FLONIKOL - О
Og’iz orqali ichish uchun suspenziya
QO’LLASH TARTIBI VA MIQDORI:
«Flonikol-O» ichimlik suvi bilan ichiriladi:
- 4-haftagacha yoshdagi jo’jalarga - 100 l suvga 100 ml preparat, bu esa parrandaning 1 kg
tana vazniga 20 mg florfenikolning sutkalik dozasiga mos keladi;
- parrandaning boshqa yosh toifalariga - 100 l suvga 200 ml preparat 3 kun davomida,
salmonellyoz holatida - 5 kun davomida.
Davolash paytida parranda faqat tarkibida «Flonikol-O» bo’lgan suvni ichishi lozim.
Preparatning eritmasi har kuni tayyorlanadi.
Antibakterial
preparatlar
FARMAKOLOGIK XUSUSIYATLARI:
Antibiotik florfenikol keng antibakterial ta’sir etish doirasiga ega
va gram-musbat va gram-manfiy mikroorganizmlar Staphylococcus spp., Streptococcus spp., Escherichia
coli, Salmonella spp., Pasteurella multocida, Haemophilus spp., Proteus spp., Enterobacter spp., Shigella
spp., Klebsiella spp., Bordetella spp., shuningdek Mycoplasma spp. larga nisbatan faol ta’sir etadi.
Florfenikol atsetiltransferazani ishlab chiqaradigan va xloramfenikolga (levomitsetinga) chidamli
bo’lgan bakteriyalar shtammlariga nisbatan faol ta’sir etadi.
Og’iz orqali ichilganda florfenikol oshqozon-ichak tizimidn tez so’riladi va organizmning ko’pchilik
a’zolariga va to’qimalariga yaxshi kirib o’zlashadi. Parrandalarda florfenikolnig og’iz orqali ichilganda
bioo’zlashuvchanligi 55% ni tashkil qiladi. Ichimlik suvi bilan ichilganda parrandaning organizmida
florfenikolning terapevtik konsentratsiyasiga 20 daqiqadan keyin erishiladi va parrandaning a’zolarida
va to’qimalarida 24 soat davomda saqlanadi. Florfenikol parrandaning organizmidan asosan o’t bilan va
najas bilan ajralib chiqadi.
MAN ETILGAN HOLATLAR:
«Flonikol-O» ni qo’llash qon hosil qilish tizimi, jigar va buyrakning og’ir
shikastlanishlarida, shuningdek florfenikolga individual yuqori sezgirlik bo’lganda taqiqlanadi.
Antibiotik tuxum bilan chiqarilishi tufayli, «Flonikol-O» ning tuxum qo’yadigan tovuqlarga qo’llanishi
mumkin emas.
«Flonikol-O» preparatining boshqa antibiotiklar, bilvosita antikoagulyantlar, barbituratlar,
miorelaksantlar bilan bir vaqtda qo’llanishiga yo’l qo’yilmaydi.
KUTISH DAVRI:
Preparat qo’llangan parrandani go’sht uchun so’yish dori vositasini qo’llash
to’xtatilganidan keyin kamida 6 sutka o’tganda ruxsat etiladi. Majburan hollarda ko’rsatilgan muddat
tugashidan avval so’yilgan parrandaning go’shti etxo’r hayvonlarga yedirish uchun yoki go’sht-suyak
unini ishlab chiqarish uchun ishlatiladi.
EHTIYOT CHORALARI:
Preparat bilan barcha ishlarni maxsus kiyimdan (xalat, bosh kiyimi, rezina
qo’lqop) foydalanib bajarish lozim. Preparat teriga yoki shilliq pardalarga tasodifan tekkan holda, uni
darhol ko’p miqdordagi suv bilan yuvish kerak.
Ishlash paytida ichish, chekish va ovqat yeyish taqiqlanadi.
Ish tugaganidan keyin qo’llarini sovun va iliq suv bilan yaxshilab yuvish; qo’lqoplarini yuvish va quritish
lozim.
Preparatning idishini oziq-ovqat maqsadlari uchun ishlatish taqiqlanadi.
UMUMIY MA’LUMOTLAR:
Preparat rangsizdan sariq ranggacha bo’lgan, suv bilan oson
aralashtiriladigan va og’iz orqali ichish uchun mo’ljallangan shaffof eritmadir.
QADOQLANISHI:
1000 ml li polimer idishlarda qadoqlanib chiqariladi.
SAQLASH SHAROITI:
«Flonikol-O» ehtiyotlik bilan, quruq, to’g’ri quyosh nurlaridan
himoyalangan joyda, +5°C dan +25°C gacha bo’lgan haroratda saqlanadi.
YAROQLILIK MUDDATI:
Ishlab chiqarilgan sanadan boshlab 2 yil. Zavod o’rami ochilganidan
keyin, dori vositasini germetik yopilgan idisharda saqlash va 30 kun davomida ishlatish
kerak.
58
59
Barcha batafsil ma’lumotlar
www.biokombinat.uz saytida
QO’LLASH UCHUN KO’RSATMA:
Malham hayvonlarda ko’zlarning yuqumli kasalliklarini davolashda qo’llanadi: kon’yunktivitlar,
blefaritlar, traxoma, ko’zning shox pardasi jarohatlari hamda oksitetratsiklinga sezgir qzo’zg’atuvchilar
keltiirb chiqargan boshqa ko’z kasalliklari.
1 g malham tarkibi:
Xlorid shaklida
oksitetratsiklin
10 mg
QO’LLASH TARTIBI VA MIQDORI:
Malham hayvonning pastki ko’z qovog’i ostiga kurakcha bilan
surtib qo’yiladi va yengil uqalovchi harakatlar bilan, paxta piligi yordamida, ko’z qovog’ining
tashqi tomonidan butun kon’yunktiva qopchasi bo’ylab taqsimlanadi.
Malham kasallik tuzalmaguncha, har kuni, sutkasiga 3-5 marta qo’llanadi.
Kasallikning og’irligiga qarab, malhamning dozasi bitta hayvonga 0,2 g dan 0,4 g gacha
tashkil etadi.
Antibakterial
preparatlar
FARMAKOLOGIK XUSUSIYATLARI:
Malhamning tarkibiga kiruvchi oksitetratsiklin keng ta’sir doirasi bo’lgan antibiotik sifatida gram-musbat
va gram-manfiy bakteriyalar, rikketsiyalar, traxoma, ornitoz qo’zg’atuvchilariga nisbatan faol ta’sir etadi.
Preparatning antibakterial ta’sirining mexanizmi asosida mikrob hujayrasining oqsilini sintez qilishni
ribosomalar darajasida bartaraf etish yotadi.
NOJO’YA TA’SIRLAR:
Malham asoratlarni keltirib chiqarmaydi va nojo’ya ta’sir ko’rsatmaydi.
MAN ETILGAN HOLATLAR:
Uni qo’llash mumkin bo’lmagan holatlar yo’q.
MAHSUS KO’RSATMALAR:
Qo’llash cheklanadigan holati hayvonlarning oksitetratsiklinga
individual yuqori sezgirligi hisoblanadi.
KUTISH DAVRI:
Malham qo’llanganda, hayvonlarni go’sht uchun so’yish va sutni oziq-ovqat
maqsadlarida ishlatish cheklanishsiz amalga oshiriladi.
UMUMIY MA’LUMOTLAR:
«Oksitetratsiklin malhami 1 %» veterinariya uchun,
hayvonlarning ko’z kasalliklarini davolash vositasi. Ta’sir etuvchi moddasi oksitetrasiklin.
QADOQLANISHI:
50 g. li polimer idishlarda qadoqlanib chiqariladi.
SAQLASH SHAROITI:
Malham quruq, qorong’i, salqin joyda, bolalar yeta olmaydigan
joyda, +4°C dan +25°C gacha haroratda saqlanadi.
YAROQLILIK MUDDATI:
Ishlab chiqarilgan sanadan boshlab 1 yil.
OKSITETRASIKLIN MALHAMI
1%
QO’LLASH UCHUN KO’RSATMA:
Malham teri kasalliklarida (kuyishlar, yaralar, ekzemalar, dermatitlar, furunkulyoz, piodermiyalar), tuyoqlar,
tuyoqchalar kasalliklarida, shuningdek artritlar, nevralgiyalar, tendinitlar, tendovaginitlar, bursitlar,
mastitlar holatida tashqi ravishda qo’llanadi.
QO’LLASH UCHUN KO’RSATMA:
Malham qishloq xo’jalik hayvonlarida yaralar, chuqur yaralar, kuyishlar, emchak yorilishlarini davolash
uchun tashqi ravishda qo’llanadi.
1 g malham tarkibi:
Ixtiol konsentratsiyasi 100 mg/200 mg
100g malham tarkibi:
Streptotsid
10 g
QO’LLASH TARTIBI VA MIQDORI:
Malham jarohatlangan joyga tekis yupqa qatlam qilib surtiladi
Preparat yara tuzalguncha har kuni sutkasiga 1-2 marta yoki 1-2 kun
oralab qo’llanadi.
QO’LLASH TARTIBI VA MIQDORI:
Malham yara tuzalguncha kuniga 1-2 marta bevosita jarohatlangan joyga yupqa qatlam qilib
surtiladi yoki doka bog’lamaga surtib qo’yiladi.
FARMAKOLOGIK XUSUSIYATLARI:
Malhamning tarkibiga kiruvchi ixtiol antiseptik va yalliqg’inishga
qarshi ta’sir ko’rsatadi. Yaralarga surtilganda, tomirlarni toraytiradi, sekretsiya va ekssudatsiya jarayonlarini
kamaytirib, jarohatlangan to’qimalarning regeneratsiyasini tezlashtiradi.
FARMAKOLOGIK XUSUSIYATLARI:
Malhamning tarkibiga kiruvchi streptotsid mikroblarga qarshi va
bakteriostatik ta’siriga ega bo’lib, sekretsiya va ekssudatsiya jarayonlari kamayishiga, jarohatlangan
to’qimalarning regeneratsiyasi jarayonining tezlashuviga yordam beradi.
NOJO’YA TA’SIRLAR:
Malham asoratlarni keltirib chiqarmaydi va nojo’ya
ta’sir ko’rsatmaydi.
MAN ETILGAN HOLATLAR:
Uni qo’llash mumkin bo’lmagan holatlar yo’q.
KUTISH DAVRI:
Malham qo’llanganda, hayvonlarni go’sht uchun so’yish va
sutni oziq-ovqat maqsadlarida ishlatish cheklanishsiz amalga oshiriladi.
NOJO’YA TA’SIRLAR:
Malham asoratlarni keltirib chiqarmaydi va nojo’ya ta’sir ko’rsatmaydi.
MAN ETILGAN HOLATLAR:
Uni qo’llash mumkin bo’lmagan holatlar yo’q.
KUTISH DAVRI:
Malham qo’llanganda, hayvonlarni go’sht uchun so’yish va sutni oziq-ovqat maqsadlarida
ishlatish cheklanishsiz amalga oshiriladi.
UMUMIY MA’LUMOTLAR:
«Ixtiol malhami». Malham tashqi ko’rinishiga ko’ra to’q
sarg’ish rangli, bir jinsli, ixtiol hidli quyuq massadan iborat.
QADOQLANISHI:
100 g. li polimer idishlarda qadoqlanib chiqariladi.
SAQLASH SHAROITI:
Malham quruq, salqin, yorug’likdan pana joyda, +4°C dan
+25°C gacha haroratda saqlanadi.
YAROQLILIK MUDDATI:
Ishlab chiqarilgan sanadan boshlab 3 yil.
UMUMIY MA’LUMOTLAR:
Teri kasalliklarini davolash uchun antimikrob vosita.
Ta’sir etuvchu moddasi streptitsid. Malham oq rangdan sariq-jigar ranggacha, bir
jinsli quyuq, kuchsiz aromatik hidli massadan iborat.
QADOQLANISHI:
100 g. li polimer idishlarda qadoqlanib chiqariladi.
SAQLASH SHAROITI:
Malham quruq, yorug’likdan pana joyda, +4°C dan +25°C
gacha haroratda saqlanadi.
YAROQLILIK MUDDATI:
Ishlab chiqarilgan sanadan boshlab 4 yil.
IXTIOL MALHAMI
10%; 20%
STREPTOTSID MALHAMI
10%
60
61
Barcha batafsil ma’lumotlar
www.biokombinat.uz saytida
62
63
Barcha batafsil ma’lumotlar
www.biokombinat.uz saytida
QO’LLASH UCHUN KO’RSATMA:
«Imisan» yirik qoramol va mayda shoxli mollar, otlar va itlarning qon-
parazitar kasalliklarini (babezioz, nuttalioz, anaplazmoz va aralash invaziyalar) davolash va profilaktika
qilish uchun mo’ljallangan.
1 ml preparat tarkibi:
Imidokarb
dipropionat
120 mg
QO’LLASH TARTIBI VA MIQDORI:
«Imisan» hayvonlarga bir marotaba, bo’yin soxasiga mushak ichiga (yirik
qoramol, otlar va qo’ylar) yoki bo’yin soxasiga teri ostiga (itlar), aseptika va antiseptika qoidalariga rioya
qlgan holda, quyidagi dozalarda kiritiladi:
Hayvonlarning turi
Imisan dozasi
Babezioz
Anaplazmoz
Aralash invaziya
Davolash maqsadida
Yirik qoramol
100 kg vazniga 2,0 ml
100 kg vazniga 2,5 ml 100 kg vazniga 2,5 ml
Mayda shoxli mol
10 kg vazniga 0,2 ml
-
-
Otlar, eshaklar, xachirlar
100 kg vazniga 2,5 ml
-
-
Itlar
10 kg vazniga 0,25-0,5 ml
-
-
Profilaktika maqsadida
Yirik qoramol
-
-
100 kg vazniga 2,5 ml
Otlar, eshaklar, xachirlar
100 kg vazniga 2,0 ml
-
-
Itlar
10 kg vazniga 0,5 ml
-
-
Otlar, eshaklar va xachirlarni B.caballi va B.equi qo’zg’atuvchilaridan tozalash maqsadida davolash
quyidagi sxema bo’yicha o’tkaziladi:
Hayvonlarning turi
Doza, hayvonlarning 100 kg tana vazniga ml
B.caballi
B.equi
Otlar
2 ml dan ikki marta 24 soat oralig’i bilan
4 ml dan to’rt marta 72 soat oralig’i bilan
Eshaklar va xachirlar
2 ml dan ikki marta 24 soat oralig’i bilan
-
«Imisan» hayvonlarda kasallikning klinik belgilari paydo bo’lganda, davolash maqsadida qo’llanadi.
Kasal hayvonlar tinch holda qoldiriladi va ularning fiziologik holatiga qarab, ularga qo’shimcha
simptomatik dori vositalari tayinlanadi.
Antiprotozoy
preparatlar
FARMAKOLOGIK XUSUSIYATLARI:
Ta’sir etuvchi vositasi - imidokarb dipropionat - babezioz, nuttallioz,
anaplazmozning qo’zg’atuvchilariga nisbatan faol ta’sir ko’rsatadi. Ta’sir etish mexanizmi qon parazitlarida
poliamin moddalarining metabolizmini ingibirlashga asoslangan.
Parenteral kiritishdan keyin 18-24 soatdan so’ng imidokarb dipropionatning qondagi terapevtik
konsentratsiyasiga erishiladi, va uning qondagi piroplazmostatik darajasi 4-6 hafta davomida saqlanadi.
Imidokarb dipropionat asosan buyrak va jigarda yig’iladi; organizmdan asosan siydik bilan o’zgarmagan
holatida chiqariladi.
«Imisan» organizmga ta’sir etish darajasiga ko’ra kam xavfli moddalarga kiradi
NOJO’YA TA’SIRLAR:
Imisan mazkur qo’llanmaga muvofiq tavsiya etilgan dozalarda qo’llanganda, hayvonlarda nojo’ya ta’siri va
asoratlari kuzatilmaydi. Kam hollarda kiritilgan joyida giperemiya yoki og’riqli shishib ketish shaklidagi mahalliy reaktsiya bo’lishi
mumkin, u 1 -2 sutkadan keyin yo’qoladi. Takroriy kiritishda qon bosimi pasayishi, preparatning dozasi oshib ketganda esa
bradikardiya, nafas olish tezlashishi va buzilishi, anoreksiya, tremor kuzatilishi mumkin.
Hayvonning preparatga yuqori individual sezgirligida asoratlar rivojlanishi belgilari bo’lishi mumkin (holsiz holati, notinchik, ko’p
so’lak oqishi, ko’z yoshi oqishi, ter ajralishi, mushaklar titrashi, tez-tez siyish va ich ketishi), bu hollarda teri ostiga 1 % atropin eritmasi
belgilanadi.
Qon parazitlari ommaviy qirilganda va eritrotsitlar parchalanganda hayvonlarda intoksikatsiya rivojlanishi mumkin. Bu holda
elektrolitlar eritmalarini tomir ichiga quyish va simptomatik davolashni o’z ichiga oluvchi intensiv davolash o’tkazilishi lozim.
MAN ETILGAN HOLATLAR:
Preparat teri ostiga yoki tomir ichiga qo’llanmaydi (itlardan tashqari).
Preparatni babezioz yoki anaplazmozga qarshi tirik vaktsina bilan vaktsinatsiya qilishdan keyin 4 hafta ichida qo’llash taqiqlanadi.
Xlororganik va fosfororganik preparatlar, shuningdek xolinesteraza ingibitorlari bilan bir vaqtda qo’llash taqiqlanadi.
MAHSUS KO’RSATMALAR:
Preparatni qo’ylarga va itlarga kiritish uchun 0,1 ml bo’limli shkalasi bo’lgan shpritslardan foydalanish
lozim. Itlar inyeksiyadan keyin 15 daqiqa mobaynida veterinar shifokorning nazoratida bo’lishi kerak. Preparat qo’llanishi bilan bir
vaqtda itlarga antigistamin vositalarining qo’laniishi tavsiya etiladi.
Agar eritmaning hisoblangan hajmi 10 ml dan ortiq bo’lsa, og’riq bo’lmasligi uchun uni hayvonning ikki-uchta joyiga kiritish lozim.
Hayvonlarga «Imisan» bilan ishlov berishni veterinar shifokor yoki veterinar feldsher o’tkazishi lozim.
Yoppasiga ishlov berishdan avval preparatning har bir seriyasi hayvonlarning kichik guruhida (5-10 bosh) sinovdan o’tkazilishi lozim.
3 sutka ichida asoratlar bo’lmasa, preparat barcha hayvonlarga beriladi.
KUTISH DAVRI:
Yirik qoramolni va qo’ylarni go’sht uchun so’yish Imisan preparatini oxirgi qo’llashdan keyin kamida 45 sutkadan keyin
ruxsat etiladi, majburan hollarda ko’rsatilgan muddat tugashidan avval so’yilgan hayvonlarning go’shti go’sht-suyak unini ishlab
chiqarish uchun ishlatilishi mumkin.
Sog’iladigan sigirlarning sutini oziq-ovqat maqsadida ishlatish preparatni qo’llashdan keyin kamida 7 sutkadan so’ng ruxsat etiladi.
Ushbu muddatdan avval sut qaynatiladi, keyin hayvonlarga yedirish uchun ishlatiladi. «Imisan» bilan ishlov berilgan sog’iladigan
qo’ylarning sutini butun sut emizish davri mobaynida oziq-ovqat maqsadida ishlatish mumkin emas.
UMUMIY MA’LUMOTLAR:
«Imisan» (Imisan) – yirik qoramol va mayda shoxli mollar, otlar
va itlarning qon-parazitar kasalliklarini davolash va profilaktika qilish uchun, inyeksiyalar
uchun eritma shaklidagi dori vositasidir. Ta’sir etuvchi moddasi imidokarb dipropionat.
QADOQLANISHI:
50 ml li shisha flakonlarda qadoqlanib chiqariladi.
SAQLASH SHAROITI:
Preparatni ehtiyotlik bilan quruq, yorug’likdan pana joyda, 2°C dan
25°C gacha bo’lgan haroratda saqlanadi.
YAROQLILIK MUDDATI:
Ishlab chiqarilgan sanadan boshlab 2 yil.
IMISAN
Inyeksiya uchun eritma
64
65
Barcha batafsil ma’lumotlar
www.biokombinat.uz saytida
QO’LLASH UCHUN KO’RSATMA:
«Buparvalek» yirik qoramolga Theiria parva, T. annulata, T. mutans,
va T. Orientalis tomonidan qo’zg’atiladigan teyleriozda, davolash va profilaktika maqsadida belgilanadi.
1 ml preparat tarkibi:
Buparvakon
50 mg
QO’LLASH TARTIBI VA MIQDORI:
Preparat bir marotaba, hayvonning 20 kg tirik vazniga 1 ml preparat dozasida qo’llanadi, bu
1 kg vazniga 2,5 mg buparvakvonni tashkil etadi. Preparatni kiritish usuli – mushak ichiga, bo’yin
sohasiga kiritiladi.
Og’ir holatlarda preparat birinchi kiritishdan keyin 48-72 soatdan so’ng, xuddi shunday dozada
takroriy qo’llanadi.
Alohida ko’rsatmalar. Bitta inyeksiya joyiga 10 ml dan ortiq preparatni kiritish tavsiya
etilmaydi. Zarur bo’lganda, kiritilgan doza yarmisidan bo’linadi va bo’yinning ikki tomonidan
kiritiladi.
