27
tuzlarning o‘rtacha miqdori hisoblab chiqariladi. Ikki metrli o‘ralar uchun esa, 0-100,
100-200 sm qavatlar uchun tuz miqdori hisoblab chiqaziladi.
Ayrim o‘ralardagi tuz va ionlar miqdorining o‘rtacha hisob-kitobi va bir xil
sho‘rlanishga ega bo‘lgan o‘ra va konturlar umumlashtiriladi.
Tahlillar va umumlashtirishlar natijasiga ko‘ra tuproqlarning sho‘rlanishi
bo‘yicha dalada qilingan xaritalarga tuzatishlar kiritiladi va ularga tuproq xaritasidan,
tuproqlarning har xil genezisi, mexanik tarkibi bo‘yicha konturlar o‘tkaziladi.
Tugallangan oxirgi xaritalar sho‘rlanish darajasining eksplikatsiyasidan
tashqari sho‘rlarni yuvish me’yori va necha marta yuvish
kerakligi haqida tavsiya
ham beriladi.
Bir xil darajada sho‘rlangan va tuzlar tarkibi bir xil, lekin mexanik tarkibi har
xil sho‘rlangan tuproqlar alohida kontur qilib ajratilishi kerak,
chunki bunday
tuproqlardan sho‘rning chiqib ketish koeffitsiyenti har xil bo‘ladi.
Xaritada sho‘rlanishning ajratilishi quyidagi ranglar orqali ko‘rsatiladi:
- sho‘rlanmagan, sho‘ri yuvilgan ayirmalar yashil rangda;
- kuchsiz sho‘rlangan - sariq rangda;
- o‘rtacha sho‘rlangan - to‘q sariq rangda;
- kuchli sho‘rlangan - qizil rangda;
- sho‘rxoqlar - siyoh rangda.
Tuproqlarning mexanik tarkibi shtrixlar bilan tasvirlanadi, sho‘rlanish
tipi esa
(xloridli - X, sulfat-xloridli - SX, xlorid-sulfatli - XS, sulfatli - S, karbonat-magniyli -
KM) belgi bilan belgilanadi.
Tuproqning sho‘rlanish xaritasiga quyidagilar qayd etiladi:
- tashkilotning nomi, tushuntirish xati yozilgan yil, ishni bajargan xodim va rahbar
imzosi va shtamp quyiladi:
- dala ishlari va laboratoriya ishlari bajarilgan vaqt drenaj tarmoqlarining uzunligi
va holati haqida qisqacha ma’lumot, yer osti suvlarining sho‘rlanganlik
darajasi,
kimyoviy tahlillar usuli, sho‘rlangan tuproqlarning to‘gallangan
xaritasini tuzishda
hisob-kitoblar va qayta ishlashlar.
Yer fondining sho‘rlanish bo‘yicha miqdorlari, xo‘jalikning
yer turlari
bo‘yicha yer fondlari, sho‘rlanish darajasi, sho‘rlanish tipi va qishloq xo‘jalik
yerlaridan sho‘rning yuvilib chiqib ketish koeffitsiyenti. Xo‘jalik
maydonida
sho‘rlanishning tarqalish xususiyatlari.
Dostları ilə paylaş: