcoptes, Psoroptes, Otodectes turidagi qo’tir kanalariga qarshi akaritsid ta’siriga ega.

MAN ETILGAN HOLATLAR:

 Preparatni qo’llash mumkin bo’lmagan 

holatlar mavjud emas.

KUTISH DAVRI:

 Ishlov berilgan hayvonlarning go’shti va suti 

cheklashsiz ishlatiladi.

EHTIYOT CHORALARI: 

Preparat teriga yoki ko’z shilliq pardasiga 

tekkanda, uni ko’p suv miqdori bilan yuvish kerak.

Preparat bilan ishlash tugaganidan keyin yuzi va qo’lini iliq suv bilan 

yaxshilab yuvish lozim.

UMUMIY MA’LUMOTLAR: 

Polisulfon - majmuiy akaritsid preparat bo’lib, hayvonlar 

qo’tirini davolash va profilaktika qilish uchun suvli eritma. 

QADOQLANISHI: 

100 ml li shisha flakonlarda qadoqlanib chiqariladi.

SAQLASH SHAROITI: 

Preparatni ehtiyotlik bilan, yorug’likdan pana joyda, 4°C dan + 20°C 

gacha haroratda saqlash lozim.

YAROQLILIK MUDDATI: 

Ishlab chiqarilgan sanadan boshlab 1 yil.



POLISULFON

Eritma


72

73

Barcha batafsil ma’lumotlar



 www.biokombinat.uz saytida

QO’LLASH UCHUN KO’RSATMA:

 

Yirik qoramol, otlar, tuyalar, qo’ylar, echki va cho’chqalarning yaylov kanalariga qarshi, qo’tir kanalariga 



qarshi, pashshalarni yo’q qilish uchun qo’llaniladi.

TARKIBI.


 

Sipermetrin 20%

QO’LLASH TARTIBI VA MIQDORI: 

Yirik qoramol, otlar, tuyalar, qo’ylar, echki va cho’chqalarning yaylov kanalariga qarshi kurash 

uchun, 15 ml «Superkiller-E» preparatining 18 l suvga nisbatida ish emulsiyasi tayyorlanadi. Hayvonlarga 

teri-tuk qoplamasining to’liq namlanmaguncha sepiladi. Hayvonlarga takroriy ishlov berish kanalar hujum 

qiladigan mavsum tugaguncha 3 hafta oralig’ida o’tkaziladi.

Qo’tir kanalariga qarshi kurash uchun yirik qoramol, otlar, tuyalar va cho’chqalarga 75 ml 

«Superkiller-E» preparati 400 l suvda suyultirilib, ish emulsiyasi sepiladi.

Qo’ylar va echkilarni qo’tir profilaktikasi maqsadida va kasallikka gumon qilinganda, 75 ml 

«Superkiller-E» preparati 830 l suvda suyultirilib, ish emulsiyasi sepiladi yoki 30 soniyadan 1 daqiqagacha 

unda cho’miltiriladi. Vanna 75 ml preparat 622 l suvda suyultirilib, ish emulsiyasi bilan to’ldiriladi.

Qo’tir kanalari yuqishining og’ir holatlarida hayvonlarga 75 ml preparat 500 l suvga nisbatida 

tayyorlangan ish emulsiyasi sepiladi yoki unda cho’miltiriladi, hayvonning butun tanasi ish emulsiyasiga 

30 soniyadan 1 daqiqagacha botiriladi. Bunda vanna 75 ml preparati 375 l suvda suyultirilib, ish emulsiyasi 

bilan to’ldiriladi.

Zarur bo’lganda ishlov berish 10 kundan keyin takrorlanadi.

Pashshalarni yo’q qilish uchun 50 ml preparat 10 l suvda suyultiriladi, chivinlarni yo’q qilish uchun 

- 50 ml preparat 20 l suvda suyultiriladi va ularning yig’iladigan joylariga tanlab sepiladi.

Molboqarlik xonalarida kanalarni yo’q qilish uchun ularni 50 ml preparatni 10 l suv bilan suyultirib, 

ish emulsiyasi bilan ishlov berish lozim. Xonalarga dori 1 m2 ishlov beriladigan yuzaga 200 ml ish emulsiyasi 

hisobidan sepiladi. Ishlov berishdan 2,5-3 soat o’tganda yem oxurlari va ichish moslamalari 3% kaltsiyli 

soda eritmasi bilan dezaktivatsiya qilinadi.

Hayvonlar ishlov berilgan xonalarga dezakarizatsiya o’tkazilganidan keyin kamida 3-4 soat 

o’tganidan keyin joylashtiriladi.

Xonalarni dezakarizatsiya qilishda, kanalardan tashqari, bitlar, burgalar, pashsha va chivinlar, 

shunigdek suvaraklar, o’rgimchaklar va boshqa hasharotlar o’ladi.

Hayvonlarga «Superkiller-E» preparatining suvli eritmalari (ish emulsiyalari) sepish yo’li bilan 

ishlov beriladi, buning uchun turli sepish  uskunalari - DUK, VDM, ODN va 2,5-3 atm. lik suyuqlik bosimini 

ta’minlaydigan boshqa mexanizmlar, shuningdek statsionar dush kameralari ishlatiladi. Ish emulsiyasining 

harorati 15-25°C doirasida, hayvonlarga ishlov berish paytida havo harorati esa kamida 10°C bo’lishi kerak.

Insekto-akaritsidlar, rodentitsidlar va 

dezinfektantlar

FARMAKOLOGIK XUSUSIYATLARI: 

Preparatning komponentlari hasharotlarning nerv membranalariga ta’sir etadi, ionli kanallarni bloklaydi, 

va shu bilan nerv impulslarining normal o’tkazuvchanligiga to’sqinlik qiladi. Preparatning yog’li emulsiyasi 

ta’sir etuvchi moddaning tez ichiga kirishiga yordam beradi, bu esa parazitlarning o’limiga olib keladi.

Preparat saqlashda barqaror bo’ladi, suv bilan yaxshi emulsilanadi va och sut rangli emulsiyani hosil 

qiladi.  Yaylov  va  qo’tir  kanalari,  bitlar,  burgalar,  pashsha  va  chivinlarning  tuxumlari,  lichinkalari  va 

yetilgan hasharotlarga nisbatan faol bo’ladi. 

NOJO’YA TA’SIRLAR: 

Hayvonlar zaharlangan holda (holsiz holati, so’lak oqishi, tez-tez siyish, nerv 

buzilishlarining alomatlari) teri ostiga quyidagi antidotlar kiritiladi: 1% atropin, 100 kg tirik vazni 

hisobiga 1 ml dozasida. Agar intoksikatsiya alomatlari o’tib ketmasa, atro-pin takroran xuddi shu 

dozada kiritiladi.

KUTISH DAVRI:

 Hayvonlarni go’sht uchun so’yish ishlov berishdan 10 sutkadan keyin, sutdan 

oziq-ovqat maqsadida foydalanish - 2 sutkadan keyin ruxsat etiladi.

EHTIYOT CHORALARI: 

Preparat bilan ishlash maxsus kiyimda, rezina qo’lqopda, etikda bajarilishi 

kerak. «A» rusumli qutichali protivogazlar yoki F-62M, Astra-2, Lepestok-5, Lepestok-40, 

Lepestok-200 respiratorlaridan majburiy tartibda foydalanish lozim. Preparat bilan ishlash 

paytida chekish, ichish va ovqat yeyish taqiqlanadi. Ishlar tugaganda qo’llarni sovunli iliq suv 

bilan yuvish va og’iz bo’shlig’i va burunni chayqash lozim. Bo’shagan idishlarni yondirish yoki 

yerga ko’mish kerak. 

Preparat ko’zga tekkanda ularni suv yoki osh sodasining 2% eritmasi bilan yuvish lozim. Ko’zning 

shilliq pardasi achishishi paydo bo’lganda 30% albutsid, ko’z og’riganda - 2% novokain tomiziladi.