Antiprotozoy
preparatlar
FARMAKOLOGIK XUSUSIYATLARI:
Buparvakon ham shizontlar bosqichidagi, ham piroplazmalar
bosqichidagi teyleriyalarga nisbatan faol ta’sir etadi.
Buparvakonning ta’sir etish mexanizmi hozirgi paytda to’liq aniq-lanmagan. U taxminan teyleriyalarning
mitoxondriyalarida elektronlar ko’chishi mexanizmini izdan chiqaradi. Buparvakonni qo’llash hujayralar
tuzilmalari darajasida parazitlarning sitoplazmasida kuchayib boruvchi vakuollashuvga olib keladi, vaqt
o’tishi bilan bu parazitning tashqi membranalari va yadroviy membranalari tuzilmasining buzilishiga
olib keladi. Shu bilan birga, buparvakon teyleriyalar parazitlik qiluvchi hujayralarning hujayra ichidagi
tuzilmalarini (shu jumladan mitoxondriyalarni) shikastlamaydi.
Mushak ichiga kiritilganda preparat to’qimalarda uzoq saqlanadi. Buparvakvonning yarim chiqarilish
davri – 7 kunga yaqin.
NOJO’YA TA’SIRLAR:
Inyeksiya joyida ba’zan mahalliy, og’riqsiz
shishlar paydo bo’lishi mumkin, ular vaqt o’tib o’zi yo’qoladi.
MAN ETILGAN HOLATLAR:
Preparatni teri ostiga yoki tomirning
ichiga kiritish mumkin emas.
KUTISH DAVRI:
Hayvonlarni go’sht uchun so’yish preparatni
kiritish to’xtatilganidan keyin 42 kundan so’ng ruxsat etiladi.
Preparatni oxirgi kiritishdan keyin 2 sutka ichida sutni oziq-
ovqat maqsadida ishlatish taqiqlanadi.
EHTIYOT CHORALARI:
Preparat bilan ishlaganda shaxsiy
gigiyena choralarini va xavfsizlik texnikasi qoridalariga rioya
qilish lozim. Preparat teriga yoki shilliq pardalarga tasodifan
tekkan holda, uni darhol ko’p miqdordagi suv bilan yuvish
kerak.
Ishlash paytida ichish, chekish va ovqat yeyish taqiqlanadi.
Ish tugaganidan keyin qo’llarini sovun va iliq suv bilan
yaxshilab yuvish; qo’lqoplarini yuvish va quritish lozim.
Preparatning idishini oziq-ovqat maqsadlari uchun ishlatish taqiqlanadi.
UMUMIY MA’LUMOTLAR:
«Buparvalek» – yirik qoramolning teyleriozlarini davolash
va profilaktika qilish uchun mo’ljallangan inyeksiyalar uchun eritma shaklidagi dori
preparati.
QADOQLANISHI:
50 ml li shisha flakonlarda qadoqlanib chiqariladi.
SAQLASH SHAROITI:
Preparat ehtiyotlik bilan, quruq, qorong’i joyda, 0°C dan +25°C gacha
bo’lgan haroratda saqlanadi.
YAROQLILIK MUDDATI:
Ishlab chiqarilgan sanadan boshlab 2 yil.
BUPARVALEK
Inyeksiya uchun eritma
66
67
Barcha batafsil ma’lumotlar
www.biokombinat.uz saytida
QO’LLASH UCHUN KO’RSATMA:
«Amprovet» 25% kukuni turli eymeriyalarga nisbatan samarali ta’sir ko’rsatadi: E. maxima, E. acervulina,
E. mitis, E. tentla, E. nekatrix, E. brunetti, E. zurnii, E. ninakoljykimovi.
1 g preparat tarkibi:
Amprolium
gidroxlorid
250 mg
QO’LLASH TARTIBI VA MIQDORI:
Tovuqlar va kurkalarda koksidiozlarni davolash uchun «Amprovet» 25% kukuni ketma-
ket 3-5 kun davomida 100 kg quruq yemga 100 g preparat hisobidan, keyin esa (4-6 kundan
boshlab) 14 kun davomida yemning 1 tonnasiga 500 g dozasida qo’llanadi. Preparat yem bilan
yaxshilab aralashtiriladi, avval yemning ozgina miqdori bilan, keyin esa uning qolgan qismi bilan
aralashtiriladi.
«Amprovet» 25% kukuni suv bilan 10 litr ichimlik suviga 20 g preparat hisobida, 5-10 kun
davomida qo’llanadi.
Profilaktika maqsadida jo’jalarga preparat 7-15-kunlik yoshidan boshlab har kuni, 50-60 kun
davomida, 100 kg quruq yemga 50 g preparat yoki 10 l ichimlik suviga 5 g preparat hisobidan
qo’llanadi.
Yirik qoramolga eymerioz holatida «Amprovet» 25% kukuni tirik vazniga 225-560 mg/kg
dozasida, 30 kun davomida yem bilan yediriladi.
Qo’ylarga eymerioz holatida preparat 200 mg/kg dozasida qo’llanadi. Preparat 20 kun
davomida yem bilan yediriladi.
Antiprotozoy
preparatlar
FARMAKOLOGIK XUSUSIYATLARI:
Preparatning ta’sir etish mexanizmi shundan iboratki, koksidiyalarning metabolik enzimlarining tizimida
amprolium tiaminning o’rnini bosib, koksidiyalarning hayotiy faoliyati uchun zarur bo’lgan uglevodlarning
metabolizmini izdan chiqaradi.
Amprolium issiq qonli hayvonlar uchun o’rtacha zaharli preparatlarga kiradi, tavsiya etilgan dozalarida
mutagen, sezgirlikni oshiruvchi, embriotoksik va teratogen ta’sir ko’rsatmaydi, va koksidiozga
immunitetning shakllanishiga to’sqinlik qilmaydi.
Og’iz orqali ichilganda amprolium oshqozon-ichak tizimida amalda so’rilmaydi, va shillik pardalarda,
shilliq osti qavatlarida o’zining koksidiyalarga qarshi ta’sirini ko’rsatadi. Amprolium asosan o’zgarmagan
shaklida – najas bilan, 3-4 kun davomida chiqariladi.
NOJO’YA TA’SIRLAR:
Tavsiya etilgan dozalarida preparat nojo’ya ta’sirini keltirib chiqarmaydi.
MAN ETILGAN HOLATLAR:
Amproliumni to’dani yangilash uchun yetishtiriladigan yosh tovuqlarga
16-haftalik yoshidan keyin qo’llash mumkin emas. Preparat tuxum bilan chiqarilishi tufayli,
amproliumning tuxum qo’yadigan tovuqlarga qo’llanishi taqiqlanadi. Amproliumni boshqa
koksidiostatiklar bilan bir vaqtda qo’llash taqiqlanadi.
KUTISH DAVRI:
Parrandani go’sht uchun so’yish dori vositasini qo’llash to’xtatilganidan keyin kamida
5 sutka o’tganda ruxsat etiladi. Majburan hollarda ko’rsatilgan muddat tugashidan avval so’yilgan
parrandaning go’shti etxo’r hayvonlarga yedirish uchun, yoki go’sht-suyak unini ishlab chiqarish uchun
ishlatiladi.
EHTIYOT CHORALARI:
Preparat bilan barcha ishlarni maxsus kiyimdan (xalat, bosh kiyimi, rezina
qo’lqop) foydalanib bajarish lozim. Preparat teriga yoki shilliq pardalarga tasodifan tekkan holda, uni
darhol ko’p miqdordagi suv bilan yuvish kerak.
Ishlash paytida ichish, chekish va ovqat yeyish taqiqlanadi.
Ish tugaganidan keyin qo’llarini sovun va iliq suv bilan yaxshilab yuvish; qo’lqoplarini yuvish va quritish
lozim.
Preparatning idishini oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash uchun ishlatish taqiqlanadi.
UMUMIY MA’LUMOTLAR:
Ximioterapevtik preparat bo’lib, parrandalar eymeriozlarini
davolash uchun qo’llaniladi. Ta’sir etuvchi moddasi amprolium hisoblanadi. Tashqi
ko’rinishiga ko’ra preparat oq yoki och sarg’ish tusli, bir jinsli kukundan iborat.
QADOQLANISHI:
Og’irligi 1000 g. li paketlarda qadoqlanib chiqariladi.
SAQLASH SHAROITI:
Preparat quruq, qorong’i xonada, bolalar yeta olmaydigan joyda, 0°C
dan +30°C gacha bo’lgan haroratda saqlanadi.
YAROQLILIK MUDDATI:
Ishlab chiqarilgan sanadan boshlab 3 yil.
Dostları ilə paylaş: |