Preprint · January 2019 doi: 10. 13140/RG


 DALADA QILINADIGAN ISHLAR



Yüklə 1,92 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/62
tarix08.06.2023
ölçüsü1,92 Mb.
#126706
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   62
2. DALADA QILINADIGAN ISHLAR. 
Dalada sho‘rlangan tuproqlar sho‘rini aniqlash uchun quyidagi ishlar bajariladi: 
- tuproq yuzasidagi sho‘rlanganlik belgilariga qarab va qishloq xo‘jalik ekinlarining 
holati deshifrovka qilinganligi bilan umumiy marshro‘t bo‘yicha tanishib chiqish; 
- o‘ra kovlash va namunalar olish yo‘li bilan sho‘rlanganlik darajasini dalada 
o‘rganish; 
- har xil darajada sho‘rlangan konturlarni dala konturlari bilan takkoslab ko‘rish va 
ajratish; 
- xlorid-sulfat va sulfatli sho‘rlanishga uchragan tuproqlarda namunalarning Cl
-
va 
SO
4
-2
-ga sifatini AgNO
3
, BaCl
2
eritmalari yordamida tekshirib ko‘rish dala tuproq 
xaritalarini rasmiylashtirish. 
Asosiy usul bilan sho‘rlanganlik kartogrammasi tuzish zarurati to‘g‘ilsa, dala 
aylanib aniqlash paytida asosiy usul bilan aniqlanadigan joylar belgilanadi va miqdori 
aniqlanadi. 
Xaritada ajratilishi zarur bo‘lgan har xil darajadagi sho‘rlangan konturlarning 
kamaytirilgan aniq sonini belgilashda quyidagilarga amal qilish zarur: 
- chegaralari aniq va rangi ajralib turganda - xaritada 50 mm
2
yoki joylarda 0,5 ga 
bo‘ladi; 
- chegarasi aniq bo‘lmaganda, xaritada 400 mm
2
yoki joylarda 4,0 ga bo‘ladi. 
Olingan namunalar ko‘ritiladi, tahlil qilish uchun buyurtmalar tuzilib, 
laboratoriyaga jo‘natiladi. 
Dala ishlari kuz oylarida (avgust-noyabr) o‘tkaziladi. Yer osti suvlari yaqin 
joylashgan bo‘lsa, uning chuqurligi belgilanib. 0,5 l hajmdagi shishalarga namuna 
olinib, laboratoriyaga tahlil qilish uchun yuboriladi. 
Maxsus mexanizmlar orqali kovlab olingan tuproq namunasi ma’lum bir 
qavatdan olinganligi yozib quyiladi va yaxshilab aralashtirilib, xaltalarga o‘rtacha 
100-150 grammdan solinadi va qog‘ozga yoziladi (3-ilova). 
Har qaysi kovlangan o‘ra raqamlar bilan, bir metrlilari «x» harfi bilan, ikki 
metrlilari esa doiraga olingan «x» harfi bilan xaritada belgilanadi. 
Yer osti suvi olingan raqam ostiga to‘g‘ri chizikli belgi quyiladi. 

Yüklə 1,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   62




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin