SULFAPRIM
Kukuni
QO’LLASH TARTIBI VA MIQDORI:
Preparat 4-6 kun davomida sutkasiga 2 marta, hayvonning 20 kg tana vazniga 5 g kukun
hisobidan ichish uchun belgilanadi, bu 1 kg tana vazniga 30 mg faol substansiya miqdorida
to’g’ri keladi.
Davolash jarayonida hayvonlarga suvni bemalol ichish imkoniyati beriladi.
Parrandaga 3-5 kun davomida kuniga 2 marta, 12 soat oralig’ida 5 kg yemga 1,0 g hisobida
belgilanadi.
«Sulfaprim» antibiotiklar bilan birga qo’llanishi mumkin. Bu holda preparatlarning
mikroblarga qarshi ta’sir doirasi va terapevtik xususiyatlari ancha yaxshilanadi.
Antibakterial
preparatlar
FARMAKOLOGIK XUSUSIYATLARI:
Preparatning tarkibiga kiruvchi sinergik ta’sir etuvchi tarkibiy moddalar uning mikroblarga qarshi yuqori
faolligini belgilab beradi. Preparat ko’pchilik gram-musbat va gram-manfiy mikroorganizmlarning, shu
jumladan salmonellalar, pasterellalar, esherixiyalarning rivojlanishini to’xtatadi, lekin zamburug’lar va
viruslarga nisbatan faol ta’sir etmaydi.
Preparat mikroorganizmlarda foliy kislotasining biosintez jarayonini buzadi.
Og’iz orqali ichilganda preparat oshqozon-ichak tizimidan oson so’riladi va a’zolarga va to’qimalarga kirib
o’zlashib, bakteritsid ta’sir ko’rsatadi. Qondagi maksimal konsentratsiya miqdori kiritishdan keyin 2-4 soat
o’tganda qayd etiladi. Davolaydigan konsentratsiyasi qonda 12 soat davomida tutib turiladi. Preparat
asosan siydik bilan chiqariladi.
NOJO’YA TA’SIRLAR:
Tavsiya etiladigan dozalarda nojo’ya ta’siri odatda kuzatilmaydi.
Hayvonlarning sulfanilamidlarga yuqori individual sezgirligi bo’lganda ishtaha yo’qolishi, ich
ketishi va qusish bo’lishi mumkin. Bu holda preparatni qo’llash to’xtatiladi.
MAN ETILGAN HOLATLAR:
Qon hosil qilish a’zolarining kasalliklari, o’tkir gepatit, nefrit va
preparatning tarkibiy moddalariga yuqori sezgirlik holatlarida sulfaprim qo’llanishi taqiqlanadi.
Preparat sut emizayotgan hayvonlarga qo’llash taqiqlanadi.
KUTISH DAVRI:
Hayvonlarni go’sht olish uchun so’yish preparatni oxirgi kiritishdan keyin 7
kun, parrandani 12 kun o’tganidan so’ng ruxsat etiladi. Majburan hollarda ko’rsatilgan muddat
tugashidan avval so’yilgan hayvonlarning go’shti etxo’r hayvonlarni ovqatlantirish uchun
yoki go’sht-suyak unini ishlab chiqarish uchun ishlatiladi. Preparatni oxirgi kiritishdan keyin
kamida to’rt sutka o’tganda hayvonlardan olingan sutni kishilarning oziq-ovqat maqsadlari
uchun ishlatish taqiqlanadi. Ushbu muddat o’tishidan avval olingan sut qaynatib, hayvonlarni
ovqatlantirish uchun ishlatiladi.
UMUMIY MA’LUMOTLAR:
Hayvonlarning bakterial kasalliklarini davolash uchun vosita.
Ta’sir etuvchi moddalari sulfamerazin va trimetoprimdir.
QADOQLANISHI:
Og’irligi 500 g. li paketlarda qadoqlanib chiqariladi.
SAQLASH SHAROITI:
Preparat ehtiyotlik bilan quruq, yorug’likdan pana joyda, bolalar
yeta olmaydigan joyda, 0°C dan +25°C gacha bo’lgan haroratda saqlanadi.
YAROQLILIK MUDDATI:
Ishlab chiqarilgan sanadan boshlab 2 yil.
46
47
Barcha batafsil ma’lumotlar
www.biokombinat.uz saytida
QO’LLASH UCHUN KO’RSATMA:
«Makroprim kontsentrat» preparatning tarkibiy moddalariga sezgir mikroorganizmlar keltirib
chiqaradigan kasalliklarda qishloq xo’jalik hayvonlarini va parrandalarni davolash uchun va profilaktikasi
uchun mo’ljallangan. Preparat nafas olish a’zolari, oshqozon-ichak tizimi va siydik-jinsiy a’zolar
tizimi kasalliklariga, kolibakterioz, salmonellyoz, yolin kasalligi, xlamidioz, mikoplazmoz va boshqa
kasalliklarga, shu jumladan aralash kasalliklarga uchragan hayvonlarni davolashda yaxshi samra beradi.
100 g preparat tarkibi:
Tilozin
5 g
Sulfamerazin
17,5 g
Trimetoprim
3,5 g
Kolistin sulfat
30 mln ME
MAKROPRIM-KONSENTRAT
Kukuni
QO’LLASH TARTIBI VA MIQDORI:
Preparat og’iz orqali, yem yoki suvga aralashtirib beriladi. Zarur bo’lganda, preparat
guruhli usulda 1,5% premiks shaklida (bir tonna yemga 1,5 kg preparat) qo’llanadi va 5-7 kun
davomida beriladi. Yemga aralashtirilgan preparat ikki oy davomida o’z faolligni saqlab qoladi.
Preparatning tayyorlangan eritmasini 48 soat davomida ishlatish lozim.
Yirik qoramol va mayda shoxli molga, cho’chqalarga preparat hayvonning 1 kg tana
vazniga 0,1 g preparat dozasida qo’llanadi, kuniga ikki marta yem yoki suv bilan 5-7 kun
davomida beriladi.
Parrandalarga preparat 1000 kg yem uchun 1,5 kg preparat yoki 1000 l suv uchun 1 kg
preparat hisobidan, 3-5 kun davomida. Davolash paytida parranda faqat tarkibida preparat
bo’lgan suvni ichishi lozim.
Antibakterial
preparatlar
FARMAKOLOGIK XUSUSIYATLARI:
Makroprim kontsentrat – majmuaviy antibakterial preparat bo’lib,
gram-manfiy (E. coli, Klebsiella spp., Salmonella spp., Proteus spp., Campylobacter spp., Pseudomonas
aeruginosa, Bordetella spp., Pasteurella spp., Haemophilus spp., Actinobacillus spp., Brucella spp.)
va gram-musbat bakteriyalar (Staphylococcus spp., Streptococcus spp., Listeria monocytogenes,
Erysipelothrix suis), mikoplazmalar, xlamidiyalar, eymeriyalarga nisbatan bakteriyalarni qiruvchi ta’sir
ko’rsatadi. Viruslar va zamburug’lar preparatga sezgir emas.
Preparatning betakror tarkibi preparatning mikoplazmali, bakterial va aralash yuqumli kasalliklarga
nisbatan faolligining keng doirasini ta’minlaydi.
Tilozin, sezgir mikroorganizmlarning 50S ribosomali subbirligi bilan birikib, ribosoma bilan bog’lanish
uchastkasini tRNK (peptidil-t-RNK) bloklaydi, bu esa aminokislotalarning birikish jarayonini va peptidlar
zanjirining o’sishini buzadi.
Sulfamerazin va trimetoprim digidrofoliyli kislotaning sintezini bloklash yo’li bilan, purinli va pirimidinli
nukleotidlarning sintezini buzadi.
Kolistin sitoplazmatik membrananing fosfolipid komponentlarini bloklaydi, uning tarkibiy tuzilmasini
buzadi va bakteriyalarning lizis holatini keltirib chiqaradi.
Preparatning ta’sir etuvchi moddalari, kolistin sulfatdan tashqari, oshqozon-ichak tizimdan yaxshi
so’riladi, barcha a’zolarga va to’qimalarga kirib o’zlashadi. Terapevtik miqdori 12 soat davomida tutib
turiladi. Preparat organizmdan siydik va najas bilan chiqariladi.
NOJO’YA TA’SIRLAR:
Tavsiya etilgan dozalarida preparat nojo’ya ta’sir ko’rsatmaydi. Preparat yuqori
dozalarda belgilangan holda buyraklar shikastlanishi, agranulotsitoz yuzaga kelishi mumkin.
MAN ETILGAN HOLATLAR:
Preparatni qo’llash mumkin bo’lmagan holatlarga buyraklar, jigar kasalliklari
kiradi. Preparatning oltingugurt (natriy tiosulfat, unitiol) va paraaminobenzoy kislotasi (novokain,
anestezin) moddalaridan olingan hosilalari bo’lgan dori vositalari bilan birgalikda qo’llanishi mumkin
emas.
MAHSUS KO’RSATMALAR:
Nojo’ya reaktsiyalar yuzaga kelganda (toshmalar - eshakemi, qusish),
preparatning qo’llanishi to’xtatiladi va antigistamin preparatlar (dimedrol, tavegil), kalsiy preparatlari,
natriy gidrokarbonat belgilanadi.
Preparat tuxum qo’yuvchi tovuqlarga tuxum qo’yish davrida, va echkilarga belgilanmaydi.
KUTISH DAVRI:
Hayvonlarni va parrandalarni go’sht olish uchun so’yish preparatni oxirgi qo’llashdan keyin
kamida sakkiz sutka o’tganidan so’ng ruxsat etiladi. Majburan hollarda ko’rsatilgan muddat tugashidan
avval so’yilgan hayvonlarning go’shti etxo’r hayvonlarni ovqatlantirish uchun ishlatiladi. Hayvonlardan
olingan sutni preparatni oxirgi qo’llashdan keyin kamida 5 sutka o’tganda kishilar uchun oziq-ovqat
sifatida ishlatish mumkin. Bu muddat tugaguncha sut hayvonlarni ovqatlantirish uchun ishlatiladi.
UMUMIY MA’LUMOTLAR:
Antibakterial vosita, ta’sir etuvchi moddalari sulfamerazin,
trimetoprim hisoblanadi.
QADOQLANISHI:
Og’irligi 500 g. li paketlarda qadoqlanib chiqariladi.
SAQLASH SHAROITI:
Preparatni quruq, yorug’likdan pana joyda, 0°C dan +20°C gacha
bo’lgan haroratda saqlash lozim.
YAROQLILIK MUDDATI:
Ishlab chiqarilgan sanadan boshlab 2 yil.
48
49
Barcha batafsil ma’lumotlar
www.biokombinat.uz saytida
QO’LLASH UCHUN KO’RSATMA:
«Sulfaprim» yosh qishloq xo’jalik hayvonlariga, qo’ylar va shimoliy bug’ularning pnevmoniyalari, kataral
bronxopnevmoniya, bronxit, laringit, angina, sepsis, nekrobakterioz kasalliklarida, parrandalarning
dispepsiya, gastroenteritlar, siydlik yo’llari yuqumli kasalliklari, salmonellyoz, pasterellyoz, respiratorli
mikoplazmoz, eymerioz kasaliklarida, va qo’zg’atuvchilari preparatning tarkibiy qismlariga sezgir bo’lgan
boshqa kasalliklarda qo’llanadi.
1 ta tabletka tarkibi:
Sulfamerazin
0,4 g
Trimetoprim
0,08 g
SULFAPRIM
Tabletkalar
QO’LLASH TARTIBI VA MIQDORI:
Preparat 4-6 kun davomida sutkasiga
2 marta, hayvonning 15 kg tana vazniga 1
tabletka hisobidan ichish uchun belgilanadi,
bu 1 kg tana vazniga 30 mg faol substantsiya
miqdorida to’g’ri keladi. Tabletkalar yem,
ichimlik suvi bilan beriladi yoki bevosita
hayvonning til ildiziga beriladi.
Davolash jarayonida hayvonlarga suvni
bemalol ichish imkoniyati beriladi.
Parrandaga 3-5 kun davomida kuniga
2 marta, 12 soat oralig’ida 5 kg yemga 1,0 g
hisobida belgilanadi.
Sulfaprim antibiotiklar bilan birga
qo’llanishi mumkin. Bu holda preparatlarning
mikroblarga qarshi ta’sir doirasi va terapevtik
xususiyatlari ancha yaxshilanadi.
Antibakterial
preparatlar
FARMAKOLOGIK XUSUSIYATLARI:
Preparatning tarkibiga kiruvchi sinergik ta’sir etuvchi tarkibiy moddalar uning mikroblarga qarshi yuqori
faolligini belgilab beradi. Preparat ko’pchilik gram-musbat va gram-manfiy mikroorganizmlarning, shu
jumladan salmonellalar, pasterellalar, esherixiyalarning rivojlanishini to’xtatadi, lekin zamburug’lar va
viruslarga nisbatan faol ta’sir etmaydi.
Preparat mikroorganizmlarda foliy kislotasining biosintez jarayonini buzadi.
Og’iz orqali ichilganda preparat oshqozon-ichak tizimidan oson so’riladi va a’zolarga va to’qimalarga kirib
o’zlashib, bakteritsid ta’sir ko’rsatadi. Qondagi maksimal konsentratsiya miqdori kiritishdan keyin 2-4 soat
o’tganda qayd etiladi. Davolaydigan konsentratsiyasi qonda 12 soat davomida tutib turiladi. Preparat
asosan siydik bilan chiqariladi.
NOJO’YA TA’SIRLAR:
Tavsiya etiladigan dozalarda nojo’ya ta’siri odatda kuzatilmaydi. Hayvonlarning
sulfanilamidlarga yuqori individual sezgirligi bo’lganda ishtaha yo’qolishi, ich ketishi va qusish bo’lishi
mumkin. Bu holda preparatni qo’llash to’xtatiladi.
MAN ETILGAN HOLATLAR:
Qon hosil qilish a’zolarining kasalliklari, o’tkir gepatit, nefrit va preparatning
tarkibiy moddalariga yuqori sezgirlik holatlarida sulfaprim qo’llanishi taqiqlanadi.
Preparat sut emizayotgan hayvonlarga qo’llash taqiqlanadi.
KUTISH DAVRI:
Hayvonlarni go’sht olish uchun so’yish preparatni oxirgi kiritishdan keyin 7 kun,
parrandani 12 kun o’tganidan so’ng ruxsat etiladi. Majburan hollarda ko’rsatilgan muddat tugashidan
avval so’yilgan hayvonlarning go’shti etxo’r hayvonlarni ovqatlantirish uchun yoki go’sht-suyak unini
ishlab chiqarish uchun ishlatiladi. Preparatni oxirgi kiritishdan keyin kamida to’rt sutka o’tganda
hayvonlardan olingan sutni kishilarning oziq-ovqat maqsadlari uchun ishlatish taqiqlanadi. Ushbu
muddat o’tishidan avval olingan sut qaynatib, hayvonlarni ovqatlantirish uchun ishlatiladi.
UMUMIY MA’LUMOTLAR:
Hayvonlarning bakterial kasalliklarini davolash uchun vosita.
Ta’sir etuvchi moddalari sulfamerazin va trimetoprimdir.
QADOQLANISHI:
Individual polimer idishlarga (blisterlarga) 10 donadan tabletka
qadoqlanib chiqariladi.
SAQLASH SHAROITI:
Preparat ehtiyotlik bilan quruq, yorug’likdan pana joyda, bolalar
yeta olmaydigan joyda, 0°C dan +25°C gacha bo’lgan haroratda saqlanadi.
YAROQLILIK MUDDATI:
Ishlab chiqarilgan sanadan boshlab 2 yil.
50
51
Barcha batafsil ma’lumotlar
www.biokombinat.uz saytida
QO’LLASH UCHUN KO’RSATMA:
«Mastisan-A» yelin yallig’lanishlarining har xil shakllarini, yelin terisi va emchaklarning travmatik
jarohatlarini davolash uchun qo’llanadi.
5 ml preparat tarkibi:
Benzilpenitsillin
100 ming ME
Streptomitsin
100 ming ME
Sulfadimidin
350 mg
MASTISAN - А
Suspenziya
QO’LLASH TARTIBI VA MIQDORI:
Preparatni kiritishdan avval kasallangan yelin choragidan
sut sog’ib tashlanadi, emchak esa dezinfeksiyalanadi. Tyubik
yoki flakonning ichidagi dori 36°C - 39°C gacha isitiladi, bir jinsli
muallaq eritma olinguncha yaxshilab chayqatiladi va kasallangan
yelin choragiga emchak yo’li orqali preparatli tyubik ustiga burab
o’rnatiladigan yoki shprits kanyulyasiga kiydiriladigan elastik
plastmassa kateter yordamida kiritiladi. Preparat kiritilganidan
keyin kasallangan yelin choragining emchagini pastdan tepaga
ozgina uqalanadi.
Preparat kasallikning og’irligiga qarab, 5 dan 20 ml gacha
(1-4 ta doza) miqdorda kiritiladi. Zarur bo’lganda preparatni
kiritish har 24 soatdan keyin, yallig’lanishning belgilari to’liq
yo’qolmaguncha qaytariladi.
Yelin terisi va emchaklarning shilliq pardalari travmatik
jarohatlarini davolash preparatni jarohatlangan joyga surtish orqali amalga oshiriladi.
Antibakterial
preparatlar
FARMAKOLOGIK XUSUSIYATLARI:
«Mastisan-A» uning tarkibiga kiruvchi, sinergik ta’sir etuvchi mikroblarga qarshi vositalar bilan belgilab
berilgan keng doiradagi antibakterial ta’siriga ega. U gram-musbat va gram-manfiy mikroorganizmlarga
(stafilokokklar, streptokokklar, proteylar, ichak tayoqchasi, salmonellalar, mikoplazmalar va boshqalar)
nisbatan faol ta’sir ko’rsatadi.
Kuchli ifodalangan yallig’lanishga qarshi va yarani tuzatuvchi ta’sirga ega. Tavsiya etilgan dozalarda
sezgirlikni oshiruvchi va mahalliy achishtiruvchi, embriotoksik, teratogen va mutagen ta’sir ko’rsatmaydi.
Organizmdan sut bilan birgalikda chiqariladi.
NOJO’YA TA’SIRLAR:
Kamdan-kam hollarda allergik reaktsiyalar kuzatiladi.
MAN ETILGAN HOLATLAR:
Preparatni qo’llash mumkin bo’lmagan holatlar – preparatning tarkibiy
moddalariga individual yuqori sezgirlik hisoblanadi.
MAHSUS KO’RSATMALAR:
Davolash paytida kasallangan yelin choraklaridan sut alohida idishga
sog’ib olinadi, zararsizlantiriladi va yo’q qilinadi. Qolgan yelin choraklaridan sut qaynatilganidan
keyin hayvonlarga yediriladi.
KUTISH DAVRI:
«Mastisan-A» bilan davolangan yelin choraklaridan olingan sut, preparatning
oxirgi kiritilishidan keyin 3 sutka o’tganda, mastitning klinik alomatlari to’liq yo’qolganligi sharti
bilan (rangli reaksiya sinamasi va tindirish sinamasi bo’yicha sutning normal xususiyatlariga
erishganda) kishilar uchun oziq-ovqat sifatida ishlatiladi.
Davolash davrida so’yilgan hayvonlarning go’shti, brakka chiqariladigan yelinidan tashqari,
cheklovlarsiz oziq-ovqat maqsadida ishlatiladi.
UMUMIY MA’LUMOTLAR:
Hayvonlar mastitlarini davolash uchun majmuaviy preparat.
Faol moddasi benzilpenitsillin.
QADOQLANISHI:
100 ml li shisha flakonlarda qadoqlanib chiqariladi.
SAQLASH SHAROITI:
Preparat ehtiyotlik bilan, quruq, yorug’likdan pana joyda, 0°C dan
+20°C gacha bo’lgan haroratda saqlanadi.
YAROQLILIK MUDDATI:
Ishlab chiqarilgan sanadan boshlab 18 oy.
52
53
Barcha batafsil ma’lumotlar
www.biokombinat.uz saytida
QO’LLASH UCHUN KO’RSATMA:
Preparat yelin yallig’lanishlarining har xil shakllarini, yelin terisi va emchaklarning travmatik jarohatlarini
davolash uchun qo’llanadi.
5 ml preparat tarkibi:
Eritromitsin
112,5 mg
Sulfadimezin
400 mg
MASTISAN - Е
Suspenziya
QO’LLASH TARTIBI VA MIQDORI:
Preparatni kiritishdan avval kasallangan yelin choragidan
sut sog’ib tashlanadi, emchak esa dezinfeksiyalanadi. Tyubik
yoki flakonning ichidagi dori 36°C - 39°C gacha isitiladi, bir jinsli
muallaq eritma olinguncha yaxshilab chayqatiladi va kasallangan
yelin choragiga emchak yo’li orqali preparatli tyubik ustiga burab
o’rnatiladigan yoki shprits kanyulyasiga kiydiriladigan elastik
plastmassa kateter yordamida kiritiladi. Preparat kiritilganidan
keyin kasallangan yelin choragining emchagini pastdan tepaga
ozgina uqalanadi.
Preparat kasallikning og’irligiga qarab, 5 dan 10 ml gacha
miqdorda kiritiladi. Zarur bo’lganda preparatni kiritish sut
emizuvchi sigirlarga har 12 soatdan keyin, sut bermaydigan
sigirlarga - har 24 soatdan keyin qaytariladi.
Davolash kursi – 2-3 kun. Zarur bo’lganda davolash to’liq
tuzalmaguncha qaytariladi.
Yelin terisi va emchaklarning shilliq pardalari travmatik
jarohatlarini davolash preparatni jarohatlangan joyga surtish orqali amalga oshiriladi.
Antibakterial
preparatlar
FARMAKOLOGIK XUSUSIYATLARI:
Preparat ko’pgina gram-musbat va gram-manfiy mikroorganizmlarga ta’sir ko’rsatadi, antibiotiklarga
chidamli mikroorganizmlarning shakllari rivojlanishini oldini oladi, yelin to’qimalarining regeneratsiyasiga
yordam beradi.
NOJO’YA TA’SIRLAR:
Kamdan-kam hollarda allergik reaksiyalar kuzatiladi.
MAN ETILGAN HOLATLAR:
Preparatni qo’llash mumkin bo’lmagan holatlar – preparatning
tarkibiy moddalariga individual yuqori sezgirlik hisoblanadi.
MAHSUS KO’RSATMALAR:
Davolash paytida kasallangan yelin choraklaridan sut alohida idishga
sog’ib olinadi, zararsizlantiriladi va yo’q qilinadi. Qolgan yelin choraklaridan sut qaynatilganidan
keyin hayvonlarga yediriladi.
KUTISH DAVRI:
«Mastisan-E» bilan davolangan yelin choraklaridan olingan sut, preparatning
oxirgi kiritilishidan keyin 5 sutka o’tganda, mastitning klinik alomatlari to’liq yo’qolganligi sharti
bilan (rangli reaksiya sinamasi va tindirish sinamasi bo’yicha sutning normal xususiyatlariga
erishganda) kishilar uchun oziq-ovqat sifatida ishlatiladi.
Davolash davrida so’yilgan hayvonlarning go’shti, brakka chiqariladigan yelinidan tashqari,
cheklovlarsiz oziq-ovqat maqsadida ishlatiladi.
UMUMIY MA’LUMOTLAR:
Hayvonlar mastitlarini davolash uchun majmuaviy preparat.
Faol moddasi eritromitsin.
QADOQLANISHI:
100ml li shisha flakonlarda chiqariladi.
SAQLASH SHAROITI:
Preparat ehtiyotlik bilan, quruq, yorug’likdan pana joyda, bolalar
yeta olmaydigan joyda, 0°C dan +20°C gacha bo’lgan haroratda saqlanadi.
YAROQLILIK MUDDATI:
Ishlab chiqarilgan kundan boshlab 18 oy.
54
55
Barcha batafsil ma’lumotlar
www.biokombinat.uz saytida
QO’LLASH UCHUN KO’RSATMA:
Preparat qishloq xo’jalik hayvonlar va parrandalarda quyidagi kasalliklarni profilaktika qilish va davolash
uchun belgilanadi:
Kavsh qaytaruvchi hayvonlar: enteritlar, respiratorli yuqumli kasalliklar, kolibakterioz, pas¬terellyoz,
salmonellyoz, mikoplazmoz, klostridioz, dizenteriya, leptospiroz.
Quyonlar: pasterellyoz, enterotoksemiya, enteritlar, dizenteriya, respiratorli yuqumli kasalliklar, listerioz,
endometrit, tumov, rodentioz va hokazo.
Cho’chqalar: oshqozon-ichak tizimining bakterial kasalliklari (kolidiar¬reya, koliseptitsemiya) va nafas
olish yo’llarining bakterial kasalliklari.
Parranda: surunkali respirator kasalliklar, septitsemiya, tovuq o’lati va tovuq tifi, salmonellyozlar,
stafilokokkozlar, streptokokkozlar, mikoplazmozlar, vibriozli gepatit va hokazo.
1 ml preparat tarkibi:
Enrofloksatsin
100 mg
ENROVIT - О
Og’iz orqali ichish uchun suspenziya
QO’LLASH TARTIBI VA MIQDORI:
Preparat og’iz orqali, suv bilan sutkada bir marta ichiladi.
Kavsh qaytaruvchi hayvonlar, cho’chqalar va quyonlar: sutkalik dozasi hayvonning 10 kg
tana vazniga 0,5-1 ml preparat (1 kg vazniga 2,5 - 5 mg enrofloksatsin) hisobidan belgilanadi.
Davolash kursi – kasallikning og’irligiga qarab, 3-5 kun.
Parrandalar: 10 ml preparat 20 l ichimlik suvida suyultiriladi va 3 kun davomida beriladi.
Salmonellyoz holatida – 5 kungacha.
Davolash davrida hayvonlar va parrandalar faqat «Enrovit-O» qo’shilgan suvni ichishi lozim.
Eritma 1 sutkalik suv ehtiyoj miqdoridan kelib chiqib tayyorlanadi.
Profilaktika maqsadida 3-5 kun davomida davolash dozasining yarmisi belgilanadi.
Antibakterial
preparatlar
FARMAKOLOGIK XUSUSIYATLARI:
Enrofloksatsinning ta’sir ko’rsatish mexanizmi uning mikroorganizmlarda olma kislotasining biosintezini
ingibirlaydigan DNK-giraza fermentiga ta’sir etishidan iborat.
Preparatning gram-musbat bakteriyalar (stafilokokklar, streptokokklar, korinebakteriyalar, klostridiyalar
va listeriyalar), gram-manfiy bakteriyalar (ichak tayoqchasi, salmonellalar, klebsiyellalar, proteylar,
iyersiniyalar, gemofil bakteriyalar, pasterellalar, aktinobatsilluslar, psevdomonalar, bordetellalar,
brutsellalar, kampilobakteriyalar), shuningdek mikoplazmalarga nisbatan antibakterial ta’siri aniqlangan.
Enrofloksatsin oshqozon-ichak tizimidan oson va tez so’riladi, va organizmning barcha a’zolari va
to’qimalarga kirib o’zlashadi. Qondagi maksimal konsentratsiya miqdoriga preparatni kiritishdan keyin
0,5-1 soat o’tganda erishiladi va 4-6 soat davomida, davolaydigan konsentratsiyasi esa qonda 24 soat
davomida saqlanadi.
Preparat organizmda amalda biotransformatsiyaga uchramaydi va o’zgarmagan holda, asosan siydik
bilan va o’t bilan chiqariladi.
NOJO’YA TA’SIRLAR:
Preparat tavsiya etilgan dozalarda qo’llanganda, nojo’ya ta’siri kuzatilmaydi.
MAN ETILGAN HOLATLAR:
Preparat tuxum qo’yuvchi tovuqlarga qo’llash ruxsat etilmaydi.
Preparatni xloramfenikol, makrolid antibiotiklar, tetratsiklinlar va nosteroid vositalar bilan
birgalikda qo’llash mumkin emas. Preparatni ftorxinolonlarga yuqori sezgirlik bo’lganda qo’llash
tavsiya etilmaydi.
KUTISH DAVRI:
Yirik qoramol, qo’ylar, quyonlar va tovuqlarni go’sht olish uchun so’yish preparatni
oxirgi kiritishdan keyin kamida 7 kun, cho’chqalarni 5 kun, kurkalarni 14 kun o’tganidan so’ng
ruxsat etiladi. Olingan sutni oziq-ovqat maqsadlari uchun ishlatish 7 kun davomida ruxsat
etilmaydi. Majburan hollarda ko’rsatilgan muddat tugashidan avval so’yilgan hayvonlarning
go’shti va olingan sut faqat yem maqsadlarida ishlatish lozim.
UMUMIY MA’LUMOTLAR:
Hayvonlar va parrandalarning bakterial kasalliklarini davolash
uchun vosita.
QADOQLANISHI:
1000 ml li polimer idishlarda qadoqlanib chiqariladi.
SAQLASH SHAROITI:
Preparatlar ehtiyotlik bilan quruq, yorug’likdan pana joyda, +5°C dan
+25°C gacha bo’lgan haroratda saqlanadi.
YAROQLILIK MUDDATI:
Ishlab chiqarilgan sanadan boshlab 2 yil.
56
57
Barcha batafsil ma’lumotlar
www.biokombinat.uz saytida
QO’LLASH UCHUN KO’RSATMA:
«Flonikol-O» qishloq xo’jalik parrandalarining bakterial kasalliklarida profilaktika va davolash
maqsadida, shu jumladan kolibakterioz va salmonellyoz holatlarida qo’llanadi.
1 ml preparat tarkibi:
Florfenikol
100 mg
Dostları ilə paylaş: |