Preparat bilan ishlovchilarda zaharlanish alomatlari paydo bo’lganda (bosh aylanishi, ko’ngil 

aynishi, ko’p so’lak oqishi, ko’z yoshi oqishi) ishni to’xtatish, jabrlanganlarni xonadan chiqarib 

olish, maxus kiyimlar va himoya moslamalarini yechish, yuzi va qo’lini sovunli suv bilan yuvish va 

tibbiy yordam uchun murojaat qilish lozim.

Maxsus antidotlar: atropin sulfat, dietiksim, 2-PAM.

UMUMIY MA’LUMOT:

  «Superkiller-E» (20% kontsentratsiyali emulsiya) - piretroidli 

insekto-akaritsid preparatdir. 

QADOQLANISHI: 

1000 ml li polimer idishlarda qadoqlanib chiqariladi.

SAQLASH SHAROITI: 

Preparat ehtiyotlik bilan zavod o’ramida, ombor xonalarida, oziq-

ovqat mahsulotlari va yemlardan alohida, ochiq alanga manbalari va isitish asboblaridan 

uzoqda, xona haroratida saqlanishi lozim.

YAROQLILIK MUDDATI: 

Ishlab chiqarilgan sanadan boshlab 2 yil.

SUPERKILLER Е

Eritma


74

75

Barcha batafsil ma’lumotlar



 www.biokombinat.uz saytida

QO’LLASH UCHUN KO’RSATMA:

 

 

  Vosita  sichqon  va  kalamushlarni  yo’q  qilishga  mo’ljallangan  zaharlangan  yemlarni  tayyorlash  uchun  va 



ularni deratizatsiya faoliyati bilan shug’ullanish huquqiga ega tashkilotlarning veterinariya nazorati personali 

tomonidan qo’llanilishi uchun mo’ljallangan. Ushbu konsentrat asosidagi achchiqrok ta`mning mavjudligi em 

bo’lib xizmat qiladigan ozuqani qushlar tomonidan yeyilishining oldini oladi, bu esa insonlar va jonivorlarning 

tasodifiy zaharlanish xavfini pasaytiradi. Bo’yoq jalb etuvchi emni tayyorlash asosi sifatida qo’llaniluvchi ozuqa 

mahsulotini bo’yashda foydalaniladi.

  Vosita  asosida  tayyorlangan  ozuqaviy  jalb  etuvchi  emlar  ogohlantiruvchi  rangda  bo’lib,    kalamush  va 

sichqonlarga  nisbatan  yuqori  rodentitsid  faollikka  ega.  Zaharlangan  ozuqani  iste`mol  qilgandan  so’ng 

kemiruvchilar yuqori me`yor (o’lim dozasi) ga bir ikki kunda etadilar.

TARKIBI. 

Bromodialon 0,25%

ZAHARLANGAN YEMLARNI QO’LLASH

 

Zaharli yemlarni, kemiruvchilarning, oldindan yashash muhiti ma`lum bo’lgan joylarga yoki ularning 



yashash izlari aniqlangan joylarga (kemirilgan joylar, ahlati bor joylar) joylashtiriladi. Zaharli yemlarni 

maxsus idishlar (tuzoq qutisi, drinaj trubalar, quticha va boshqalar) ichida quruq pana joylar (shkaf, 

uskunalar va boshqalar) ostiga, maxsus konteynerlarga teriladi. Aytib o’tilganlarning oxirgisi afzalroq, 

negaki yemning yeyilishi ortadi va uning kemiruvchilar tomonidan tashib ketilishiga qarshilik ko’rsatadi, 

shuningdek boshqa hayvon va qushlarni yem turgan joyga kirishini qiyinlashtiradi.

 

Zaharli yemni 50-100 g dan kalamushlarga, sichqonlarga esa 10-20 g dan terib chiqiladi.



  Kemiruvchilarning ivirtisilganiga va ko’pligiga qarab zaharli yemlarni bir biridan 2-15 m masofa 

oralig’ida terib chiqiladi. Sichqonlarga, yemning porsiyasi kalamushlarinikiga nisbatan kichkina bo’lganligi 

sababli, tez-tez oraliqda terib chiqiladi.

 

Zaharli yemni terib chiqqandan keyin 1-2 kun o’tgandan so’ng bir marotaba qaraladi va keyinchalik 



har 1 haftada ko’zdan kechirib turiladi. Chala yoki butunlay yem bo’lgan zaharli yemni o’sha miqdorda 

yoki porsiyani ikki barobarga ko’paytirib qaytadan terib qo’yiladi. Bir haftadan ortiq teginilmagan 

porsiyalarni kemiruvchilar mavjud joylarga ko’chiriladi. Ifloslangan yoki buzilgan yemlarni yangi yemlarga 

almashtiriladi. Ish kemiruvchilarning butunlay yuqolganiga qadar davom etadi.

 

Kemiruvchilar jasadining ikkilamchi zaharlanishini oldini olish maqsadida ularni muntazam (ishlarning 



tugatilishiga qadar) terib olib ko‘mish yoki yoqib yuborish kerak.

 

Ishlar tugatilgandan so’ng yemning qoldigi va yem idishlarini qayta ishlatish uchun (agar bunga yaroq 



bo‘lsa) yoki ko’mish uchun terib olinadi.

 

Zaharli yemlarni, kemiruvchilarni qaytadan paydo bo’lishini yoki ularning taxminiy joylarda sonining 



ko’payishini oldini olish uchun, ularning yashash va ko’chishi qulay bo’lgan joylarga qoldirilishi mumkin. Bu 

holatda, zaharli yemlarni maxsus idishlarga(konteynerlarga) terib chiqiladi va kamida har 2 oy mobaynida 

kuzatib turiladi.

Insekto-akaritsidlar, rodentitsidlar va 

dezinfektantlar

 TOKSIKOLOGIK XUSUSIYATLARI.

 

Bromadiolon faol moddasi GOST 12.1.007-76 bo’yicha o’ta xavfli moddalar 1 sinfiga mansub. 



LD50 ni kalamushlar oshqozoniga kiritish miqdori 1,125 mg/kg ni tashkil etadi. LD50 ni quyonlar terisiga 

surilgandagi miqdori 400 mg/kg ni tashkil etadi va xavfliligi bo’yicha II sinfga mansub bo’ladi. Qaytalama 

foydalanilganda  yaqqol  kumulyativ  ahamiyat  (Kkum.  <  1)  kasb  etadi.  Teri  rezorbtiv  ahamiyatiga  ega, 

mahalliy qo’zg’atuvchilik xususiyati sustroq namoyon bo’ladi.

Ishchi hudud havosidagi bromadiolon OBUVining 0,001 mg/m3 (aerozol) miqdori xavflilikning 1 sinfiga 

mansub bo’lib, “teri qoplamlarini muhofazalash talab etiladi» belgisi mavjud bo’lishi kerak.

 

«0,25%  li  bromolon-konsentrat»  vositasi  sichqon  va  kalamushlarning  oshqozoniga 



kiritilishining o’tkir zaharliligi ko’rsatkichiga ko’ra, rodentitsidlarning xavfliligi va zaharliligi Tasnifiga ko’ra 

3 sinf - me`yorda xavfli moddalar guruhiga, teriga surilganda 4 sinf - kam zaharli moddalar turkumiga 

kiradi. To’yintiruvchi kontsentratsiyalaridagi vosita juftlari ingalyatsion xavfga ega emas va uchuvchanlik 

darajasiga kura IV sinf xavflilik sinfiga mansub. Vosita yaqqol kumulyativ ta`sirga ega: (Kkum.< 1); bir yoki 

ko’p karra teriga ta`sir ko’rsatganda hech qanday mahalliy qo’zg’atuvchi ta`sirga ega emas, xuddi shunday 

ko’zning shilliqqavatiga nisbatan ham; teriga nisbatan qayta qo’llanganda tariga yaqqol rezorbtiv ta`sirga 

ega.

 

«0,25% li bromolon-konsentrat» vositasi sichqon va kalamushlarni yo’q qilishga mo’ljallangan 



zaharlangan yemlarni tayyorlash uchun va ularni deratizatsiya faoliyati bilan shug’ullanish huquqiga ega 

tashkilotlarning veterinariya nazorati personali tomonidan qo’llanilishi uchun mo’ljallangan.

DIQQAT! 

PREPARAT JUDA MUHIM EHTIYOT CHORALARI, NOJO’YA TA’SIRLARGA VA MAN 

ETILGAN HOLATLARGA EGA, BARCHA BATAFSIL MA’LUMOTLARNI KOMPANIYA SAYTIDAN 

YOKI PREPARATNING QO’LLASH BO’YICHA YO’RIQNOMASIDAN OLISHINGIZ MUMKIN.

UMUMIY MA’LUMOT:

  Rodentitsid vosita, faol modda -  Bromodialon 

QADOQLANISHI: 

1000 ml li polimer idishlarda qadoqlanib chiqariladi.

SAQLASH SHAROITI: 

Vosita quyosh nurlaridan uzoqda, quruq omborxonalarda zichlab 

mahkamlangan idishlarda + 40°C gacha bo’lgan haroratda saqlash tavsiya etiladi. 

YAROQLILIK MUDDATI: 

Ishlab chiqarilgan sanadan boshlab 2 yil.

BROMOLON 

KONSENTRAT 

0,25%

Eritma


76

77

Barcha batafsil ma’lumotlar



 www.biokombinat.uz saytida

QO’LLASH UCHUN KO’RSATMA:

 

Bromolon molboqarlik fermalarida va boshqa veterinariya nazorati ob’ektlarida kalamushlarga va 



sichqonlarga qarshi kurashish uchun qo’llanadi.

Tashqi ko’rinishiga ko’ra butun donlar yoki butun va maydalangan donning aralashmasidan iborat. 

Doni qizil yoki boshqa yorqin rangga bo’yalgan, bu kishilarga ushbu vositani haqiqiy dondan uzil-

kesil farqlash imkonini beradi.

TARKIBI. 

Bromodialon 0,005%

 

 (50mg/kg)



QO’LLASH TARTIBI VA MIQDORI:  

 

Yolg’on yem kalamushlar uchun 100 g va sichqonlar uchun 25 g vaznida, qoshiq bilan 



kemiruvchilarning inlari va teshiklari yonida, lekin bolalar va uy hayvonlari yeta olmaydigan 

joylarda qo’yib chiqiladi. Yuqorida ko’rsatilgan ehtiyot choralariga rioya qilib, «Bromolon» yemini 

paketlar ichida, ularni ochmay turib qo’yib chiqish mumkin. Yolg’on yemni faqat kemiruvchilar 

kira oladigan qilib jihozlangan maxsus yashiklarda joylashtirish yaxshiroq bo’ladi. Har bir 100 

m2 da, ob’ektda kemiruvchilar yashashining miqdoriga qarab, 1 dan 5 tagacha yolg’on yem 

nuqtalari joylashtiriladi. Yolg’on yem yeyilib borishi bilan, u umuman yeyilmay qolguncha, 

qo’shib boriladi. Kalamushlar va sichqonlarning o’limi yolg’on yem yeyilishi paytidan boshlab 

4-5 kun o’tganda boshlanadi.  

  Vaqt-vaqti bilan kemiruvchilar keladigan ob’ektlarda, profilaktika qirish choralarini 

o’tkazishga yo’l qo’yiladi. Bu maqsadda ozgina yolg’on yem kemiruvchilar ehtimoliy paydo 

bo’lishi mumkin bo’lgan joylarda vaqt-vaqti bilan qo’yib chiqiladi.

DIQQAT! 


PREPARAT JUDA MUHIM EHTIYOT CHORALARI, NOJO’YA 

TA’SIRLARGA VA MAN ETILGAN HOLATLARGA EGA, BARCHA BATAFSIL 

MA’LUMOTLARNI KOMPANIYA SAYTIDAN YOKI PREPARATNING QO’LLASH 

BO’YICHA YO’RIQNOMASIDAN OLISHINGIZ MUMKIN.

Insekto-akaritsidlar, rodentitsidlar va 

dezinfektantlar

FARMAKOLOGIK XUSUSIYATLARI: 

Bromadiolon  antikoagulyant  zaharli  moddalariga  kiradi.    Uning  ta’sir  etish  mexanizmi  jigarning 

protrombin hosil qilishi jarayonining buzilishiga asoslangan, bu qon ivishini pasaytiradi va qon tomirlari 

butunligini shikastlaydi.

Bromadiolon,  kemiruvchilarning  oshqozon-ichak  tizimiga  tushganda,  sekin  eriydi  va  qonga  so’riladi, 

shuning  uchun zaharlanish  sekin  (3-4  kundan  keyin)  rivojlanadi,  lekin  juda  kichik  dozalari  ham  ta’sir 

ko’rsatadi. Kulrang kalamushlar uchun o’rtacha o’limga olib keluvchi dozasi bir marta kiritilganda 2,0 mg/

kg ni tashkil etadi. Oksikumarinning hosila moddalari inson organizmiga ta’siri darajasiga ko’ra 1-xavflilik 

sinfiga  kiradi  (yuqori  xavfli  moddalar).  Bundan  tashqari,  bromadiolon  kuchli  ifodalangan  kumulyativ 

xususiyatiga ega, bu uni organizmga muntazam kiritilganda xavfliligini oshiradi. 

EHTIYOT CHORALARI: 

Preparat bilan ishlash kamida 18 yosh bo’lgan, qon kasalliklariga 

uchramagan va maxsus yo’l-yo’riqdan o’tgan shaxslarga ruxsat etiladi.  

«Bromolon» bilan barcha amallar maxsus kiyimda (changdan himoyalovchi xalat yoki 

kombinezon, bosh kiyimi), rezina qo’lqop, respiratorlarda o’tkaziladi. Preparatning ko’zga va 

og’izga tegishiga yo’l qo’ymaslik lozim. Preparat bilan ishlaganda chekish, ichish va ovqat yeyish 

taqiqlanadi. Ish tugaganidan keyin yuzi va qo’lini sovun va iliq suv bilan  yuvib, og’zini suv bilan 

chayish lozim. Homilador va sut emizadigan ayollar «Bromolon» bilan ishlashi qat’iy taqiqlanadi. 

O’lgan kemiruvchilarni qisqich, xokandoz bilan yig’ib olib,  yondiriladi yoki kamida 0,5 m 

chuqurlikdagi o’raga, avvaldan uni 10% xlorli ohak eritmasi bilan ishlov bergan holda, ko’mib 

qo’yiladi. 

Bunday belgilar paydo bo’lganda, darhol shifokorni chaqirish va organizmni zaharni ketkazish 

choralarini ko’rish kerak (iliq suv ichirish va qusish chorasini ko’rish, faollashtirilgan ko’mir berish). 

«Bromolon» teriga tekkanda, shikastlangan joylarni sovun va suv bilan yaxshilab yuvish kerak. 

Ko’zga tekkanda – ko’p miqdorda suv bilan yuvish lozim. Preparat bilan zaharlanganda, zaharni 

kesuvchi modda sifatida K vitamini belgilanadi. 

UMUMIY MA’LUMOTLAR: 

Sinantrop kemiruvchilarga qarshi kurashish uchun don asosidagi 

foydalanish uchun tayyor yolg’on yem. Ta’sir etuvchi moddasi bromadiolon. 

QADOQLANISHI: 

Og’irligi 1000 g li paketlarda qadoqlanib chiqariladi.

SAQLASH SHAROITI: 

Preparatni alohida ehtiyotlik bilan (qulflanadigan shkaf ichida), zavod 

o’ramida, quruq, salqin joyda, bolalar va hayvonlar zinhor yeta olmaydigan joyda, oziq-ovqat 

mahsulotlaridan va yemdan alohida saqlash, hamda uning kelishi va sarflanishini qayd etish lozim.

YAROQLILIK MUDDATI: 

Ishlab chiqarilgan sanadan boshlab 1 yil.


Yüklə 12,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin